Namangan davlat universiteti




Download 0.5 Mb.
bet7/34
Sana01.08.2021
Hajmi0.5 Mb.
#16692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Biologik xususiyatlari. O’sish va rivojlanishi. Soya o’sish va rivojlanishiga qarab ertapishar vegetatsiya (o’sish) davri 90-100 kun, o’rtapishar 110-120 va kechpishar 130-140 kunli navlarga bo’linadi.

Vegetatsiya davrida quyidagi o’sish va rivojlanish fazalarini o’taydi: unib chiqish, shonalash, g’ujlanish, gullash va pishish.

Soya doni bo’rtishi va unib chiqishi uchun quruq vazniga nisbatan 130-160% suv talab qiladi. Doni bo’rtgandan keyin 2-3 kun o’tgach murtaklari rivojlanib, murtak ildizchalari va murtak poyacha (urug’ palla poyasi) o’sa boshlaydi. Murtak poyacha tuproq yuzasiga 2 ta urug’ palla bargchalari bilan unib chiqadi. Bu unib chiqish fazasi, urug’ ekilgandan 7-8 kundan so’ng ro’y beradi. Dastlabki bir xafta mobaynida murtak ildizcha va urug’ palla poyachasi urug’ xisobiga oziqlanib o’sadi.

Soya boshlang’ich vegetatsiya davrida sekin rivojlanadi. Unib chiqqandan keyin 20-25 kun mobaynida 15-20 sm uzunlikkacha o’sadi. Birinchi uch qo’shaloq barg, unib chiqqandan 5-7 kundan so’ng xosil bo’ladi, keyingi barglar o’z navbatida 4-6 kunda paydo bo’laveradi[14].

Gullash fazasi naviga, turli iqlim sharoitiga va ekish muddatiga qarab, to’liq unib chiqqandan keyin 35-40 kunda boshlanadi. O’simliklarda gullash boshlanishi bilan intensiv o’sish ham boshlanadi. Gullash birinchi bo’lib poyaning pastki asosiy shoxlarida boshlanadi va yuqoriga qarab ochilib boradi. Meva tugish (dukkak xosil qilish) va pishish fazalari ham xuddi shunday tartibda ro’y beradi. Gullashdan to dukkaklari yetilib pishgo’ngacha 40-60 kun o’tadi. Doni 15-20 kundan so’ng to’liq pishib yetiladi.



Download 0.5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Download 0.5 Mb.