• Namangan Institute of Engineering and Technology nammti.uz
  • DASTURLASHDA OB’EKTLAR VA MUNOSABATLAR. DASTURIY VOSITALARNING ISHLAB CHIQILISHIGA OB’EKTLI YONDOSHUVNING MOHIYATI R.G.Raximov
  • Kalit so‘zlar
  • Foydalanilgan adabiyotlar




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet524/693
    Sana13.05.2024
    Hajmi15,56 Mb.
    #228860
    1   ...   520   521   522   523   524   525   526   527   ...   693
    Bog'liq
    Тўплам

    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1.
    Б.Я. Советов Информационная технология. М.,Вусшая школа,1994 г. 
    2.
    Руководство по IBM Micrоsоft windоws 1994 г. 
    3.
    М. Кирмайер Мултимедия Пер.с нем. СПб.ВНV- Санк-Петербург, 1994 г. 


    Namangan Institute of Engineering and Technology 
    nammti.uz 
    10.25.2023
    Pg.484 
    4.
    Д. Гукин IBM совместимый персоналный Компьютер. М.,Мир,1993 г. 
    5.
    В.Э. Фигурнов IBM PC для пользователя. М.,Инфра-М.,1995 г.
    DASTURLASHDA OB’EKTLAR VA MUNOSABATLAR. DASTURIY VOSITALARNING ISHLAB
    CHIQILISHIGA OB’EKTLI YONDOSHUVNING MOHIYATI 
     
    R.G.Raximov 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 
     
    Annotatsiya. Bir o‘rinda ularni muayyan ob’ektlarning ayrim xususiyatlari haqidagi axborot 
    olish yoki modelli olamning ayrim ob’ektlari o‘rtasidagi qandaydir natijalar qiziqtirib qolishi mumkin. 
    Bunday talablarni qondirish maqsadida foydalanuvchilarni qiziqtirgan funksiyalarni bajaruvchi 
    tegishli DV lar yoki foydalanuvchilarni qiziqtirgan munosabatlar haqidagi axborotni chiqarib bera 
    oladigan axborot tizimlari ishlab chiqiladi.
    Kalit so‘zlar: dastutlash, ob’ekt, model, munosabat, xususiyat, funksiya, munosabat,
    dekompozitsiyasi. 
     
    Bizni o‘rab turgan olam ob’ektlar hamda ular o‘rtasidagi munosabatlardan iborat. V.Dal 
    lug‘atiga ko‘ra ob’ekt (predmet) bu his-tuyg‘u vositasida yoki aqlan idrok etiladigan barcha 
    narsalardir (ya’ni moddiy ob’ekt yoki aqliy ob’ekt). Shunday qilib, ob’ekt o‘zida biron-bir mohiyatni 
    aks ettiradi hamda vaqt o‘tishi bilan o‘zi bilan biron-bir munosabatlarga kirishgan boshqa bir ob’ekt 
    ta’sirida o‘zgarishi mumkin bo‘lgan qandaydir holatga ega bo‘ladi. U ichki tuzilishga ega bo‘lishi, 
    ya’ni, aytaylik, o‘zlari ham o‘zaro qandaydir munosabatlarga kirishgan boshqa ob’ektlardan tashkil 
    topishi mumkin. Bundan kelib chiqqan holda, dunyoning ob’ektlardan iborat tabaqaviy tuzilishini 
    qurib chiqish mumkin. Biroq, bizni o‘rab turgan olamni har gal konkret ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, 
    ayrim ob’ektlar bo‘linmas bo‘lib chiqadi, bunda ko‘rib chiqish maqsadlari bilan bog‘liq holda bunday 
    (bo‘linmas) ob’ektlar tabaqaning turli darajalariga mansub bo‘lishi mumkin. Munosabat ayrim 
    ob’ektlarni bog‘laydi: bu ob’ektlarning o‘zaro bog‘lanishi biron-bir xususiyatga ega deb hisoblash 
    mumkin. Agar munosabat n ta ob’ektni bog‘layotgan bo‘lsa, bu holda bunday munosabat n o‘rinli 
    (n-li) deb ataladi. Biron-bir konkret munosabat bilan bog‘lanishi mumkin bo‘lgan ob’ektlarning 
    birlashgan har bitta o‘rinda turli ob’ektlar (biroq aniq ob’ektlar) mavjud bo‘lishi mumkin (bunday 
    hollarda ular ma’lum sinfga mansub ob’ektlar deb ataladi). Bir o‘rinli munosabat ob’ektning oddiy 
    xususiyati deb ataladi. Ob’ektlarning ko‘p o‘rinli munosabatlarini ob’ektning assotsiatsiyali 
    xususiyati (agar ushbu ob’ekt ushbu munosabatda ishtirok etsa) deb ataymiz. Ob’ektning holati 
    ushbu ob’ektning oddiy yoki assotsiatsiyali xususiyatlarining ma’nolari (qiymatlari) ga ko‘ra 
    o‘rganilishi mumkin. Biron-bir umumiy xususiyatlarga ega bo‘lgan barcha ob’ektlar to‘plami 
    ob’ektlar sinfi deb ataladi. 
    Bizni o‘ragan olamni idrok etish yoki o‘zgartirish jarayonida biz hamma vaqt ushbu olamning 
    u yoki bu soddalashtirilgan modelini olib qaraymiz hamda unga bizni o‘ragan olamdan o‘zimizni 
    qiziqtirgan biron-bir sinflarning ob’ektlari va munosabatlarini kiritamiz.
    Ichki tuzilishga ega bo‘lgan har bir ob’ekt o‘zining modelli olamidan iborat bo‘lib, ushbu 
    tuzilmaning ob’ektlari va ularni bog‘lab turgan munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, atrof 
    olamni modelli olamlarning tabaqaviy tuzilmasi (aniqrog‘i, shunga yaqinroq) sifatida olib qarash 
    mumkin. 
    Hozirgi paytda bizni o‘rab turgan olamni idrok etish yoki o‘zgartirish jarayonida turli xildagi 
    axborotni ishlash uchun kompyuter texnikasi keng qo‘llanadi. Buning bilan bog‘liq holda ob’ektlar 
    va munosabatlarning kompyuter (axborotli) taqdimoti qo‘llanadi. Har bir ob’ekt axboriy jihatdan 
    ushbu ob’ektning holatini aks ettiruvchi biron-bir tuzilma vositasida taqdim etilishi mumkin. Bu 



    Download 15,56 Mb.
    1   ...   520   521   522   523   524   525   526   527   ...   693




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish