C
н
С
р
С
i
α
н
α
1
С
ср
α
2
К
Δt
Ԛ ккал/нм3 Δα
вп
0,9 1,4
1
15,8
19,908
0,85
16,9218
10,15868
297,5
67,16016
0,15
1,6 1,4
1
15,8
35,392
0,85
30,0832
17,90307
297,5
118,3592
0,15
Namangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.45
1.
Teplogeneriruyushie ustanovki: Ucheb. dlya vuzov. G. N. Delyagin, V. I. Lebedev, B. A.
Permyakov. M.: Stroyizdat, 1986.
2.
T.S.Dobryakov V.K. Migay V.N. Nazarenko I.I. Nadirov I.I.Fyodorov “Vozduxopodogrevateli
kotelnix ustanovok” Energiya 1977 g.
3.
V.K.Migay i drugie “Regenerativnie vrashayushiesya vozduxopodogrevateli” Energiya
.1971g 13-130 st
4.
Regenerativniy vrashayushiy vozduxopodogrevatel' RVP-68M instruktsiya po ekspluatatsii
08.0302.3580 I
ELEKTR TA’MINOTI TIZIMLARIDA KUCHLANISH NOSIMMETRIYASI HOSIL BO‘LISH
SABABLARI
I.Z.Ibroximov, A.A.Rasulov
Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada tok va kuchlanishlarning nosimmetrik holatlari va turlari,
ularning hosil bo‘lish sabablari hamda oqibatlari, Gost bo‘yicha meyyoriy talablar keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘z: kuchlanish nosimmetruyasi, kuchlanish nosimmetriyasini teskari ketma-ketlik
koeffitsienti, kuchlanish nosimmetriyasini nol ketma-ketlik koeffitsienti.
Bugungi kunda sanoat ishlab chiqarish va aholi sonining keskin ortib borishi natijasida elektr
energiyasiga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Iste’molchilarga sifatli va uzluksiz elektr energiya
yetkazib berish va shu jarayonda qo‘shimcha quvvat yo‘qotishlarini oldini olish bugungi kunda
dolzarb hisoblanadi. Elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichi hisoblangan kuchlanishlar
nosimmetriyasining darajasining ortishi qo‘shimcha quvvat yo‘qotilishiga olib keladi. Uch fazali
tizimda kuchlanish va toklarning nosimmetriyasi elektr energiya sifatining eng muhim
ko‘rsatkichlaridan biridir. Kuchlanish va toklar nosimmetriyasining paydo bo‘lishini asosiy sababi –
elektr ta’minoti tizimining nosimmetrik ish rejimlaridir. Elektr ta’minoti tizimida har xil turdagi bir
fazali katta quvvatli elektr termik qurilmalarini keng qo‘llanilishi va uch fazali elektr yoy pechlari
nosimmetrik yuklamalarning ulushini sezilarli oshishiga olib kelmoqda.
Nosimmetriya qisqa va uzoq muddatli nosimmetriyaga bo‘linadi. Qisqa muddatli
nosimmetriya ko‘pincha elektr tarmoqlaridagi qisqa tutashuv, simlarning uzilishi va yer bilan
tutashuvi, bir fazali A.Q.U. da fazaning o‘chishi kabi avariya jarayonlari bilan bog‘langan. Uzoq
muddatli nosimmetriya elektr tarmog‘i elementlarida nosimmetriyaning bo‘lishi yoki elektr
ta’minoti tizimiga nosimmetriyali elektr iste’molchilarining ulanishidan yuzaga keladi. Ushbu
iste’molchilar qatoriga yoritish uskunalari, bir fazali elektr payvandlash qurilmalari, yoyli po‘lat
eritish pechlari, elektr shlakli qayta eritish qurilmalari, o‘zgaruvchan tokli elektr yuritgichlar kiradi.
Fazada nosimmetriyali yuklamaning bo‘lishi teskari va nol ketma-ketlik toklarini yuzaga keltiradi.
Ushbu toklar tarmoq elementlaridan oqib, tegishli teskari va nol ketma-ketlik kuchlanishning
pasayishini yuzaga keltiradi va to‘g‘ri ketma-ketlik sanoat chastotasida qo‘shilib, tarmoq
nosimmetriyasiga olib keladi.
|