|
I bob. Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi
|
bet | 4/27 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 169,04 Kb. | | #117015 |
Bog'liq Metodlar Informatikadan 000000000000 1.1-§. Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi
Informatika va axborot texnalogiya fanlarini zamonaviy pedagogik texnologiya asosida o’qitish metodlari bo’yicha tavsiyalar
Informatika o’qitish metodikasida asosiy o’rinlardan birini o’qitish metodlari (usullari) egallaydi.
O’qitish metodi (grekcha metodos – biror narsaga yo’l) – ta’lim va tarbiya vositasi sifatidagi o’qitish maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan o’qituvchi va o’quvchilarning bir-biri bilan bog’langan faoliyatining tartiblangan usulidir.
O’qitish metodlari ko’p qirralidir. Shu sababli ham ularni ko’plab tasniflari mavjuddir. Bu tasniflarda metodlar bir yoki bir nechta belgilar bo’yicha jamlanadilar.
An’anaviy tasnif. Umumiy belgi sifatida bilim manbai olinadi.
Amaliy
|
Ko’rgazmali
|
Og’zaki
|
Kitob bilan ishlash
|
Video metod
|
Tajriba.
Mashqlar qilish.
Mustaqil ish.
Laboratoriya ishi.
|
Illustratsiya.
Kuzatish.
|
Tushuntirish.
Hikoya qilish.
Suhbat.
Ma’ruza.
|
O’qish.
Tez ko’rib chiqish.
Sitata olish.
Bayon etish.
Qayta so’zlab berish.
Konspekt olish.
|
Ko’rib chiqish.
Mashq qilish.
|
2. Hozirgi kunda akademik Y.K.Babanskiy tavsiya etgan tasniflash keng tarqalgandir. Unda o’qitish metodlarining uchta katta guruhi alohida ajratilgan:
- o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari;
- o’quv-bilish faoliyatini nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari;
- o’quv-bilish faoliyatini rag’batlantirish va motivatsiya metodlari;
O’quv-tarbiya jarayonida o’qitish metodlari asosida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
O’rgatuvchi;
Rivojlantiruvchi;
Tarbiyaviy;
Istak tug’diruvchi;
Nazorat-koreksion.
|
| |