• Namga talabi
  • Namangan davlat universiteti




    Download 0.5 Mb.
    bet8/34
    Sana01.08.2021
    Hajmi0.5 Mb.
    #16692
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
    Issiq xaroratga talabi. Soya issiqsevar o’simlik, urug’ yerga ekilgandan keyin, uning unib chiqishi, gullashi va pishishi uchun zarur shart-sharoitlardan biri bu xaroratdir[14].

    Olimlarning ma’lumotlariga ko’ra erta pishar navlarining pishib yetilishi uchun 1800-20000C, o’rtapishar navlar uchun 2600-28000C va kechpishar navlar uchun 3000-32000C xarorat lozimdir. Urug’ining unib chiqishi uchun minimal xarorat 80C, 12-140C da urug’lar bir tekis, kiyg’os unib chiqadi. Soyaning issiqqa bo’lgan talabi, unib chiqqandan pishish fazasi boshlanguncha oshib boradi. Masalan, ekilgandan unib chiqqungacha bo’lgan davrga qaraganda gullash davrida xaroratni ko’proq talab qiladi yoki gullashdan ko’ra meva xosil qilish fazasida issiqlik ko’proq kerakdir. Faqatgina pishish fazasida xaroratni nisbatan kamroq talab qiladi.



    Namga talabi. Donli va dukkakli ekinlar ichida soya suvga nisbatan talabchandir. Soyadan yuqori xosil olish uchun uning namga bo’lgan talabini to’liq qondirish kerak. Bir gektar yerga ekilgan soya vegetatsiya davrida 3200 m3 dan 5500 m gacha suv sarflaydi[12].

    Uning transpiratsiya koeffitsenti yetishtiriladigan sharoitga qarab 400 dan 600 gacha o’zgarib turadi. Don-dukkakli ekinlar ichida birgina soya, namga nisbatan yuqori bo’lgan xollarda ham o’sa oladi. Lekin butun vegitatsiya davomida suvni bir xil ko’p talab qilavermaydi. Olimlarning fikricha suvga bo’lgan talabi urug’ning bo’rtish, unib chiqish uchun quruq vazniga nisbatan 130-160% suv ko’p talab qiladi yoki shuncha suvni o’ziga singdirib oladi. Vegetatsiyaning boshlang’ich fazalarida unib chiqish, birinchi uch qo’shaloq barg chiqarish va g’ujlanish vaqtida soya suvni kamroq talab qiladi. Gullash boshlanishi bilan suvga bo’lgan talabi keskin ortadi. Gullash, dukkak xosil bo’lish, dukkaklarni to’lishish fazalarida butun vegetatsiya davrida sarf bo’ladigan suvning 60-70% foydalaniladi. Shuning uchun gullash va dukkak xosil qilish davrida o’simlikning suvga bo’lgan talabi qondirilmasa, xosil keskin kamayadi[7].





    Download 0.5 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




    Download 0.5 Mb.