О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
KASB TA’LIMI METODIKASI
KAFEDRASI
KASB TA’LIMI METODIKASI
FANIDAN OCHIQ DARS ISHLANMASI
MAVZU: Kasb-hunar ta’limini amalga oshirish metodlari
26- Sentabr 2015
Bajardi “Kasb ta’limi metodikasi”
kafedrasi dotsenti v/b, p.f.n.: A.I.AVAZBOYEV
Toshkent – 2015
KASB-HUNAR TA`LIMINI AMALGA OSHIRISH METODLARI MAVZUSIDAN “KEYS” STADI TEXNOLOGIYASI.
Keysning asosiy maqsadi: O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi metodlari klassifikatsiyasi, kasb-hunar ta`limining og’zaki, amaliy metodlari, ko’rgazmalilik metodlari to’g’risida tushuncha berish. Ta`lim metodlarini tanlash mezonlari. Kasb-hunar ta`limini amalga oshirish metodlarini o’rganish, tahlil etish va kasb ta`limining umumiy metodlarini klassifikatsiyasi ma’lumotlar berish.
Reja
-
O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi metodlari klassifikatsiyasi
-
Kasb-hunar ta`limining og`zaki metodlari
-
Kasb-hunar ta`limining amaliy metodlari.
-
Kasb-hunar ta`limida ko’rgazmalilik metodlari to’g`risida tushuncha
-
Ta`lim metodlarini tanlash mezonlari.
-
Kasb-hunar ta`limida pedagogik texnologiyalardan foydalanish
O’quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:
1.O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi metodlarini o’ziga xosliklarini ochib berish;
2.Ta`lim metodlarini tanlash mezonlarini o’rganish;
3.Kasb-hunar ta`limini amalga oshirish metodlarini o’rganish, tahlil etish va kasb ta`limining umumiy metodlarini klassifikatsiyasi tayyorlash.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun talabalar oldindan quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari lozim:
Talaba quyidagilarni bilishi kerak:
- kasb-hunar ta`limi, klassifikatsiya, metod, og’zaki metod, amaliy metod, ko’rgazmalilik metodi, metodlarni tanlash mezonlari, pedagogik texnologiY.
- talaba quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak:
- tahlil etish, taqqoslash, umumlashtirish, abstraktlashtirish, loyihalash, modellashtirish.
- talaba quyidagi malakalarga ega bo’lishi kerak:
- individual va hamkorlikda ishlash, kognitiv, evristik, kreativ faoliyat malakalari.
Ushbu keysdan “Kasb ta`limi metodikasi” va “Kasbiy pedagogika” fanlarini o’qitishda foydalanish mumkin.
Tavsiya etilayotgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon beradi:
1. Kasb-hunar ta`limi metodlari klassifikatsiyasi haqidagi bilimlarni mustahkamlash;
2. Topshiriqlarni hal etish orqali kasb-hunar ta`limi metodlari klassifikatsiyasiga doir modellarni o’zlashtirish;
3. Mustaqil ravishda kasb-hunar ta`limi metodlari klassifikatsiyasini modellashtirish ko’nikmasini egallash. Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
MUAMMOLI TOPSHIRIQLARNI BOSQICHMA-BOSQICH TAHLIL ETISH VA HAL ETISH BOYICHA TALABALARGA METODIK KO’RSATMALAR
Talabalarga yo’riqnoma
Ish bosqichlari
|
Maslahat va tavsiyanomalar
|
1.Keys va uning axborot ta`minoti bilan tanishish
|
Og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlarga doir modellar bilan tanishing va modellarning tarkibiy qismlari, ularning mazmunini o’rganing. O’rganib chiqish vaqtida modellarga tavsifnoma yozishga va kasb ta`limining umumiy metodlari modelini ishlab chiqishga shoshilmang (1-2-3-ilovalar).
|
2.Muammoli topshiriqlar bilan tanishish
|
Taqdim etilgan modellar mazmuni bilan yana bir marotaba tanishib chiqing. Modellar tarkibidagi tushunchalar va jumlalarga diqqatingizni jalb qiling. Modellarda kasb ta`limining umumiy metodlari qaysi jihatlariga e`tibor qaratishni aniqlang (1-2-3-ilovalar).
|
3.Muammoli topshiriqni tahlil eting.
|
Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb eting.
Asosiy muammo: Kasb-hunar ta`limini amalga oshirish metodlari.
Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling:
-
Kasb - hunar ta`limining og’zaki metodlari.Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
-
Kasb - hunar ta`limining ko’rgazmalilik metodlari.
-
Kasb - hunar ta`limining amaliy metodlari.
-
Ta`lim metodlarini tanlash mezonlari.
-
Kasb - hunar ta`limida pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlar modellarini tahlil eting va har biriga tavsifnoma yozing (1-2-3-ilovalar).
|
4.Muammoli topshiriqlarni echish usul va vositalarini tanlash hamda asoslash
|
Kasb-hunar ta`limini amalga oshirish metodlariga doir modellarga tavsifnoma yozishda “Kasb ta`limining umumiy metodlari” jadvalini to’ldirishga kirishing. Tavsifnomalarni yozishda aniq xususiyatlarni belgilab olishga harakat qiling. Jadvalni to’ldiring.
“Kasb ta`limining umumiy metodlari”ni ishlab chiqishda kasb ta`limi metodlarini yodda saqlang va ularning funktsiyalarini ko’z oldingizda gavdalantiring (1-2-3-4-5-ilovalar).
|
|