• O’qitishning interaktiv metodlari
  • O’qitishning qiziqtiruvchi metodlari




    Download 169,04 Kb.
    bet5/27
    Sana12.12.2023
    Hajmi169,04 Kb.
    #117015
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    Metodlar Informatikadan 000000000000

    O’qitishning qiziqtiruvchi metodlari
    Ma’lumki, informatika o’quv predmetining asosiy vazifasi o’quvchilarni zamonaviy informatikaning ba’zi bir umumiy g’oyalari bilan tanishtirish, informatikaning amaliyotdagi tatbiqini va kompyuterlarning zamonaviy hayotdagi rolini ochib berishdan iborat. Lekin, didaktik tamoyillarni hisobga olgan holda, o’quvchilarga nafaqat faktlarning qat’iy ilmiy bayonini berish, balki o’qitishning turli qiziqarli metodlarini ham qo’llash lozim. Masalan, ko’pchilikka ma’lum va ommabop bo’lgan krossvord o’yini bolalarda qiziqish uyg’otishi tabiiydir. Krossvord ko’rinishidagi so’ro’v shakli o’quvchilar uchun har doim qiziqarli va o’ziga tortadigan metoddir. Ushbu o’yinga o’quvchilar shu darajada kirishib ketadilarki, hatto o’zlari ham informatikaning turli mavzulari bo’yicha krossvordlar tuzishlari mumkin. Mustaqil ijodiy faoliyatining bunday shaklidan foydalanilganda darsda faqatgina kuchli o’quvchilarnigina emas, balki kuchsiz o’quvchilar ham faol ishtirok etadilar.
    Darslarda qiziqtirishdan foydalanishning yana bir shakli rebuslardir.
    Boshqa o’quv predmetlaridan kuchsiz o’zlashtiruvchi o’quvchilar ko’pincha informatikadan yaxshi va tirishqoq o’quvchilarga aylanadilar. Krossvordlar, rebuslar va boshqotirmalar sodda bo’lishi bilan birga, mashhur olimlar, allomalar ismlariga, maxsus atamalarga diqqatini jalb etishning samarali vositasi hamdir.
    O’yinli vaziyat, krossvord va rebusni yechishdagi qiyinchiliklarni yengib o’tish elementlari o’quvchilarni shunday o’ziga tortadiki, beixtiyor ularni informatika sohadagi bilimlarini to’ldirishga rag’batlantiradi.


    O’qitishning interaktiv metodlari
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o’sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi ham qo’yilgan. Ushbu masalaning hal etilishi ko’p jihatdan o’qitishning interaktiv metodlarini qo’llashga ham bog’liq.
    Avvalo “interaktiv” tushunchasini aniqlab olaylik. “Interaktiv” so’zi inglizcha “interact” so’zidan kelib chiqib “inter” – o’zaro, “act” – ish ko’rmoq, ishlamoq degan ma’nolarni anglatadi. Demak, interaktiv deganda o’zaro ish ko’rish, faoliyat ko’rsatish yoki suhbat tartibida kim bilandir (inson bilan) dialog (muloqat) holatida bo’lish tushiniladi. Shunday qilib, interfaol o’qitish, avvalambor muloqotli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida o’qituvchi va o’quvchi orasida o’zaro ta’sir amalga oshiriladi.
    Interaktiv o’qitishning mohiyati o’quv jarayonini shunday tashkil etishdan iboratki, unda barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
    Darslardagi interaktiv faoliyat o’zaro tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga umumiy lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyatli masalalarni birgalikda yechishga olib keladigan dialogli aloqani tashkil etish va rivojlantirishni ko’zda tutadi. Interaktiv metod bitta so’zga chiquvchining, shuningdek, bitta fikrning boshqa fikrlar ustidan dominantlik qilishligini bartaraf etadi. Dialogli o’qitish jarayoniga o’quvchilar tanqidiy fikrlashga, shart-sharoitlarni va tegishli axborotlarni tahlil qilish asosida murakkab muommolarni yechishga, alternativ fikrlarni chamalab ko’rishga va asosli ravishda qarorlar qabul qilishga, bahslarda ishtirok etishga, boshqalar bilan muloqot qilishga o’rganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruhli ishlar tashkil etiladi, izlanuvchi loyihalar, rolli o’yinlar, ijodiy ishlar qo’llaniladi.



    Download 169,04 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 169,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’qitishning qiziqtiruvchi metodlari

    Download 169,04 Kb.