|
Namangan muhandislik-qurilish instituti
|
bet | 120/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahorati33-AMALIY MASHG‘ULOT
«Tormoz tizimini qismlarga ajratish va yig‘ish».
MAQSAD: O‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, barabanli tormoz mexanizmini qismlarga ajratish va yig‘ishda amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish.
O‘QUV SOATLARI: 6 soat (240 daqiqa).
MODULNI O‘RGANISH JARAYONIDA EGALLANADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR:
Mehnat muhofazasi va sanitariya qoidalariga rioya qilish;
Barabanli tormoz mexanizmini ko‘rsatilgan ketma-ketlikda, texnik talablar asosida qismlarga ajratish va yig‘ish.
MODULNI O‘RGANISH DAVOMIDA SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR;
Xavfsiz ishlash usullari;
Barabanli tormoz mexanizmining tuzilishi, ishlash prinsipi;
Barabanli tormoz mexanizmi detallarini ajratish va yig‘ishga qo‘yilgan texnik talablar.
MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:
Baraban tipidagi tormoz mexanizmi avtomobilning orqa g‘ildiraklarida ishlatiladi. Bu tipdagi tormoz mexanizmi gidravlik ishchi silindr yordamida xarakatga keltiriluvchi va baraban bilan kolodkalar orasidagi tirqishni avtomatik rostlovchi mexanizmga ega.
Tormoz kolodkalari 5, ish silindri va boshqa detallar orqa ko‘prik to‘sinining flanesiga mahkamlangan shit 1 ga joylashtirilgan. (1-rasm). Shitning pastki qismiga ikkita parchinmix bilan plastinkalar mahkamlangan, ulardan biri tormoz kolodkalarining pastki tayanchi bo‘lib xizmat qiladi.
Har bir kolodka tayanch ustun, prujina va pastki qismida qirqimi bo‘lgan qalpoqcha yordamida tormoz shitiga mahkamlanadi.
Kolodka bilan richag 6 sharnir yordamida bog‘langan. Richagning pastki qismiga to‘xtab turish tormozi yuritmasining trosi mahkamlangan. Chap va o‘ng kolodkalar orasiga keruvchi planka 14 o‘rnatilgan. Kolodkalar tormoz barabanidan tortuvchi prujinalar 4 yordamida ajralib turadi. Silindr korpusi 3 da ikkita porshen 16 o‘rnatilgan. Porshenlar orasida tayanch shaybalar 18 ga tayangan prujina 19 o‘rnatilgan bo‘lib, u porshenlarni bir-biridan kerib turadi. Silindrning zichligini manjeta 17 ta’minlaydi. Porshenlarning silindrdan chiqish joyini rezina qalpoqcha 2 zichlaydi.
Tormoz pedali qo‘yib yuborilganda tormoz kolodkalari tormoz barabanidan prujinalar 4 va 9 yordamida qaytariladi. Tormoz pedali bosilganda orqa tormoz yuritmasi konturida suyuqlik bosimi hosil bo‘ladi va uning ta’sirida silindr 16 ning porshenlari suriladi va tormoz kolodkalari 5 ni barabanga siqadi. Bunda prujinalar 4 va 9 cho‘ziladi. Kolodkalar va baraban orasidagi ishqalanish kuchi hisobiga kolodkalarning barabanga nisbatan o‘z-o‘zidan o‘rnashishi ro‘y beradi va qoplamaning butun uzunligi bo‘yicha bir tekis yeyilishini ta’minlaydi. Tormoz ust quymalari friksion materialdan tayyorlangan bo‘lib, kolodkalarga latun parchin mixlar yoki yelim bilan mahkamlanadi.
|
| |