Namangan Institute of Engineering and Technology




Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet525/693
Sana13.05.2024
Hajmi15,56 Mb.
#228860
1   ...   521   522   523   524   525   526   527   528   ...   693
Bog'liq
Тўплам

Namangan Institute of Engineering and Technology 
nammti.uz 
10.25.2023
Pg.485 
ob’ektning oddiy xususiyatlari bevosita ushbu tuzilmaning alohida komponentlari (tarkibiy qismlari) 
ko‘rinishida yoki ushbu ma’lumotlar tuzilmasi ustidagi maxsus funksiyalar vositasida berilishi 
mumkin. Assotsiatsiyali munosabatlar (n>1 uchun n o‘rinli munosabatlar) ni yo aktiv (faol) shaklda 
yoki passiv shaklda taqdim etish mumkin. Aktiv shaklda n o‘rinli munosabat biron-bir dasturiy 
fragment (qism) ko‘rinishiga ega bo‘lib, u yo n o‘rinli funksiyani (tegishli ob’ektlar birlashmasi 
xususiyatining qiymatini belgilaydigan funksiyani), yoki taqdim etilayotgan munosabatlar vositasida 
bog‘lanayotgan ob’ektlarning holati bo‘yicha ushbu ob’ektlarning ayrimlarining holatlarini 
o‘zgartiradigan protsedura (amal) ni ishga soladi. Passiv shakldagi bunday munosabat konkret 
(muayyan, aniq) munosabatlarga bog‘liq bo‘lmagan umumiy protseduralar bo‘yicha qabul qilingan 
bitimlar asosida talqin etiladigan biron-bir ma’lumotlar tuzilmasi ko‘rinishiga ega bo‘lishi mumkin. 
Qanday holatda bo‘lmasin, munosabat taqdimoti ma’lumotlarni ishlash bo‘yicha biron-bir xatti-
harakatlarni belgilaydi. 
Modelli olamni tadqiq etishda foydalanuvchilar kompyuterdan axborotni turlicha yo‘llar bilan 
olishlari (yoki olishni xohlashlari) mumkin. 
Bir o‘rinda ularni muayyan ob’ektlarning ayrim xususiyatlari haqidagi axborot olish yoki 
modelli olamning ayrim ob’ektlari o‘rtasidagi qandaydir natijalar qiziqtirib qolishi mumkin. Bunday 
talablarni qondirish maqsadida foydalanuvchilarni qiziqtirgan funksiyalarni bajaruvchi tegishli DV lar 
yoki foydalanuvchilarni qiziqtirgan munosabatlar haqidagi axborotni chiqarib bera oladigan axborot 
tizimlari ishlab chiqiladi. Kompyuter texnikasi taraqqiyotining boshlang‘ich davrida (kompyuterlar 
quvvati hali uncha yuqori bo‘lmagan paytda) modelli olamga bunday yondoshuv tabiiy bir hol edi. 
Aynan shunday yondoshuv DV ning ishlab chiqilishiga avvalgi ma’ruzalarda batafsil ko‘rib chiqilgan 
funksional (relyativ) yondoshuvni keltirib chiqardi. Bu yondoshuvning mohiyati shundaki, DV (shu 
hisobda dastur matnlari) tuzilishining tavsifi va qurilishi uchun muntazam ravishda funksiya 
(munosabat) dekompozitsiyasidan foydalaniladi. Bunda buyurtma berilayotgan va amalga 
oshirilayotgan funksiyalar yuklangan modelli olam ob’ektlarining o‘zlari alohida qismlarda (ya’ni 
ushbu funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan xajmda) hamda ushbu funksiyalarni amalga 
oshirish uchun qulay shaklda taqdim etilgan. Shu yo‘l bilan talabdagi funksiyalarning samarali 
bajarilishiga erishilgan, biroq foydalanuvchini qiziqtirgan modelli olamning yaxlit va adekvat 
kompyuter ko‘rinishi yaratilmagan. Ushbu modelli olam haqida DV dan olish mumkin bo‘lgan 
axborot xajmini va ko‘rinishini ozgina kengaytirishga urinish ham DV ning o‘zida jiddiy yangiliklar 
kiritishni talab qilishi mumkin edi. 
Boshqa o‘rinlarda foydalanuvchini modelli olam ob’ektlari holatlarining o‘zgarishi ustidan 
kuzatish olib borish qiziqtirishi mumkin. Bu esa bunday ob’ektlarning tegishli axborot modellaridan 
foydalanishni, modelli olam ob’ektlarining o‘zaro muloqot jarayonlarini modellashtiradigan dasturiy 
vositalarning yaratilishini, foydalanuvchiga ushbu axborot modellari (foydalanuvchilik ob’ektlari)ga 
kirish huquqining berilishini talab qiladi. Ishlab chiqishning an’anaviy usullaridan foydalanib bu ishni 
bajarish ancha qiyin masala edi. Bu masalani to‘laroq hal qilishda DV ishlanmasiga ob’ektli 
yondoshuv ko‘proq qo‘l keladi. Uning mohiyati DV ning tavsifi va tuzilishida ob’ektlar 
dekompozitsiyasidan muttasil ravishda foydalanishdan iborat. Bunda ushbu DV bajarayotgan 
funksiyalar (munosabatlar) boshqa darajalar ob’ektlarining munosabatlari orqali ifodalanadi, ya’ni 
ularning dekompozitsiyasi ob’ektlar dekompozitsiyasiga ko‘p darajada bog‘liq bo‘ladi. 
DV ishlab chiquchilarining nuqtai nazaridan kelib chiqsak, ob’ektlar (hamda ularning 
sinflari)ning quyidagi kategoriyalarini farqlash lozim: 
-modelli (moddiy yoki aqliy) olam ob’ektlari, 
-real olam ob’ektlarining axboriy (ya’ni axborot beruvchi) modellari (ularni foydalanuvchilik 
ob’ektlari deb ataymiz), 
-dasturlarning bajarilish jarayoni ob’ektlari, 
-DV ni ishlab chiqish jarayoni ob’ektlari (texnologik dasturlash ob’ektlari). 



Download 15,56 Mb.
1   ...   521   522   523   524   525   526   527   528   ...   693




Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan Institute of Engineering and Technology

Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish