|
Namangan muhandislik qurilish instituti mehnat muhofazasi va ekologiya kafedrasi
|
bet | 10/11 | Sana | 07.09.2024 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #270544 |
Bog'liq ekologiya uslubiy ko\'rsatmaNazorat savollari:
Pilometr SJFC-200 tuzilishini tushuntirib bering.
Pilometr SJFC-200 ishlatish tartibini tushuntirib bering.
3. Zararli omillarni qanday usulda aniqlanadi?
3-TAJRIBA MASHG’ULOTI
Sanoat korxonalarining tashlamalar tarkibidagi gazlarni aniqlash.
Gazanalizator SKY2000-M4
Ishdan maqsad: Hozirgi ishlab chiqarish taraqqiy etgan davrda atmosfera havosiga chiqayotgan zaharli va zararli gazlar miqdori ortib borishini, bu gazlarning inson organizmiga ko’rsatayotgan zararli ta`sirlarini kuzatishni, ularning atmosferada, qolaversa, ishlab chiqarish xonalaridagi miqdorini aniqlashni, RECHMga nisbatan ko’p yoki ozligini solishtirib ko’rishni o’rganish.
Kerakli jihoz va materiallar:
Gaz analizator SKY2000-M4 ishlab chiqarishdagi havoga chiqayotgan zaharli moddalani aniqlaydi.
14-rasm. Gaz analizator SKY2000-M4 ning umumiy ko`rinishi.
Gaz analizatorning tuzilishi va ishlash printsip.
①— Havo kirishi
② — Havo chiqishi
③ — datchiklarning havo xonasi
④ — Ekran
⑤ — qo`shish
⑥ — ayirish
⑦ — menyu
⑧— ESC (chiqish)
⑨—yoqish/o`chirish (ON/OFF)
15-rasm Gaz analizator SKY2000-M4 ning funksiyalari
|
ON/OFF: qurilmani yoqish/o‘chirish uchun 3 soniya davomida uzoq bosiladi, tasdiqlash yoki ma’lumotlarni saqlash uchun qisqa bosiladi.
|
|
Menyu: aniqlash rejimida parametrlarni sozlash rejimiga va parametrga kirish uchun ushbu tugmani bosiladi. Sozlash rejimida kursorni siljitish uchun ushbu tugmani bosing.
|
|
Qo'shish: parametrlarni sozlash rejimida yuqoriga qarab elementlarni tanlash yoki qiymat qo'shish uchun uni qisqa bosiladi. Signal funktsiyasini tezda yoqish/o'chirish uchun 3 soniya davomida uzoq bosiladi.
|
|
Minus: parametrlarni sozlash rejimida elementlarni pastga qarab tanlash yoki qiymatni kamaytirish uchun uni qisqa bosiladi. Uzoq havo pompasini tezda yoqish/o'chirish uchun 3 soniya bosiladi.
|
|
Chiqish: parametrlarni sozlash rejimida oldingi menyuga qaytish uchun uni qisqa bosiladi. Gaz konsentratsiyasi birligini tez almashtirish uchun uzoq bosiladi.
|
|
| |