|
Namangan muhandislik-qurilish instituti
|
bet | 124/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahorati35-AMALIY MASHG‘ULOT
«Avtomobillarning eshik va kopotlarini qismlarga sozlash»
MAQSAD: O‘quvchilar nazariy bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, avtomobilning oldingi eshigini qismlarga ajratish va yig‘ishda amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish.
MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:
KUZOV ESHIKLARI
Kuzov eshiklari ichki panellardan tashkil topgan. Eshiklarning yuqori qismi maxsus shakllangan po‘lat ramkalardan iborat. Eshik ilgaklari vintlar bilan kuzovning oldingi ustuniga mahkamlanadi. Ilgaklarning harakatlanuvchi qismlari eshikning oldingi ko‘ndalang yuzasidagi kuchaytirgichga nuqtali payvandlash yordamida mahkamlangan. Eshiklar ko‘tarib – tushirish mumkin bo‘lgan oyna bilan jihozlangan.
Har qaysi eshik ikkitadan ilgaklarga osilgan bo‘lib, ular ta’mirlash vaqtida eshiklarni kuzovga o‘rnatilayotganda rostlash imkoniyatini yaratadi. Eshiklarning ochilishini choklash va shu holatda ushlab turish uchun yassi richag o‘rnatilgan. Uning bir tomoni kuzov ustuniga sharnirli biriktirilgan, ikkinchi tomoni esa eshikka maxsus uyachaga chiqish imkoniyati yaratilgan. Rezina bufer oralig‘idan o‘tadigan tarzda mahkamlanadi.
Richagning rezina buferdan o‘tadigan qismi biroz kengroq qilib yasalganligi tufayli eshik ochilayotganida kattaroq qarshilikka uchraydi va harakatning cheklanishi rezina buferga tiralishi natijasida amalga oshiriladi. 1-rasmda MATIZ avtomobilining old eshigining ajratilgan jamlamasi ko‘rsatilgan.
1-rasm. MATIZ avtomobilining oldingi eshigi
1-g‘ilof; 2-qulf tugmasi; 3-g‘ilof paneli; 4-dastak; 5-tugma; 6-ichki dastak; 7-mexanik rostlash dastasi; 8-standart ruchka; 9-eshikka o‘rnatilgan dinamik g‘ilofi; 10-eshik cho‘ntagi; 11-eshik kontakt; 12-qulf qaydlovchisi; 13-chekka zichlagich; 14-eshik zichlagichi; 15-oyna yo‘naltirgich; 16-old eshik; 17-ichki zichlagich; 18-ichki dastak tortqisi; 19-eshik qulfi; 20-eshik qulfi-silindrining tortqisi; 21-qulf tortqisi; 22-elektr yuritma tortqisi; 23-elektr yuritma; 24-oyna rostlagich; 25-tashqi zichlagich; 26-tashqi dastak tortqisi; 27-tashqi dastak; 28-to‘siq; 29-fortochka; 30-fortochka zichlagichi; 31-eshik ilgagi; 32-eshik ochuvchi tortqich; 33-oyna ko‘targichning elektr ulagichini g‘ilofi; 34-ko‘zgu ulagich; 35-oyna ko‘targich sim ulagichi; 36-qopqoq; 37-eshik bezagi (moldingi).
|
| |