Dars bosqichlari.
Bosiqichlar
|
Mazmuni
|
Metodlar
|
Vaqti
|
1-bosqich Tashkiliy qism
|
Salomlashuv. Mashg‘ulotning borishi haqida tushuncha berish.
|
og‘zaki
muloqot
|
3 daqiqa
|
2-bosqich Motivatsiya
|
Nazorat bosqchi “BLIS” so‘rov orqali sinf o‘quvchilarini to‘liq nazorat qilishdan iboratdir. “BLIS” so‘rov o‘tkazishda uning “ha-yo‘q”elementidan foydalanish yaxshi samara beradi.
| “BLITS” so‘rov topshiriqlari
Shakli: “ha-yo‘q”
|
8 daqiqa
|
3-bosqich Mavzu va topshiriqlar bayoni
|
O‘qituvchining “Daryolar” mavzusi mazmuni to‘g‘risidagi suhbat-ma’ruzasi (slaydlar hamda savollar asosida) – jamoaviy ish va guruhlardagi mustaqil ish
Asosiy bosqich:
a) “Aqliy hujum” metodi yordamida o‘quvchilarning daryolar haqidagi bilimlari aniqlab olinadi.
b) yangi mavzu bayoni - daryo elementlarini ko‘rgazmali usulda muammoli bayon etish o‘quvchi bilimlarini to‘ldirish.
|
og‘zaki bayon, tushuntirish,
savol-javob
|
20 daqiqa
|
4-bosqich Mustahkamlash
|
Grafik usulda test topshirig‘i. Daryoning elementlari rasmlardagi qaysi harflarga mos kelishini aniqlash.
|
Grafik usulida test topshirig‘i.
|
12 daqiqa
|
5-bosqich
Dars yakuni va mustaqil ish uchun topshiriq
| Uy vazifasini bajarish uchun tavsiyalar
|
|
2 daqiqa
|
Mashg‘ulotning borishi
Atama va tushunchalar: daryo, daryo havzasi, suv ayirg‘ich, daryolar manbai, mansabi, tog‘daryolari, tekislik daryolari, daryo vodiysi, daryo o‘zani, irmoq, daryo sistemasi, sharshara, ostona, daryolar to‘yinishi, daryolar rejimi, suv sarfi, suv sathi, daryolar suvini muhofaza qilish.Vodiy - relefning uzunasiga choʻzilgan botiq shakli. Hosil boʻlishiga koʻra erozion va tektonik V. boʻladi. V.larning dastlabki shakli, asosan eroziya natijasida, vaqtincha oqar suvlar hosil qilgan jarliklardir. Ostona - (qoz. Астана) Qozogʻistondagi shahar, Qozogʻiston Respublikasi poytaxti, Oqmoʻla viloyati maʼmuriy markazi. Hozirgi kunda shaharning hududi 200 km2. Ishim daryosining oʻng sohilida joylashgan. Irmoq - katta daryoga quyiladigan daryo, soy, jilgʻa. Odatda, I. oʻzi quyiladigan daryodan kamsuv, shuningdek, vodiysi boshqa tomonga yoʻnalgan boʻladi. Koʻl va b. ichki suv havzalariga quy-iladigan daryolar ham baʼzan I. Daryo havzasi - nam saklaydigan jinslarni oʻz ichiga olgan yer yuzasining bir qismi, undan suv alohida daryo yoki daryo sistemasiga oqadi. D. h.ni koʻpincha daryoning suv yigʻish havzasi deyiladi. Har bir daryo havzasi yer usti va yer osti suv toʻplash havzalarini oʻz ichiga oladi.
Geografik obektlar:
Daryolar: Nil, Amazonka, Kongo, Missisipi, Gang, Volga, Dnepr, Ob, Lena, Yantszi, Xuanxe, Amudaryo, Sirdaryo.Amudaryo - Oʻrta Osiyo hududidagi eng uzun daryo. Yunonlar Oks deb ataganlar. Mahalliy xalq orasida daryo Jayhun nomi bilan mashhur. Daryo uzunligi 2400 km, daryo deltasi 534 739 km². Amudaryo hozirgi Tojikistonning Pomir togʻi etaklaridagi Panj va Vaxsh daryolarining birlashuvidan boshlanib Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Turkmaniston hududlaridan oʻtadi va tobora qurib borayotgan Orol dengiziga quyiladi. Sharsharalar: Anxel, Niagara, Viktoriya.
O‘quvchilar egallash lozim bo‘lgan BKM elementlari
Bilimlar:
-
Daryo va uning qismlari haqida bilish;
-
Daryo sistemasi haqida bilish;
-
Daryo vodiysi va uning elementlari bilish;
-
Sharsharalar haqida bilish;
-
Daryolarning to‘yinishi manbai va mansabi qaerdaligini bilish.
Ko‘nikma va malakalar:
-
Daryo sistemasi va uning elementlarini aniqlay olish;
-
Daryo havzasi chegaralarini aniqlay olishi;
-
Oqim yo‘nalishi va relyefning bog‘liqlik qonuniyatlarini ayta olishi;
-
Xaritada daryo va uning elementlarini ko‘rsata olishi;
-
Yozuvsiz xaritada daryo va uning elementlarini tasvirlay olishi;
-
Daryoga reja asosida tavsif yoza olishi.
Tashkiliy qism.
Dars avvalida salomlashib, o‘quvchilar davomati aniqlanadi. O‘quvchilar bugungi kun ob-havosi va atrof-muhitdagi tabiiy o‘zgarishlarga sharh beradilar. O‘quvchilarning darsga tayyorgarligi nazorat qilinadi.
Guruhlash. O‘quvchilar qatorlar orqali uch guruhga bo‘linadi: "Amudaryo", "Orol", "Sirdaryo" guruhlari.
“BLIS” so‘rov orqali oldingi darsda o‘tilgan mavzu yuzasidan sinf o‘quvchilarning bilimini tekshirish.
“BLIS” so‘rov topshiriqlarining o‘ziga xos xususiyatlari:
-
Qisqa vaqtda nazoratni amalga oshirish
-
Barcha o‘quvchilarni qamrab olish
-
Nazorat materiallari tuzishning soddaligi
-
Natijalarni tekshirib chiqish qisqa vaqtni talab etishi
-
Vaqtning qat’iy belgilanganligi nazorat natijalarini realligini ta’minlaydi
|