|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat pedagogika instituti
|
bet | 6/27 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 169,04 Kb. | | #117015 |
Bog'liq Metodlar Informatikadan 000000000000Klaster usuli
Klasterlarga ajratish – o’quvchilarga biror mavzu bo’yicha erkin va ochiq fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. U turli g’oyalar orasidagi bog’lanishlar haqida fikr yuritishga undovchi strukturalarni ajratib olishni talab etadi.
Bu metod biror mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchilarni fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlash hamda o’quvchilarni shu mavzu bo’yicha tasavvurlarini chizma ravishda ifodalashga undaydi.
Ushbu texnilogiyani o’quvchilar bilan individual va guruh bo’lib ishlaganda qo’llash mumkin.
Klasterlarga ajratish texnologiyasi uncha murakkab emas.
Katta o’lchamdagi qog’oz yoki doskaning o’rtasiga ochgich so’z yoziladi.
O’quvchilar ushbu so’z bilan bog’liq hayolga kelgan so’z va jumlalarni uni atrofiga yoza boshlaydilar.
Yangi g’oyalar paydo bo’lishi bilan hayolga kelgan so’zlar darhol yozib qo’yiladi.
So’zlarni yozish jarayonida o’qituvchi tomonidan belgilangan vaqt tugaguncha yoki barcha so’z va g’oyalar tugaguncha davom etadi.
Klasterlarga ajratishda bir qator qoidalarga ham roiya qilish zarur.
Xayolga kelgan hamma narsani ularning mazmuniga e’tibor bermasdan yozib borish.
Orfografiya va boshqa omillarga e’tibor bermaslik.
Vaqt tugaguncha, iloji boricha to’xtamasdan yozish.
Iloji boricha ko’proq bog’lanishlar hosil qilishga harakat qilish. G’oyalar va so’zlar sonini cheklab qo’ymaslik.
Insert texnologiyasi
Ushbu texnologiya yangi matn bilan ishlashga mo’ljallangan bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Matnni qalam bilan o’qib chiqish.
O’qish davomida matnda maxsus belgilar qo’yib boorish:
+ buni bilaman;
? buni mukammal bilmoqchi edim.
Matn bilan to’la tanishib chiqilgandan so’ng quyidagi jadval to’ldiriladi:
|
| |