Namangan muhandislik qurilish instituti mehnat muhofazasi va ekologiya kafedrasi




Download 0,75 Mb.
bet7/11
Sana07.09.2024
Hajmi0,75 Mb.
#270544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ekologiya uslubiy ko\'rsatma

Ishning qisqacha mazmuni:

  1. Mikroiqlimning asosiy kattaliklari va meteorologik omillarning kishi organizmiga ta’siri bilan tanishish;

  2. Mikroiqlim kattaliklari – shamol tezligini, havo harorati, namligini, shudring nuqtasini, balandlik qiymatlarini, yorug'lik va atmosfera bosimi kattaliklarini o’lchash usullarini o’rganish;

  3. Tajriba sharoitida ish joylaridagi mikroiqlim kattaliklaridan havoning harorati va nisbiy namlikni o’lchash, shamol tezligini va topilgan kattaliklarni sanitariya hamda standart me’yorlari bilan taqqoslash.

Ishlab chiqarish korxonalari va tajriba xonalarida turli kasb kasalliklari, baxtsiz hodisalar va turli ko’rinishdagi jarohatlanishlar yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biri xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilmaslik hisoblanadi.
Umumiy xavfsizlik texnikasi qoidalariga quyidagilar kiradi:
-har qanday ishni boshlashdan oldin xavfsizlik texnikasi qoidalari asosida yohriqnoma(instruktaj) olish shart;
-tajriba xonasiga ruxsatsiz kirish tahqiqlanadi;
-tajriba ishlarini bajarishda maxsus kiyimlar va himoya vositalaridan foydalanish kerak;
-zararli va zaharli, o’tkir hidli bug’lanuvchi moddalarni to’g’ridan-to’g’ri hidlash mumkin emas;
-elektr qurilmalaridan foydalanishdan avval elektr xavfsizligi qoidalarini bilish zarur;
-ish joylarida va tajriba xonalarida yong’in xavfsizligi tahminlangan bo’lishi zarur;
-ish joylarida va tajriba xonalarida birinchi tibbiy yordam uchun dorilar qutichasi bo’lishi zarur;
-har bir ishni shu ishga tegishli dastgoh yoki asboblar yordamida bajarish zarur;
-ish yakunida har bir ishlatilgan asbob-uskunalarni o’z joyiga qo’yib, elektr, gaz va suv tarmoqlari berkitib qo’yilishi zarur va hokazo.
Ishning me’yoriy sharoitini yaratishning asosiy talablaridan biri ish joyidagi meteorologik sharoitlarni yaxshilash hisoblanadi. Meteorologik sharoitlar ish joyining havo muhitini bildiradi.
Ishlab chiqarish sexlarining ish zonalaridagi havo muhiti quyidagi meteorologik ko’rsatkich(parametr)lar bilan harakterlanadi: havoning harorati, nisbiy namlik, havo harakatining tezligi va atmosfera bosimi. Bundan tashqari, sanitariya-gigienik sharoitlari issiqlik nurlanishining intensivligi va kishini qamrab turgan havo muhitidagi gazlar ko’lami sifati (havoning gazlar, bug’lar, changlar, ionlashganlik darajasi va boshqalar bilan ifloslanganligi)ga ham bog’liq.
Sexlarda ish unumdorligini oshirishda me’yoriy mikroiqlim sharoitlarini yaratish ham muhim rol o’ynaydi. Sexlarda mo’htadil(me’yoriy, qulay) sharoitlar sanitariya me’yorlari GOST 12.1.005-88 bilan belgilanadi.

Download 0,75 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan muhandislik qurilish instituti mehnat muhofazasi va ekologiya kafedrasi

Download 0,75 Mb.