TAJRIBA ISHLARINI BAJARISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIK QOIDALARI




Download 0,75 Mb.
bet2/11
Sana07.09.2024
Hajmi0,75 Mb.
#270544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ekologiya uslubiy ko\'rsatma

TAJRIBA ISHLARINI BAJARISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIK QOIDALARI
Laboratoriya ishlarini bajarishda laboratoriya xonasidagi ish joylarida mehnat muhofazasi bo’yicha yo’l- yo’riqlardan o’tgandan keyingina talabalarga mustaqil mashg’ulotlarni bajarishga ruxsat etiladi. Yo’l- yo’riqlardan o’tganligi to’g’risida talaba va yo’l- yo’riqni o’tkazuvchi shaxs “yo’l- yo’riqdan o’tganligi to’g’risida qaydnoma daftari”ga qayd etilishi va imzolanishi shart .
Navbatdagi laboratoriya ishini bajarishda laboratoriya jihozlarni, asboblarni tuzilishi va ulardan foydalanish bilan tanishib, ishni bajarishga huquq beruvchi bilimlari bo’yicha nazoratdan o’tgandan keyingina kirishishi mumkin .
Laboratoriya qurilmasida ishlaganda quyidagi havfli va zararli ishlab chiqarish omillari vujudga kelishi mumkin: Elektr qurilmani yuqori kuchlanish bilan ta’minlanishi, havoning changlanishi, zaharli gazlarni ajralishi, to’g’ridan-to’g’ri tushuvchi yorug’lik bilan ko’zni ko’rishiga zararli ta’sir etishi, yuqori sathli shovqin , ochiq alanga va boshqalar .
Laboratoriya qurilmalari va laboratoriya xonasida xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini xavfsiz ko’rsatkichlariga keltirish uchun quyidagi himoya vositalarini ko’zda tutish lozim bo’ladi: nol o’tkazgich va elektr qurilmani avtomatik o’chirish , chang, gaz ajralib chiquvchi joylarni mahkam berkitish (germetizatsiyalash) va yong’inga qarshi kurash texnik vositalari, so’ruvchi umum havo almashtiruvchi shamolatgich, yorug’likdan himoya ekrani, tovushdan himoyalovchi (izolyatsiyalovchi) shovqin kamerasi.
Laboratoriya xonasida birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun dori quttisi (aptechka) bilan ta’minlangan (jihozlangan) bo’lishi, laboratoriya xonasining har 50 m2 maydoni hisobidan bitta o’t o’chirgich OU-5 bo’lishi lozim, xonaga avtomatik yong’in xabarchilari o’rnatilgan bo’lishi kerak.
Baxtsiz xodisa sodir bo’lganda o’quvchi jabrlangan kishiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishni bilishi va amalga oshirishi shart. Mehnat muhofazasi qoidalarini buzulganiga talaba javobgardir.

Download 0,75 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TAJRIBA ISHLARINI BAJARISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIK QOIDALARI

Download 0,75 Mb.