|
Muhandislik psixologiyasi fanining tadqiqot metodlari
|
Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 71,24 Kb. | | #234415 |
Bog'liq Muhandislik psixologiyasi fanining tadqiqot metodlari 2 dars Abdullayeva N. SH. Reja: - 1. Muhandislik psixologiyasi fanining tadqiqot metodlari
- 2. Tadqiqot metodlarning turlari.
Muhandislik psixologiyasi fanining o‘ziga xos ilmiy o‘rganish metodlari mavjud. Psixologiya fanini ilmiy o‘rganish metodlari («metod» yunoncha so‘z bo‘lib, «biror narsaga borish yo‘li» degan ma’noni anglatadi) psixik jarayonlar, holatlar va individual xususiyatlar to‘g‘risidagi bilimlarni egallashda qo‘llaniladigan nazariy tadqiqotlar hamda amaliy harakat qilish usullari va ularning yig‘indisidir. Anketa metodi.
Bu metodga tadqiqotchini qiziqtiruvchi faktlar haqida bir qator materiallar olish uchun nisbatan ko‘p sonli shaxslar guruhiga beriladigan savollarning bir xilligi xos. Materiallarga statistik ishlov beriladi va tahlil qilinadi.
Suhbat (intervyu) metodi.
Ushbu yordamchi metod tadqiqotning eng boshida umumiy yo‘nalish olish va ishchi farazlarni yaratish maqsadida qo‘llaniladi. Bu erkin, majburiy bo‘lmagan suhbat. Suhbat (intervyu) anketa tadqiqotlaridan keyin ham qo‘llanishi mumkin. Bunda anketa tadqiqotlari natijalari suhbatlashish orqali chuqurroq o‘rganiladi. Suhbatga tayyorgarlik jarayonida savollarni berishga katta e’tibor qaratish lozim. Savollar qisqa, aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. So‘nggi yillarda psixodiagnostika o‘tkazishda kompyuterdan foydalanishga qiziqish keskin oshdi.
Psixologik tadqiqotda qo‘llaniladigan metodlarning barchasini to‘rt guruhga ajratish mumkin: Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari:
Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlariga miqdoriy (statistika) va sifat (materialni guruhlarga ajratish, tahlil) metodlari kiradi. Izohlash metodlariga turli xildagi irsiy (materialning rivojlanishdagi alohida davrlar, bosqichlar, xavfli vaziyatlar va boshqalarni ajratib ko‘rsatgan holda tahlili) va tarkibiy (psixika barcha xususiyatlarining tuzilishlari o‘rtasidagi aloqani o‘rnatish) metodlar kiradi. Psixologik tadqiqotning asosiy metodlarini birmuncha to‘liqroq holatda ko‘rib chiqamiz.
Qiyosiy metod
Qiyosiy metod («ko‘ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub odamlarning yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko‘ra taqqoslashdan iborat. Masalan, yoshi va jinsi bir xil bo‘lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va ishchilar) ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun bir xil tajriba metodlari bilan tadqiq etiladi va olingan ma’lumotlar o‘zaro solishtiriladi.
Longityud metodi
Longityud metodi («uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq vaqt davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. Masalan, talabalarni oliygohda ta’lim olish vaqti davomida ko‘plab marta tekshirish. Qiyosiy va longityud metodlari o‘z afzalliklariga ega. Kesimlar metodi qisqa vaqt ichida ko‘p sonli sinaluvchilarni tadqiqot bilan qamrab olish imkonini beradi.
Majmuyiy metod
Majmuyiy metod – tadqiqotda turli fan vakillarining ishtiroki turli hodisalar, masalan, shaxsning fiziologik, psixologik va ijtimoiy taraqqiyoti o‘rtasidagi aloqalar va bog‘liqliklarni o‘rnatish imkonini beruvchi o‘rganish usuli. Kuzatish – psixika tashqi alomatlarini oldindan belgilangan, tizimli, maqsadga muvofiq va qayd etilgan holatda qabul qilishdan iborat bo‘lgan metod. Bu metod ilmiyligining asosiy sharti bo‘lib uning obyektivligi, ya’ni, qayta kuzatuv yoki tadqiqotning boshqa usullarini, masalan, tajribalarni qo‘llagan holda nazorat olib borish imkoniyati xizmat qiladi.
Kuzatish bir necha xil:
Standartlashtirilgan (belgilangan dasturga qat’iyan mos ravishda o‘tkazilgan), erkin (oldindan o‘rnatilgan chegaralarga ega bo‘lmagan), kiritilgan (tadqiqotchi o‘zi kuzatayotgan jarayonning bevosita ishtirokchisiga aylanadi), yashirin bo‘ladi. O‘tkazilish joyiga asosan kuzatishlar dala va laboratoriya kuzatishlariga bo‘linadi. Dala kuzatishlari tabiiy sharoitlarda, laboratoriya kuzatishlari esa sun’iy, ya’ni, oldindan yaratilgan sharoitlarda o‘tkaziladi. Olib borish muntazamligiga ko‘ra kuzatishlar tizimli (ma’lum vaqt davomida obyektni o‘rganish uchun ishlab chiqilgan reja bo‘yicha) va tizimsiz (noma’lum vaqt davomida rejaga asoslanmagan) bo‘ladi. O‘rganilayotgan hodisaning o‘tkazilish davomiyligi, vazifalari va ko‘lamiga ko‘ra kuzatishlar qisqa vaqtli (farazlarni ifodalash yoki boshqa metodlar yordamida olingan ma’lumotlarni nazorat qilish va to‘ldirish uchun tadqiqotning boshlang‘ich bosqichida o‘tkaziladi) va uzoq oylar va yillar davomida keng ko‘lamli yoki murakkab tuzilmali ijtimoiy jarayonlarning kechishini kuzatishga xizmat qiluvchi uzoq vaqtli kuzatishlarga bo‘linadi.
E’tibpringiz uchun rahmat.
|
| |