|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat pedagogika instituti
|
bet | 7/27 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 169,04 Kb. | | #117015 |
Bog'liq Metodlar Informatikadan 000000000000
T-sxema
T-sxema baxs davomida javoblarni (ha/yo’q, tarafdor/qarshi kabi) yozib borishda universal grafik vosita bo’lib xizmat qiladi. T – sxema texnologiyasi juda soda.
Muammoning mavzu doirasi aniqlangandan so’ng, quyidagi ko’rinishdagi T-sxemani tuzish kerak.
Besh daqiqadan so’ng sxemaning chap tomonini to’ldirish lozim. Unda besh daqiqa davomida o’quvchilar mavzuga oid nechta kategoriya o’ylab topishgan bo’lsa, shuncha kategoriya ko’rsatiladi. Keyingi besh daqiqada o’quvchilar sxemaning o’ng tomonini to’ldiradilar. Va nihoyat, yana besh daqiqa davomida o’quvchilar o’zlarining T-sxemalarini boshqa jiftlikning T-sxemasi bilan taqqoslash imkoniga ega bo’ladilar.
Aqliy hujum
“Aqliy hujum” – jamoa bo’lib muhokama qilishning samarali metodidir. Unda biror muammoning yechimini topish barcha ishtirokchilarning fikrini erkin ifodalash orqali amalgam oshiriladi.
“Aqliy hujum” ning tamoyili juda soda. O’qituvchi o’quvchilar oldiga masalani qo’yadi va ushbu masalani yechish bo’yicha o’zlarining fikrlarini bayon qilishni so’raydi. Ushbu bosqichda hech kimning boshqa ishtirokchilarning g’oyalari haqida o’z fikrini bildirishga yoki unga baho berishga haqqi yo’q.
“Aqliy hujum” yordamida bir necha daqiqa ichida o’nlab g’oyalarni olish mumkin. G’oyalar soni asosiy maqsad emas. G’oyalar eng to’g’ri yechimni ishlab chiqish uchun xizmat qiladi.
“Aqliy hujum” ning g’oyalari quyidagilar:
“Aqliy hujum” tugagandan so’ng takliflar tahlil qilinadi va ulardan eng qimmatlilari keyinchalik ular bilan ishlash uchun tanlab olinadi. Tahlil qilinganda avvalo taklifning foydaliylik jihatlariga e’tiborni qaratish lozim.
|
| |