• “Joyning topografik planini tuzish” mavzusida ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida o`tkazilgan ochiq darsning dars ishlanmasi Geografiya
  • Mavzu: I – chorak 15 - dars Joyning topografik planini tuzish
  • O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi Shakl
  • Nazorat
  • Kelgusi rejalar O‘qituvchi
  • Mashg‘ulotni ng borishi Darsning tashkil etish shakllari
  • 1. O`qituvchining kirish so`zi (1daqiqa). Darsning tashkil etilishi
  • 3.“ Geografik diktant ” orqali uyga berilgan mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilimini tekshirish (8 daqiqa) Geografik diktant.
  • 4.Yangi mavzu bayoni. (12 daqiqa). 1.Qutbiy plan olish. 2.Azimutal plan olish. 3.Nisbiy balandlik. 4.Mutlaq balandlik.
  • 5. Darsni mustahkamlash uchun savollar
  • Mavzusida ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida o`tkazilgan ochiq darsning dars ishlanmasi Geografiya




    Download 2,97 Mb.
    bet1/49
    Sana10.04.2017
    Hajmi2,97 Mb.
    #3942
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49


    46 – umumiy o`rta ta`lim maktabining geografiya fani o`qituvchisi Otajonova Zulayxoning

    Geografiya fanidan 24 – oktabr 2013 – yil 5 - a sinfda “Joyning topografik planini tuzish” mavzusida ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida o`tkazilgan ochiq darsning dars ishlanmasi


    Geografiya

    5-sinf

    Mavzuning texnologik xaritasi va o‘tkazilish ishlanmasi



    Mavzu:

    I – chorak 15 - dars

    Joyning topografik planini tuzish


    Maqsad va vazifalar

    O`quvchilarning oldingi mavzular yuzasidan bilimlarini tekshirish, ularni yangi atama va tushunchalar bilan tanishtirish;

    Yer yuzidagi notekisliklarini planga tushurish yo`llarini o`rgatish; joyda masofalarni aniqlash, o`quvchilarni qutb usulida va yo`l bo`ylab plan olish usuli bilan tanishtirish; ularda yo`nalish va masofalarni aniqlash bo`yicha ko`nikma va malakalarni shakllantirishni davom ettirtirish; joy planini o`qiy olish bo`yicha mashiqlar bajarish ya’ni planni kompas yordamida orientirlashni, turgan joydan ko`rinmaydigan, ammo planda ko`rsatilgan mahalliy predmetlargacha bo`lgan masofani aniqlash va boshqalar.




    O‘quv materiali mazmuni

    O‘quvchilarda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakillantirish, kompas, geografik atlas, topografik xaritalar bilan ishlashga qiziqish o‘yg‘otish.

    O‘quvchilarning savol-javob, xarita bilan ishlash (amaliy mashg‘ulot) orqali yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi.




    O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi

    Shakl: interfaol mashg‘ulot: suhbat-ma’ruza, yakka tartibda, kichik guruh, jamoa bo‘lib ishlash.

    Metod: “Aqliy hujum”, “Amaliy mashg‘ulot” “Kichik guruhlar bilan ishlash”, savol- javob, test.

    Vosita: Darslik, 5-sinf o‘quv atlasi va yozuvsiz xaritalar, planshet, qog`oz, sirkul, chizg`ich, topografik xarita, darslik, tarqatma savollar.

    Nazorat: kuzatish, nazorat savollari, nazorat testlari.

    Baholash: rag‘batlantirish, 5 ballik tizim asosida.


    Kutiladigan natijalar

    O‘qituvchi: Mavzu belgilangan vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarning darsda faolligi oshadi. Ularda fanga nisbatan qiziqish o‘yg‘onadi. Amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, barcha o‘quvchilar yakka tartibda baholanadi. boshqalarga yetkazish, savol va javob berishga o‘rgatiladi.

    O‘quvchi: Mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo‘ladilar. Guruhlar bilan ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar




    Kelgusi rejalar

    O‘qituvchi: Yangi pedagogik texnologilarni o‘zlashtiradi va darsda tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O‘z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy voqyalar bilan bog‘laydi va solishtiradi.

    O‘quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil isshashni o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon eta oladi. Yangi mavzuga oid qo‘shimcha materiallar topishga harakat qiladi.


    Mashg‘ulotning borishi

    Darsning tashkil etish shakllari:

    a) salomlashish

    b) davomat aniqlash.

    c) ob-havo so`rash

    d) uyga berilgan topshiriqlarni tekshirib chiqish

    Dars uslubi. Savol-javob, guruhlarga bo`lish, suhbat.
    Dars rejasi:
    1. O`qituvchining kirish so`zi (1 daqiqa).

    2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa).

    3.“ Geografik diktant” orqali uyga berilgan mavzu yuzasidan bilimlarni tekshirish (8daqiqa).

    4.Yangi mavzu bayoni. (12 daqiqa).

    5. Yangi mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar (8 daqiqa).

    6. Guruhlar taqdimoti (8 daqiqa).

    Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar.
    Prezentatsiya (lot. praesentatio - taqdim etish), taqdimot - yangidan yaratilgan, tuzilgan muayyan narsaning rasmiy taqdim etilishi (mas, yangi jurnalning P.si).

    7. Mavzuni mustahkamlash (2 daqiqa).

    8. O`quvchilarni rag‘batlantirish va baholash (2 daqiqa).

    9. Uyga vazifa. (2 daqiqa).

    1. O`qituvchining kirish so`zi (1daqiqa).

    Darsning tashkil etilishi:

    a) salomlashish, davomatni aniqlash;

    b) o`quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;

    2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa).

    O`quvchilar 3 ta guruhga bo`linib, joylariga o`tirishadi (emblemalar ilova qilinadi).

    I-guruh. “Kompas”

    II-guruh. “Azimut”

    III-guruh. “Xarita”
    O`quvchilar bilan birgalikda guruhlarda ishlash uchun amal qilinishi lozim bo`lgan qoidalar ishlab chiqiladi:
    Oltin qoidalar:

    1. Faollik.

    2. Vaqtga rioya qilish.

    3. Aytilgan fikrni takrorlamaslik.

    4. O`zaro hurmat.

    5. To`g`ri javob uchun rag`bat.

    6. O`ng qo`l qoidasi.

    7. “Bir yoqadan bosh chiqarish”.

    8. Intizom.

    Ishlab chiqilgan oltin qoidalar doska chetiga osib qo‘yiladi.



    3.“ Geografik diktant” orqali uyga berilgan mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilimini tekshirish (8 daqiqa)

    Geografik diktant.
    1.Gorizontning quyosh botadigan tomoni………….. (g‘arb)

    2.Oraliq masofani o‘lchaydigan asbob……………...(ruletka)

    3.Nuqtaning okean sathidan yoki okean bilan tutashgan dengizlar sathidan balandlikka ……..(mutloq balandlik deb ataladi)

    4.Quruqlik yuzazining dengiz sathidan bir xil balandlikdagi tutashtiruvchi chiziqlar ………..(gorizontallar) deyiladi.

    5.Ufqning g‘arb tomoni ………. (2700) azimutga teng.

    6.Azimut 500 bo‘lsa u ufqning ………….(janubiy-g‘arbiy tomonini bildiradi.

    7.2250 azimut ufqning……….. (janubiy-g`arbiy) tomonini bildiradi.

    8.Qurt-qumursqalar odatda inlarining og‘zini ……….(janub) tomonga qaratib quradilar.

    9.Azimut so‘zi arab tilida ……………(“as-sumut”)-yo‘l degan ma’noni anglatadi.

    Arab tili - Somiy tillar guruhining jan. tarmog‘iga mansub til. Yaqin va O‘rta Sharq hamda Afrika shim.586dagi yigirmadan ortiq mamlakatning rasmiy davlat tili hisoblanadi. Arab tili da 200 mln. dan ortiq aholi gaplashadi (1997).

    10.Yer yuzining past-balandliklari…….(relyef) deb ataladi.



    4.Yangi mavzu bayoni. (12 daqiqa).

    1.Qutbiy plan olish.

    2.Azimutal plan olish.

    3.Nisbiy balandlik.

    4.Mutlaq balandlik.
    Birinchidan : joy planini tuzish uchun zarur bo`lgan eng oddiy asbob va vositalarni tayyorlash lozim. Ya`ni o`lchov lentalarini kurvimetr, kompas va boshqalar.

    Ikkinchidan: planga olinadigan joyning masshtabini aniqlsh;

    Uchinchidan: planshetni tayyorlash va uni orientirlash;

    To`rtinchidan: Joy planini tuzushning qutb usuli va ko`z bilan chamalab olish usulida amalga oshirish;

    Beshinchidan: Plan olish natijalarini ko`rib chiqish

    O`quvchilarni qutb usulida plan olish natijalarini ko`rib chiqish.

    O`quvchilarni qutb usulida plan olish bilan tanishtirish. Bunda berilgan rasmga qarab joyning planini tuzish mumkin. Dastlab uch oyoq bilan planshetni daryo ko`prigiga o`rgatib, biron masshtab tanlanadi. Masalan 1:500 tanlab olindi. Shundan so`ng shimol va janub tomonlarni ko‘rsatadigan strelka tortiladi va planshetni goriont tomonlariga orientirlaymiz. Barcha mahalliy predmetlarni shartli topografik belgilar bilan planga tushiramiz.

    Avvalo planda daryo ustidagi ko‘prikni tasvirlash va uni “ko`prik” degan shartli belgining o‘rtasiga to‘g‘nog‘ich qadab qo`yish kerak. Bu bizning plandagi birinchi nuqtamiz bo‘ladi.

    Planshetga vizirlash lineykasini quyamiz va uning ustki qirrasini planimizda tasvirlamoqchi bo`lgan predmetlar (yakka buta, shamol dvigateli, uy, molxona, daraxtzor, hovuz, daryo bo`yidagi daraxtlarga to`g`ri qilib qo`yiladi va planshetda har bir predmetga tomon vizirlash chizig`i tortamiz.

    Molxona - mol bokiladigan bino. Boqiladigan mol turi ga qarab qoʻylar uchun qoʻralar, qoʻtonlar, qoramollar uchun ogʻilxonalar, otlar uchun otxonalar quriladi. Ularning har biri oʻziga xos tuzilishga ega.
    So`ngra bizga ma’lum bo`lgan usullarning birini qo`llab, ko`prikdan ana shu predmetlarning har birigacha bo`lgan masofani aniqlaymiz. Tanlab olingan masshtab asosida planshetda mo`ayan masofalarni o`lchab va ularni shartli belgilar bilan ko`rsatamiz. Shu tariqa daryoni planga tushiramiz,barcha predmetlarga bizirlash chizig`i tortiladi va ular ham shartli belgilar bilan ko`rsatiladi.

    Qutbiy plan olish deb nimaga aytiladi?

    Biz mahalliy predmetlarni vizirlagan nuqta qutb deb ataladi. Shu sababdan planga olishning bu usuli qutbiy plan olish deb ataladi.

    Azimutan plan olish (Yo‘l bo‘ylab plan olish) qutbiy plan olishning bir turidir.Bu ham taxminan qutbiy plan olish kabi bajariladi. Bu usulda planshet bilan vizir lineykasi ishlatilmaydi.

    Ko‘prik yonida turib planga tushurmoqchi bo‘lgan hamma ob’ektlarimizning azimutlarini aniqlash va ulargacha bo‘lgan masofalar o‘lchab chiqiladi. Olingan natijalar ustun shaklida yoziladi.( darslikdagi 11-12 rasm)


    Ko‘prikdan

    Azimut

    Joydagi masofa

    Plandagi masofa

    Butagacha

    Shamol Dvigateligacha

    Minoragacha

    Molxonagacha

    Hovuzgacha

    Daraxtgacha



    2750

    360 m

    3.5 sm


    5. Darsni mustahkamlash uchun savollar:

    Download 2,97 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




    Download 2,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzusida ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida o`tkazilgan ochiq darsning dars ishlanmasi Geografiya

    Download 2,97 Mb.