|
Namangan muhandislik qurilish instituti mehnat muhofazasi va ekologiya kafedrasi
|
bet | 4/11 | Sana | 07.09.2024 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #270544 |
Bog'liq ekologiya uslubiy ko\'rsatma1-TAJRIBA MASHG’ULOTI
Mavzu: Sanoat korxonalaridagi mikroiqlim, harorat,nisbiy namlik, atmosfera bosimi, havo harakati tezligini o‘lchash
(Ko’p funksiyali anemometr GM8910)
Hayot faoliyati xavfsizligi fani asosan ishlab chiqarishda va barcha faoliyat turlari bo’yicha ishlovchiga salbiy ta’sir etuvchi zararli va xavfli omillarni, ularning inson organizmiga ko’rsatadigan ta’siri va ular ta’siridan yuzaga keladigan kasalliklar va jarohatlanishlarni o’rganadi. SHuning uchun ham fanning ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasi bo’limida ishchilarga qulay mehnat sharoitlarini yaratish uchun barcha omillar ko’rib chiqiladi.
|
Ish kategoriyasi
|
Harorat, oS
|
Nisbiy namlik me’yori %
|
Ruxsat etilgan chegaraviy me’yor
|
Harorat oS
|
Nisbiy namlik, %
|
Doimiy bo’lmagan ish joyida harorat, oS
|
Yilning sovuq va o’tish davri
|
Yengil-1
|
20-23
|
60-40
|
19-25
|
75
|
15-26
|
O’rta og’ir-II a
|
18-20
|
60-40
|
17-23
|
75
|
13-24
|
O’rta og’ir-II b
|
17-19
|
60-40
|
15-21
|
75
|
13-24
|
Og’ir-III
|
16-18
|
60-40
|
13-19
|
75
|
12-19
|
Yilning issiq davri
|
Engil-1
|
22-25
|
60-40
|
19-25
|
75
|
15-26
|
O’rta og’ir-II a
|
21-23
|
60-40
|
17-23
|
75
|
13-24
|
O’rta og’ir-II b
|
20-22
|
60-40
|
15-21
|
75
|
13-24
|
Og’ir-III
|
18-21
|
60-40
|
13-19
|
75
|
12-19
|
Ishlab chiqarish sanitariyasi ishlab chiqarish korxonalarida ishchi uchun ajratilgan xona va undagi ish o’rinlari o’zining me’yoriy holatida bo’lishi kerakligini talab etadi. SHunga binoan mikroiqlim parametrlari – atmosfera havosining harorati, nisbiy namligi, ҳавонинг harakat tezligi(shabada) va atmosfera bosimlari ishchining salomatligiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan omillar hisoblanib, ularni ham me’yorida bo’lishligini tahminlash lozim. Aynan shu maqsadda sanoat korxonalari va muassasalardagi mavjud har bir ish joyi hamda xonadagi mikroiqlim sharoitlari quyida ko’rsatilgan laboratoriya usullarida tekshirib, nazorat qilib borilishi kerak.
Tajriba ishlari
Ishdan maqsad: Ish joylaridagi va tajriba ishlarini o’tkazish bo’yicha umumiy xavfsizlik texnikasi qoidalarini tushunish va ish joylarida meteorologik sharoitlardan ish joyidagi shamol tezligini, havo harorati va namligini, shudring nuqtasini, balandlik qiymatlarini, shuningdek atmosfera bosimini nazorat qilish usullari hamda bunga kerakli asboblar bilan tanishish, ularni qabul qilingan sanitariya me’yorlari (GOST-12.1.005-88, SN-245-71, SN-006-96) talablari asosida baholashni o’rganish.
Qisqacha tushuncha: Meteorologik sharoitlar odatda ish joyidagi havoning harorati, nisbiy namligi, havoning harakat tezligi va atmosfera bosimi bilan belgilanadi. Bular uchun GOST va RECHMlar quyidagi 1-jadvalda berilgan:
2-jadval
Eslatma: Ish joyidagi harorat aqliy mehnat kishilarining ish joylari bo’yicha xonadagi pol sathidan =1200 mm, ya`ni 1,20 m balandlikdagi harorat, tik turib ishlovchilar ish joyidagi harorat esa = 1700÷2000 mm balandlikdagi harorat bo’yicha tekshiriladi. Ushbu tajriba ishlarini bajarish jarayonida olingan ma’lumotlar shu jadvalga solishtiriladi.
Kerakli jihoz va materiallar:
Anemometr (Hozirgi kunda mikroiqlim ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun asosan kompleks tekshirish uchun ishlatiladigan anemometrlardan foydalaniladi (-rasm)), shtativ, sekundomer, olingan natijalarni qayd etish uchun yozuv qog‘ozi.
5-rasm. Ko’pfunksiyali anemometr GM8910
|
| |