• Daryolarga suv qaerdan keladi
  • Daryoning elementlari rasmlardagi qaysi harflarga mos kelishini aniqlang.
  • Mavzuni mustahkamlash va topshiriqni bajarish uchun tavsiyalar. Topshiriqlarning o‘ziga xos xususiyatlari
  • Topshiriqni bajarish tartibi: Topshiriq doskada yoki slayd yordamida o‘quvchilarga taqdim etiladi.
  • Uy vazifa uchun topshiriqlar
  • Amazonka sayyoramizning eng yirik daryosi Uning uzunligi - (Ukayali daryosi bilan) 6400 km ni tashkil qiladi




    Download 2,97 Mb.
    bet5/49
    Sana10.04.2017
    Hajmi2,97 Mb.
    #3942
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49

    Amazonka sayyoramizning eng yirik daryosi Uning uzunligi - (Ukayali daryosi bilan) 6400 km ni tashkil qiladi.



    daryo havzasi

    Hamma daryolarning, hatto eng kichik daryolarning ham o‘z havzasi bo‘ladi. Amazonka havzasi dunyoda eng katta daryo bo‘lib, uning maydoni 7 mln km2 dan iborat.

    Qo‘shni daryolar havzalarini bir-biridan ajratib turadigan chegara suvayirg‘ich deyiladi. Suvayirg‘ichlar tog‘larning qirralariga, tekisliklarda esa balandroq joylarga to‘g‘ri keladi.

    Tog‘ va tekislik daryolari. Tog‘ daryolari tekislik daryolariga qaraganda juda tez oqadi. Vodiylari tor va chuqur bo‘ladi. Ko‘p daryolar tog‘lardan boshlanib, tekislikka oqib chiqadi va tekislik daryosiga aylanadi. Bunday daryolarga Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon daryolarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Sirdaryo Tiyanshan tog‘larida 6000 m balandlikdan boshlanadi. Tog‘lar orasidagi chuqur daralarda hayqirib oqadi. Tekislikka chiqqanidan keyin keng o‘zanda yoyilib, sekin oqadi. Daryolar tog‘larda yemirib oqizib kelgan tog‘ jinslari tekislikda cho‘kib, cho‘kindi jinslarni hosil qiladi. Daryolar suvidan cho‘kindi jinslarning cho‘kish qonuniyatini birinchi bo‘lib Abu Rayhon Beruniy aniqlagan.

    Daryolar suvi baland joylardan otilib tushib, sharsharalar hosil qiladi. Dunyodagi eng baland sharshara Janubiy Amerikada, Churun daryosidagi Anxel sharsharasi.

    Shimoliy Amerika - Yerning gʻarbiy yarimsharida joylashgan qitʼa. Janubiy amerika - Gʻarbiy yarim sharqning jan. qismidagi materik, Amerika qitʼasining jan. yarmi. Sharqdan Atlantika okeani, gʻarbdan Tinch okean oʻrab turadi.
    Uning balandligi 1054 m. Lekin suvi ko‘p emas. Eng sersuv sharsharalardan biri Shimoliy Amerikadagi Niagara sharsharasidir. Bu sharshara 51 m balandlikdan otilib tushadi. Yana bir katta sharshara Afrikadagi Viktoriya sharsharasi Unda suv 120 m balanddan otilib tushadi (Nomlari aytilgan sharsharalarni Yarim-sharlar xaritasidan toping).
    Afrika - kattaligi va aholi soni boʻyicha dunyoning ikkinchi qitʼasi.



    Daryolarga suv qaerdan keladi? Daryolar yomg‘ir, qor, muz suvlari, buloqlar suvlaridan to‘yinadi. Baland tog‘lardan boshlanadigan daryolar tog‘lardagi muzliklar suvi bilan to‘yinadi. Ular yozda sersuv bo‘ladi (Nega?). Amudaryo bilan Zarafshon daryosi ana shunday daryolar hisoblanadi. Ba’zi daryolarga yomg‘ir suvi ham, qor suvi ham, yer osti suvlari ham tushadi. SHunday daryolarni aralash to‘yinuvchi daryolar deyiladi. Sirdaryo shunday daryolar sirasiga kiradi.

    Daryolar qadim zamonlardan kishilarni chuchuk suv bilan ta’minlaydigan asosiy manba bo‘lib kelgan. Suvdan yaxshiroq foydalanish uchun daryolarga suv omborlari quriladi, kanal va ariqlar qazib quruq yerlarga suv chiqariladi.

    Yer - Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi.

    Suvni iflos qilmasdan, tejab-tergab foydalanish har birimizning muqaddas burchimiz hisoblanadi. Buni aslo unutmaylik.
    Yangi mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar.

    Grafik test.

    Grafik usulda test topshirig‘ida o‘quvchilar daryoning elementlari rasmlardagi qaysi harflarga mos kelishini topadilar. (1, 2- rasm)



    Daryoning elementlari rasmlardagi qaysi harflarga mos kelishini

    aniqlang.

    daryo sistemasi

    daryo vodiysi

    1. daryoning manbai 2. daryoning mansabi

    3. daryoning o‘ng irmog‘i 4. daryoning o‘zani

    5. daryoning qayiri 6. daryoning chap irmog‘i

    7. daryoning vodiysi 8. daryoning havzasi

    9. daryoning suvayirg‘ichi 10. daryo terassasi



    Mavzuni mustahkamlash va topshiriqni bajarish uchun tavsiyalar.

    Topshiriqlarning o‘ziga xos xususiyatlari:


    • Qisqa vaqtda mustahkamlash nazoratini amalga oshirish.

    • Barcha o‘quvchilarning BKM elementlarini qanday darajada egallab olganligini nazorat qila olish.

    • O‘quvchilarda geografik ob’ekt to‘g‘risida tasavvurlarning shakllanishiga yordam beradi.

    • Nazorat usulining soddaligi.

    • Natijalarni tekshirib chiqish qisqa vaqtni talab etishi.


    Topshiriqni bajarish tartibi:


    1. Topshiriq doskada yoki slayd yordamida o‘quvchilarga taqdim etiladi.




    1. O‘quvchi quyidagi shaklda javoblarni belgilaydi:

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    9

    10

    a

    b

    c

    h

    k

    d

    m

    j

    e

    l


    3. Nazorat uchun belgilangan vaqt tugagach oqituvchi o‘quvchilarning javob varaqalarini tekshirib chiqadi va BKM elementlarini qanday darajada egallab olganligini aniqlaydi
    Uy vazifa uchun topshiriqlar

    1. Daryo tushunchasining eng muhim belgilarini ayting.

    2. Daryo sistemasi, boshlanish joyi, quyilishi joyi, daryo havzasi, suv ayirg‘ich, daryo o‘zani deb nimaga aytiladi? Ularni daftaringizga chizmada aks ettiring.

    3. Daryolardan biriga quyidagi reja asosida ta’rif bering.


    Savollar

    1). Daryo nomi?

    2). Qaysi materikda va uning qaysi qismida joylashgan?

    3). Qaerdan boshlanadi?

    4). Qaerga quyiladi?

    5). Qaysi okean yoki dengiz havzasiga tegishli?

    6). Xo‘jalikdagi ahamiyati.


    Download 2,97 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




    Download 2,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amazonka sayyoramizning eng yirik daryosi Uning uzunligi - (Ukayali daryosi bilan) 6400 km ni tashkil qiladi

    Download 2,97 Mb.