• Tahlillar va natijalar
  • Nаmаngаn dаvlаt universiteti ilmiy- tаdqiqot vа ilmiy- pedаgogik




    Download 405,42 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/5
    Sana22.05.2024
    Hajmi405,42 Kb.
    #250700
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    NamDU Ilmiy jurnali Axborot xati 2024

    Tadqiqot metodologiyasi 
    Maqolada oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini baholash tizimi 
    muhokama qilinadi. Uning asosiy tarkibiy omillari va qismlari tavsiflanadi. 
    O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarini reytingini aniqlash mezonlari tahlili 


    qilindi va rivojlangan davlatlar mezonlari bilan solishtirildi. Oliy ta’lim sifatini 
    baholash bo‘yicha yondashuvlar o‘rganildi.
    Tahlillar va natijalar 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim 
    muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga 
    oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha 
    qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarori mamlakatimizdagi 
    oliy ta’lim muassasalari oldiga ta’lim tizimini tubdan isloh qilish vazifasini qo‘ydi. 
    Qaror mohiyati O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida ta’limni zamon 
    talablari bo‘yicha tashkil qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlariga talab asosida 
    kadrlar tayyorlashni maqsad qilib qo‘ydi. 
    Oliy ta’limda ta’lim sifati o‘zi nima?
    Oliy ta’lim sifati nafaqat O‘zbekiston, balki, rivojlangan mamlakatlarda o‘ttiz 
    yildan ortiq vaqt davomida juda faol davom ettirib kelanayotgan eng dolzarb 
    muammolardan biridir. Sifat ta’lim sohasining ijtimoiy ahamiyatini belgilovchi 
    asosiy parametrdir. Ta’limning iqtisodiy, ijtimoiy, kognitiv va madaniy jihatlarini 
    o‘z ichiga olgan sifat tushunchasi ta’lim faoliyati natijalarining ajralmas 
    xarakteristikasi sifatida qabul qilinish mumkin. Barcha asosiy funksiya va faoliyat 
    sohalarini, jumladan, kadrlar sifati, ta’lim dasturlari, talabalarga ta’lim berish, oliy 
    ta’lim muassasalarining infratuzilmasi kabilarni qamrab oladi. 
    Xorijiy olimlarning fikriga ko‘ra [1] oliy ta’limda sifat quyidagi omillar 
    uyg‘unligidadir:
    1) maxsus jarayon, talalabalarning bitiruvda ijobiy natijalarga erishishlari.
    2) ta’lim jarayoni doirasidagi takomillashtirish jarayoni
    3) maqsadlarga muvofiqligi, ya’ni, iste’molchining so‘rovlari, talablari va 
    umidlarini bajarish.
    4) investitsiyalar natijasi;
    5) talabalar uchun imkoniyatlar yaratish va yangi bilimlarni rivojlantirishdagi 
    o‘zgarishlarni bildiruvchi transformatsiyalar. 
    Shundan qilib, juda ko‘plab mamlakatlar oliy ta’lim sifatini oshirish bilan 
    jadal shug‘ullanib kelmoqdalar va bunday mamlakatlar soni doimiy ravishda ortib 
    bormoqda.
    Ta’lim sifatini oshirishni o‘z oldigan maqsad qilib qo‘ygan davlatlarda oliy 
    ta’lim sifatiga yuqori talablar qo‘yiladi. Chunki u kasbiy ta’lim tuzilmasida alohida 
    o‘rin tutadi. Oliy ta’lim butun ta’lim va fan tizimini takror ishlab chiqarish 
    mexanizmi hisoblanadi. SHuning uchun oliy ta’limning yangi sifatini 
    shakllantirish tendensiyasi barcha uzluksiz ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar 
    jarayonlaridan ustun bo‘lishi kerak.
    Oliy ta’lim tizimi doirasida ushbu sohaga bevosita va bilvosita aloqador 
    bo‘lgan turli ijtimoiy guruhlar uning sifatini baholash muammosiga duch 
    kelmoqdalar: oliy ta’lim muassasalari reytingini yaratish va ularni aniqlashdan 
    manfaatdor boshqaruv organlari (vazirliklar, idoralar va boshqalar); oliy ta’lim 
    muassasalari ma’muriyati bir tomondan yuqori organlarga hisobot bersa, ikkinchi 
    tomondan, o‘z ta’lim muassasasining nufuzi oshishidan manfaatdor; muayyan oliy 
    o‘quv yurti talabalari, abiturientlar va ularning ota-onalariga ega bo‘lishni istagan 


    ta’lim sifati haqida aniq ma’lumotlar berish; va nihoyat, bizning butun jamiyatimiz 
    ta’lim sifatini oshirishdan manfaatdor -ssivilizatsiyaning asosiy oqimida 
    rivojlanish yuqori sifatli ta’lim doirasidan tashqarida mumkin bo‘lishi emas.
    Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan oliy ta’lim muassasalari reytingini yaratish 
    masalasi mamlakatimizda ham yangilik emas. Davlatimiz rahbari tashabbuslari 
    bilan dunyoning eng kuchli oliygohlari mingtalik ro‘yxatiga kiritish maqsadida 
    oliy ta’lim muassasalarining reytinglarini aniqlab borish tizimi bir necha yildan 
    beri amalga oshirib kelinmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 467-
    sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi 
    to‘g‘risida”gi Nizomning [3] 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari 
    reytingini aniqlash Mezonlari tahlilida ayrim indikatorlarga nisbatan ballarning 
    taqsimlanishida nomutanosibliklar mavjudligi ko‘zga tashlanadi. Jumladan, 
    Mezonning professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatini baholashga qaratilgan 
    birinchi bo‘limida respublika ilmiy jurnallaridagi ilmiy maqolalarga ham, chop 
    etilgan monografiyalarga ham bir xilda 2 balldan berilgan. Zero, ilmiy maqola 
    hamda monografiyalarning tarkibiy va ilmiy jihatlardan orasida katta farq mavjud. 
    Bundan tashqari, ixtiro, foydali modelь, sanoat namunalari va seleksiya yutuqlari 
    uchun olingan patentlar (tegishli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan hujjatlar 
    asosida) uchun atiga 1 ball berilgan bo‘lib, ushbu patentni olish jarayoni kamida 3 
    yildan 5 yilgacha bo‘lgan oraliqni tashkil etishi va uning mazmuni berilayotgan 
    ballarga 
    nisbatan 
    nomutanosib. 
    Keyingi 
    bandda 
    ko‘rsatilgan 
    axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturlar va elektron ma’lumotlar bazalari 
    uchun olingan guvohnomalar, mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan turli 
    materiallar uchun ajratilgan ball ham 1 ga teng. Vaholanki, qiymat jihatidan bu 
    ixtiro, foydali modelь, sanoat namunalari va seleksiya yutuqlari uchun olingan 
    patentlar bilan tenglab qo‘yilgangi ajablanarli.
    Solishtirish uchun shuni ta’kidlash mumkinki, Rossiya oliy ta’lim 
    muassasalari reytingini aniqlashda ta’lim sifati, ish beruvchilar tomonidan 
    bitiruvchilarga bo‘lgan talab va ilmiy faoliyat asosiy mezon sifatida qabul qilingan. 
    Demak, reyting uchun birinchi o‘rinda ta’lim sifati muhim rol o‘ynaydi.
    Aynan Rossiya oliy ta’lim muassasalarida sifatli ta’lim olish shartlarini 
    baholash uchun tahlilchilar to‘rt guruhga bo‘lingan 16 mezonni tanladilar: o‘qitish 
    darajasi, xalqaro integratsiya, resurslar mavjudligi va abiturientlar orasida 
    universitetga bo‘lgan talab. [4] 
    O‘qitish darajasi har 100 o‘quvchiga nechta o‘qituvchi to‘g‘ri kelishi va 
    o‘qituvchilarning necha foizi davlat Fanlar akademiyalariga a’zo ekanligi asosida 
    baholandi. Shuningdek, ushbu ko‘rsatkichga universitet talabalarining xalqaro 
    olimpiadalardagi g‘alabalari soni va fanlarni o‘qitish darajasi ta’sir ko‘rsatadi. 
    Xalqaro integratsiya bo‘yicha eng yuqori ballni kunduzgi ta’lim bo‘yicha chet 
    ellik talabalar ulushi eng ko‘p bo‘lgan universitetlar, shuningdek, kamida bir 
    semestrni xorijda amaliyot o‘tagan va o‘qishni tamomlagandan so‘ng ikkita diplom 
    olgan talabalar oldi. 
    Universitetning resurslar bilan ta’minlanganligi moliyaviy etarlilik, 
    universitetga odamlar va kompaniyalar tomonidan bepul moddiy yordam 
    ko‘rsatish hajmi va ekspert xulosasidan iborat. 


    Abiturientlar o‘rtasidagi talab o‘rtacha o‘qish to‘lovi, olimpiadalar ulushi va 
    byudjet va kontraktga kirish uchun o‘rtacha ball asosida hisoblab chiqilgan. 
    Oliy ta’lim sifatini baholash bo‘yicha yondashuvlar juda ham ko‘p va 
    ko‘rsatkichlar takomillashib boraveradi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, garchi 
    ekspertlar baholash tartib-qoidalari nomukammalligini bilishsa ham sifat 
    baholangan va baholanaveradi. Bu ajablanarli holat emas. Amerikalik R.Millerning 
    “Amerika Qo‘shma Shtatlarida oliy ta’lim sifati uchun harakat” nomli maqolasida 
    keltirgan fikriga ko‘ra, umumiy sifat menejment vaqt o‘tishi bilan mashhur bo‘lgan 
    ko‘plab boshqaruv strategiyalaridan biri bo‘lib, strategiyalar keladi va ketadi. 
    Odatda har birining dolzarbligi etti yildan ortiq davom etmaydi. Keyin yangi 
    g‘oyalar modaga kiradi, chunki istalgan natijaga erishishning boshqa usullarini 
    izlash mavjud. [2] 
    Nodavlat oliy ta’lim muassasalarining paydo bo‘lishi, raqobatning kuchayishi 
    munosabati bilan ta’lim sifati muammosi dolzarb bo‘lib bormoqda. Ta’lim sifatini 
    baholash mezonlarini ishlab chiqishning dolzarbligi shundan iboratki, uni 
    zamonaviy sharoitda fanlarga taklif qilingan maxsus ijtimoiy buyurtma sifatida 
    baholash mumkin. 
    Bangladesh davlatida ta’lim sifatini ta’minlashning o‘ziga xos bosqichiga 
    erishildi. Bu mamlakatda notijorat, xususiy universitetlarda akademik va ma’muriy 
    rahbarlar tomonidan amalga oshirilgan sifat madaniyati tajribasini baholaydi. 
    Davlat tomonidan belgilangan milliy sifat tizimi joriy etilgan. Har bir Bangladesh 
    OTMining 2006–2026 yillarga mo‘ljallangan oliy ta’lim strategik rejasida 
    ko‘rsatilgan talablarga javob berishini va oliy ta’limga bo‘lgan qarashlarini amalga 
    oshirishini ta’minlash uchun institutsional sifat kafolati bo‘yicha strategiya ishlab 
    chiqilgan. Oliy ta’lim muassasalari bir vaqtning o‘zida ichki o‘z-o‘zini baholashni 
    ko‘rib chiqish va monitoringni hamda tashqi sifat kafolatini o‘z ichiga oladi.
    Xulosa
    Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini 
    ta’minlash va uni oshirish masalasi har bir davlatning ta’lim bo‘yicha olib 
    borayotgan siyosatiga qanchalik muvofiqligi bilan bir-biridan farqlanadi. 
    Jumladan, O‘zbekistonda ham ta’lim sifatini ta’minlashning mo‘tadilligiga erishish 
    qaysidir ma’noda birinchi bosqichda ko‘zlangan maqsad bo‘lsa, keyingi 
    bosqichlarda ta’lim sifati kafolatini ta’minlash asosiy vazifasi sifatida bo‘lishi 
    lozim. Shundagina davlat, notijorat hamda xususiy oliy ta’lim muassasalari 
    o‘rtasida raqobat yuqori tafovut bilan farqlanmaydi. 
     
    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1.
    Егорова Ю.А. Проблема качества высшего образования/ Современные 
    наукоемкие технологии. – 2008. – № 1 – С. 43-44 
    2.
    Richard I. Miller. The Quality Movements in Higher Education in the 
    United States // Higher Education in Europe. — 1996. — Vol. XXI. № 2—3. 
    3.
     
    https://lex.uz/docs/4371479  
    4.
     
    https://raex-rr.com/education/universities/rating of universities by studying 
    conditions  

    Download 405,42 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 405,42 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nаmаngаn dаvlаt universiteti ilmiy- tаdqiqot vа ilmiy- pedаgogik

    Download 405,42 Kb.
    Pdf ko'rish