|
Namangan Institute of Engineering and Technology Pdf ko'rish
|
bet | 526/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq ТўпламNamangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.486
Bundan tashqari, modelli olam bilan foydalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar
xususiyatlarining kompyuterda taqdim etilish usulidan kelib chiqib, passiv va aktiv ob’ektlarni ham
farqlash mumkin. Passiv ob’ekt muayyan turga mansub turli ma’lumotlarni saqlay oladigan (bu
ma’lumotlar ushbu ob’ektning turli holatlarini bildiradi) hamda biron-bir operatsiyalar to‘plamining
bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan axborot muhitining biron-bir fragmenti (qismi)dan iboratdir. Bunday
ob’ektga nisbatan qo‘llanadigan operatsiyalar tashqi aktiv kuch ta’sirida amalga oshirilib, bu kuch yo
foydalanuvchidan, yoki biron-bir dasturiy fragmentni bajarish jarayonida mana shu fragmentdan
keladi. Aktiv ob’ekt bu passiv ob’ektning shunday kengaytirilgan ko‘rinishiki, unda axboriy muhit
fragmenti bajarilish jarayonida (aktiv holatda) tura oladigan dasturiy fragmentlarni ham saqlay olishi
mumkin. Biron-bir dasturiy fragmentlari aktiv holatda turgan aktiv ob’ekt o‘zi joylashtirilgan
operatsiya muhitidan xabarlar yoki signallarni qabul qilib olish hamda ushbu xabarlar va signallarga
javob tariqasida biron-bir operatsiyalarni mustaqil bajarish imkoniyatiga ega. Shunday qilib, aktiv
ob’ekt ichki aktiv kuchga ega deb hisoblash mumkin.
DV ishlanmasiga ob’ektli yo‘naltirilgan yondoshuv haqida gap borganda, modelli olam
ob’ektlariga tavsif berishga hamda ularning axborot modellarini tuzishga yo‘naltirilgan yondoshuv
nazarda tutiladi. Bunda DV ishlanmasining ko‘pchilik jarayonlari o‘ziga xos («ob’ektli») xususiyatlar
kasb etadiki, ular quyidagilardan iborat:
-ob’ektlar va ularning sinflarini tavsiflash imkonini beradigan tushunchalar tizimidan
foydalanish,
-ob’ektlar dekompozitsiyasi DVni soddalashtirishning asosiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi,
-ishlab chiqish jarayonlarini soddalashtirish uchun dasturdan tashqari abstraktsiyalar
qo‘llanadi,
-funksiyalarning ishga tushirilishidan ko‘ra ma’lumotlar tuzilmasini ishlab chiqishga etakchi
o‘rin berish.
DV ni ishlab chiqishdagi o‘ziga xos xususiyatlarning asosiylarini sharsharaviy texnologiya
modeli doirasida ko‘rib chiqamiz.
|
| |