|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat pedagogika instituti
|
bet | 1/27 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 169,04 Kb. | | #117015 |
Bog'liq Metodlar Informatikadan 000000000000
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, fan va innovatsiyalar VAZIRLIGI
Termiz davlat pedagogika instituti
M.M Alimov
Informatika va axborot texnologiya
fanlarini zamonaviy pedagogik
texnologiya asosida o’qitish
uslubiy qo’llanma
“60110600–Matematika va informatika”
“60540200–Amaliy matematika”
Termiz -2023
M.M Alimov
Informatika va axborot texnologiya fanlarini zamonaviy
pedagogik texnologiya asosida o’qitish. Uslubiy qo’llanma.
Taqrizchilar: E.Xoliyarov – p.f.n, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
“Iqtisodiyot va aniq fanlari” kafedrasi mudiri f.m.f.n, dots. E.Ch.Xoliyarov;
N.Xurramov – Termiz davlat pedagogika institutining “Matematika va
uni o’qitish metodikasi” kafedrasi mudiri
Mustaqil O’zbekistonimizda ro’y berayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy islohotlar sababli oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida, maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimlarida tub o’zgarishlar kiritildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “2022-2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʼyicha milliy dasturni tasdiqlash toʼgʼrisida” gi PF-134-son Farmonining 7-bandida hamda 2022 yil 21 iyundagi “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi PQ – 289- qarorining 2-bandida pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik oʼquv mashgʼulotlari «4+2» tartibida, shu jumladan, darslarning 4 kuni oliy taʼlim muassasasida, 2 kuni maktabgacha va umumtaʼlim muassasalarida amaliyot oʼtash tartibida olib borilishini taʼminlash vazifasi koʼrsatilgan edi.
Ushbu vazifalarni bajarishni ta’minlash maqsadida tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma ”60110600 – Matematika va informatika” ta’lim yo‘nalishi talabalariga pedagogik amaliyot oʼtash davrida o’quvchilarga umumtaʼlim muassasalarida VII sinf uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o’qitishda hamda umumtaʼlim maktab informatika va axborot texnologiyalari o’qituvchilari va amaliyotchilar uchun mo‘ljallangan bo’lib, o‘quv qo‘llanmadan ”60540200 – Amaliy matematika” mutaxasissisligi talabalariga “Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘tishga hamda qo‘llanmadan informatika va axborot texnologiylari soxasida ko‘nikmalariga ilgaridan ega bo‘lmagan turli sohada faoliyat yuritayotgan tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.
O’quv qo’llanma mavzulari DTS talablari asosida shakllantirilgan ma’ruzalardan iborat bo’lib, berilgan ma’ruzalarga testlar, krassvordlar, keys savollari, boshqotirmalar, qo’shimcha topshiriq va vazifalar bilan boyitilgan. Ta’lim oluvchi xar bir mavzuni o’qib o’zlashtirgandan so’ng mavzuni qay darajada o’zlashtirganligini aniqlash maqsadida mavzu yuzasidan testlar tavsiya etilgan.
O’quv qo’llanma umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o’qituvchilari, magistrlar, tadqiqotchilar hamda oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchi va talabalari hamda amaliyotchilar foydalanishlari uchun mo’ljallangan.
|
| |