|
Namangan davlat universiteti noorganik kimyo kafedrasi analitik kimyo fanidan
|
bet | 1/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 204,5 Kb. | | #231700 |
Bog'liq ATOM SPEKTROSKOPIK ANALIZ USULLARI
oO’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
NOORGANIK KIMYO KAFEDRASI
ANALITIK KIMYO FANIDAN
“Atom-spektroskopik analiz metodi”
MAVZUSIDA
KURS ISHI
Bajardi: kimyo yo’nalishi
KIM-BU-22 guruh talabasi
Tursunova Aziza
Rahbar__ Xasanov S
Sana________________
NAMANGAN__2024
Namangan Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yo’nalishi KIM-BU-22 guruh talabasi Tursunova Azizaning Analitik kimyo fanidan “Atom-spektroskopik analiz metodi” mavzusidagi yozgan kurs ishiga
TAQRIZ
Ushbu kurs ishi “Atom-spektroskopik analiz metodi “ mavzusida bo’lib unda mavzuga oid nazariyalar, fikrlar amaliy mashqlar qamrab olingan Jumladan kirish qismida spektroskopik analiz haqida umumiy tushunchalar berilgan. Bundan tashqari gravimetrik analiz usullari va qo’llanilish sohalari haqida malumot berilgan
Talaba kurs ishini bayon etishda mavzuga oid uslubiy qo’llanmalar internet ma’lumotlardan, ommaviy axborot nashrlaridan foydalangan. Bundan tashqari kurs ishini bayon etishda ayrim kimyoviy formulalarni tuzishda xatoliklarga yo’l qo’yilgan .Yo’l qoyilgan kamchiliklar kurs ishi mazmuniga ta’sir etmaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib kurs ishini himoya qilish uchun tavsiya etadi.
Taqrizchi_____________________
Noorganik kimyo kafedrasi___
KIRISH
Kimyoviy modda toza bo’lsa, o’ziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. Uning tarkibiga juda oz miqdorda bo’lsa ham(10-5)begona moddalarning yoki elementlarning aralashgan holda “ifloslangan” bo’lishi modda xususiyatlarini keskin o’zgartirib yuborishi mumkin.Shuning uchun hozirgi vaqtda elementlarning tarkibiga aralashib qolgan mikro miqdordagi begona moddalarni aniqlashga to’g’ri keladi.Kimyoviy metodlar bunchalik kichik miqdorda bo’lgan elementlarni yoki moddalarni aniqlash imkoniyatiga ega emas.
Bu vazifani faqatgina fizik-kimyoviy va fizikaviy metodlar yordamida bajarish mumkin.
Fizik-kimyoviy metodlar tez bajariladi,bu esa o’z vaqtida texnologik jarayonni nazorat qilish uchun katta ahamiyatga ega.
Fizik-kimyoviy metodlar bir necha afzalliklarga ega:
1.Analizni uzoq masofadan turib boshqarish.Masalan:rentgent-fluoressens metod bilan oydagi tuproqni analiz qilish bunga misol bo’la oladi.
2.Bu metodlarda ishlatiladigan asboblar jarayonni sistemalashtirishga imkon beradi.
3.Namunani buzmasdan turib analiz qilish kriminalistika va meditsinada katta ahamiyatga ega.
4.Analiz jarayoning ekspressligi(tahlil o’tkazish vaqtining qisqaligi)
Fizik- kimyoviy metodlarning kamchiligi shundaki,ularni bajarish uchun standart eritmalar,etalonlar va darajalangan grafiklar tayyorlash kerak bo’ladi.
Fizik-kimyoviy analiz metodlarining turlari juda ko’p.Lekin eng asosiylari:
1.Optik analiz metodlari;
2.Elektrokimyoviy analiz metodlari;
3.Xromotografik analiz metodlaridir.
|
| |