Namangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.398
o
nisbatan ishonchliligi pastroq.
Lekin, integral sxemalarning tezkor rivoji natijasida yuqoridagi kamchiliklar
tobora chekinib
bormoqda. Raqamli o’lchash asbobining asosi bo’lib ARO’ hisoblanadi. Unda ma’lumot
diskretlashtiriladi, so’ngra kvantlanib kodlanadi. Diskretlashtirish - bu muayyan (juda qisqa) diskret
vaqt oralig’ida qaydnomalarni olishdir. Odatda, diskretlash qadamini doimiy qilishga harakat
qilinadi. Kvantlash esa, X(t) kattaligining uzluksiz qiymatlarini Xn diskret qiymatlarning to’plami bilan
almashtirish hisoblanadi. Kattalikning uzluksiz qiymatlari muayyan
tartiblar asosida kvantlash
darajalarining qiymatlari bilan almashtiriladi. Kodlashtirish esa, muayyan ketmaketlikda ifodalangan
sonli qiymatlarni tavsiya etishdan iborat. Diskretlashtirish va kvantlash raqamli o’lchash asbobining
asosiy xatolik manbalari hisoblanadi. Bundan tashqari, kvantlash darajalarining soni ham o’ziga
yarasha xatoliklar kiritadi. Suyuq kristalli indikatorlarning tezkor rivoji raqamli o’lchash asboblarining
ixchamlashuviga, energiya sarfining kamayishiga zamin yaratmoqda.
Raqamli o’lchash asboblari tarkibida mikroprotsessorni qo’llash o’lchash
jarayonini
soddalashtiradi, ularni qiyoslashni va kalibrlashni avtomatlashtiradi, o’lchash
natijalariga
(axborotiga) statistik ishlov beradi va asboblarning metrologik xarakteristikalarini yaxshilaydi(2-
rasm).