|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat pedagogika instituti
|
bet | 2/27 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 169,04 Kb. | | #117015 |
Bog'liq Metodlar Informatikadan 000000000000Annotatsiya
«Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan ushbu oʻquv qoʻllanma oliy ta’lim muassasalari ”60540200 - Amaliy matematika”, ”60110600 – Matematika va informatika” ta’lim yo‘nalishi talabalariga malakaviy amaliyot oʼtish davrida o’quvchilarga umumtaʼlim maktablarida VII–sinf uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o’qitishda hamda informatika va axborot texnologiyalari o’qituvchilari va amaliyotchilari uchun mo‘ljallangan boʻlib, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “2022-2026 yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʼyicha milliy dasturni tasdiqlash toʼgʼrisida” gi PF-134 son farmonining 7-bandida hamda 2022 yil 21 iyundagi “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi PQ – 289-son qarorining 2-bandida pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik oʼquv mashgʼulotlari «4+2» tartibida umumtaʼlim maktablarida amaliyot oʼtish tartibida olib borilishini taʼminlash vazifasi koʼrsatilgan. Nazariy va amaliy ma’lumotlarni oʻrganish, mavzular yuzasidan amaliy mashg’ulotlar bajarish metodikasi hamda oʻrganilgan bilimlarni amaliyotda qoʻllay olish malakalarini yanada mustaxkamlashga yoʻnaltirilgan.
O’quv qo’llanma mavzulari DTS talablari asosida shakllantirilgan ma’ruzalardan iborat bo’lib, ma’ruzalar yuzasidan testlar, krassvordlar, keys savollari, boshqotirmalar, qo’shimcha topshiriq va vazifalar bilan boyitilgan. Ta’lim oluvchi xar bir mavzuni o’qib o’zlashtirgandan so’ng bilimini qay darajada o’zlashtirganligini aniqlash maqsadida mavzu yuzasidan testlar, krossvordlar tavsiya etilgan.
O’qituvchi dars sifati va samaradorligini oshirish maqsadida mediatexnalogiyalarga asoslangan turli xildagi rasmli topshiriqlar va keys savollari berilgan. Mavzular yuzasidan rasmlardan tashkil topgan topshiriqlarni bajarishi esa, ta’lim oluvchining kelgusida shu kabi dasturlardan foydalanishida juda qo’l keladi. Ta’lim oluvchini amaliyot jarayonida o’zlashtirgan dasturlari nazariy baholashda ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
O’quv qo’llanmadan ”60540200 - Amaliy matematika”, ”60110600–Matematika va informatika” ta’lim yo’nalishi talabalari, magistrantlar, mustaqil izlanuvchilar, umumtaʼlim maktab o’qituvchilari, o’quvchilari va amaliyotchi talabalar foydalanishlari mumkin.
|
| |