|
Namangan muhandislik-qurilish instituti
|
bet | 125/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahoratiOldingi eshik qulfi
Oldingi eshikning tashqi tomonidan qulf o‘rnatilgan. (2-rasm).
+ulf tashqi tomondan kalit bilan, ichki tomondan esa maxsus tugma yordamida qulflanadi. Eshik ochiq holda qulflash moslamasi ishlamaydi. +ulflash tugmasining holatidan qat’iy nazar, ichki tomondan eshikni, qulf yuritmasi dastasini ichkariga tortish bilan ochiladi.
2-rasm. Old eshik qulfi.
1-ilgak; 2-ichki qulf; 3-dastak; 4-kalit silindri; 5-tashqi dastak;
6-eshik ochilmasligini saqlagichi.
Oldingi eshikning oyna ko‘targichi 3-rasmda berilgan. Oyna ko‘targich richagli yuritmaga ega bo‘lib, uning mexanizmi eshikning ichki paneliga uchta vint yordamida mahkamlangan. Tushiriluvchi oyna richagli yuritmaga qotirilgan novning orqasiga o‘rnatilgan.
Eshik paneliga oldi va orqa oynani yo‘naltirgich mahkamlangan. Ularga oyna yon tomoni bilan kiradi. Tishli reduktor ko‘rinishidagi ko‘tarish mexanizmining yetakchi vali ko‘tarish dastasi bilan bog‘langan. Shu bilan birga ko‘tarish mexanizmining yetakchi vali oynani avtomatik ravishda ko‘tarib va tushiruvchi elektromotor-reduktor bilan bog‘langan.
3-rasm. Oldi eshikning oyna ko‘targichi
1-dastak; 2-ko‘targich (mexanizm); 3-oldi yo‘naltirgich; 4-orqa yo‘naltirgich; 5-kronshteyn; 6-zichlagich; 7-planka; 8-oyna; 9-eshik; 10-elektr yuritmali oyna ko‘targich;
11-eshik zichlagichi.
KERAKLI O‘QUV-JIHOZ, ASBOB-USKUNA VA ASHYOLAR:
Uslubiy qo‘llanma;
MATIZ avtomobili;
Ish stoli, kalitlar to‘plami;
Yuvish-tozalash vositalari va ashyolar;
Yong‘inni o‘chirish vositalari.
AVTOMOBILNING OLDINGI ESHIGINI +ISMLARGA AJRATISH VA YIg‘ISH TEXNOLOGIK JARAYONNING KETMA-KETLIGI
(MATIZ avtomobili misolida)
|
| |