Savol va topshiriqlar.
1. Bir xil rangli zalivkalar
2. Однотонная заливка (Uniform Fill) dialog oynasi
3. Цвет (Color)paneli va Градиентные заливки(Fountain Fill) oynasi
4. Декоративные заливки oynasi
5. Двухцветные декоративные заливки oynasi
6. Полноцветные векторные и точечные заливки oynasi
7. Текстурные заливки oynasi
8. PostScript - заливки oynasi
9. Инструмент Интерактивная заливка (Interactive Fill) oynasi
10. Параметры обводки (Outline Pen) oynasi
11. Bitta obyektning parametrlarini boshqa obyektga o`tkazish.
7. Amaliy mashg`ulot ishi
Mavzu: Vektorli grafika bilan ishlash vositalari
Maqsad: Corel DRAWda ishlashni o`rgatish.
Texnik va dasturiy vosita: Komyuter, videoproyektor, Plakatlar, Windows 7 OS va CorelDRAW dasturi
Amaliy mashg`ulot ishi bayoni.
1. Corel Draw dasturining asosiy texnologik prinsipi - bu obyektlar bilan ishlash. Obyekt deb-ustida har xil ishlarni bajarish imkonini beruvchi tushunchaga aytiladi. Foydalanuvchi obyektlar ishlash jarayonida ular ustida har ishlarni bajarishga to`g’ri keladi.
Obyektlar bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin:
A) Belgilash
B) O`chirish
V) Nusxa olish va nusxani qo`yish.
G) Bir nechta obyektlarni belgilash.
D) Kattalashtirish va kichraytirish.
E) Obyektni siljitish.
J) Belgilashni olib tashlash.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan ishlarni bajarishning bir nechta usullari mavjud. Biz faqat bittasida to`xtalib o`tamiz.
Obyektlarni yaratish uchun ekranning chap burchagida joylashgan «Uskunalar paneli»dan foydalaniladi.
«Uskunalar majmuasi»
1-rasm.
Hujjatga qo`yilgan obyektni belgilash uchun shu obyekt ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugmasi bir marta bosiladi. Natijada obyekt belgilanadi. Ya’ni 1-rasmda ko`rsatilganidek 8ta markerga olinadi. Bu usul yordamida ixtiyoriy obyektlarni belgilash mumkin.
Shu joyda bir narsani eslatib o`tish joizki, kerak bo`lsa boshqa dasturlardan ham obyektlarni qo`yish mumkin.
Belgilangan obyektni o`chirish uchun esa klaviaturada «Delete» tugmasi bosiladi. Natijada shu rasm o`chadi.
Belgilangan obyektdan nusxa olish uchun esa Edit-Copy amallari bajariladi. Natijada shu obyektdan nusxa olinadi.
Nusxasini qo`yish uchun esa Edit-Paste amallari bajariladi.
Yoki belgilangan obyektdan boshqa usul yordamida ham nusxa olish mumkin, ya’ni Edit-Dublikate amallari bajarilsa kifoya.
Bir nechta obyektlarni birlashtirish ya’ni gruppalash uchun, avvalam bor, bu obyektlar belgilanadi. Hamma obyektlarni belgilash uchun klaviaturada Shift tugmasi bosiq turilgan holda obyektlar birma-bir belgilanib chiqiladi. (Yuqoridagi ko`rsatib o`tilgan usul yordamida).
|