• AHAMIYATI A.A.Qosimov, S.B. Axmadjanov, Sh.E. Boltaboyev Namangan muhandislik-texnologiya instituti Annotatsiya.
  • Kalit sozlar
  • Namangan Institute of Engineering and Technology




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet316/693
    Sana13.05.2024
    Hajmi15,56 Mb.
    #228860
    1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   693
    Bog'liq
    Тўплам

    Namangan Institute of Engineering and Technology 
    nammti.uz 
    10.25.2023
    Pg.293 
    ENERGIYA RESURSLARIDAN FOYDALANISHDA XALQARO ISO 50001 STANDARTINING 
    AHAMIYATI 
     
    A.A.Qosimov, S.B. Axmadjanov, Sh.E. Boltaboyev
     
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti
     
    Annotatsiya. Ushbu maqolada energiya resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligini 
    oshirish resurslari va mamlakat iqtisodiyotini jadallashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, 
    Xalqaro ISO 50001 standarti asosida energiyani tejovchi rivojlanish yo'li, hamda amalga oshirish 
    usullaridan biri “O`zbekistonning energiya strategiyasi”da belgilangan vazifalarni bajarishda nazorat 
    o`tkazishning ahamiyati tadqiq etilgan.
    Kalit so'zlar: Elektr energiyasi, energiya tejash, energiyani standartlashtirish, standart, 
    energiya boshqarish tizimmi. 
    Qayd etilishicha, yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf 
    etish va oldini olish, ulardan samarali va oqilona foydalanish orqali iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy 
    sohaning energiya samaradorligini oshirish, iste’molchilar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy 
    gazdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Energetika 
    vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish 
    inspeksiyasi (O‘zenergoinspeksiya) tashkil etilgan. O‘zenergoinspeksiyaning Davlat budjeti 
    hisobidan moliyalashtiriladigan jami boshqaruv shtat birliklari soni 357 ta, shu jumladan, 
    O‘zenergoinspeksiya boshlig‘i o‘rinbosarlarining soni 2 nafar etib belgilangan.
    Yoqilg‘i-energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash va bu boradagi 
    jarayonlarni raqamlashtirish maqsadida mavjud elektr va gaz tarmoqlari hamda qurilmalarining 
    yuklamasi belgilangan me’yordan oshgan taqdirda, ularga yangi iste’molchilarni ulash qat’iyan 
    taqiqlanadi.
    2023 yil 1 martdan boshlab nazorat tadbirlarini amalga oshirishda tafovutlarni aniqlash 
    maqsadida O‘zenergoinspeksiyaga «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ, «Hududgazta’minot» AJ, 
    «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ, «O‘ztransgaz» AJlarning elektr energiyasi va tabiiy gazni 
    nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlaridagi yoqilg‘i-energiya resurslari 
    iste’moli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni monitoring qilish imkoniyati yaratiladi. 
    2023 yil 1 iyuldan boshlab yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan elektr 
    energiyasi hamda tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar elektr va gaz ta’minoti 
    korxonalarining dasturiy ta’minoti yoxud «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi orqali elektron 
    raqamli imzodan foydalangan holda tuziladi[1]: 
    Sohadagi huquqiy tartibga solish ob'ektlari va sub'ektlari ishini muvofiqlashtirish qoida 
    tariqasida ular ko'pincha haqiqiy faoliyat yurituvchi tashkiliy tuzilmalarning yo'qligi sababli amalga 
    oshirilmoqda.
    ISO 50001: 2011 tashkilotlarga quyidagilarni bajarishda imkonyat yaratib beradi: 
    − energiyadan samaraliroq foydalanish siyosatini ishlab chiqish; 
    − ushbu siyosatni amalga oshirish bo‘yicha maqsadlarni belgilash; 
    - energiya iste'moli bo'yicha qarorlarni amalga oshirish uchun mavjud ma'lumotlardan 
    yaxshiroq foydalanish; 
    − natijalarni o‘lchash; 
    − siyosat samaradorligini baholash; 
    − energiyani boshqarish tizimini doimiy ravishda takomillashtirish. 
    Tashkilotlarning joriy boshqaruv amaliyoti ISO 50001 ning asosiy maqsadi energiya 
    samaradorligini integratsiya qilishdir. 



    Download 15,56 Mb.
    1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   693




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan Institute of Engineering and Technology

    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish