|
-rasm. MATIZ avtomobili rul boshqarmasining gidrokuchaytirgichi
|
bet | 117/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahorati5-rasm. MATIZ avtomobili rul boshqarmasining gidrokuchaytirgichi
1-reyka shesternyali rul mexanizmi; 2-gidrotaqsimlagich; 3-gidrosilindr.
MATIZ avtomobilida gidrokuchaytirgichning taqsimlagichi bilan rul mexanizmi bitta korpusda joylashgan bo‘lib, gidrosilindr esa rul mexanizmining reykasiga o‘rnatilgan.
Rul chambaragi burilganida gidrotaqsimlagich korpusining 2 ichidagi o‘q bo‘ylab siljiydigan zolotnikli taqsimlagichning zolotnigi, dastlabki holatdan (neytraldan) korpusga nisbatan o‘q bo‘ylab 1,1 mm ga siljib, gidronasosdan kelgan suyuqlik bosimni gidrosilindrning 3 chap yoki o‘ng bo‘shlig‘iga (rul chambaragini burish yo‘nalishiga qarab) yuboradi va gidrosilindrning ikkinchi bo‘shlig‘ini suyuqlikni to‘kish idishning trubkasi bilan ulaydi. Natijada gidrosilindrning ichida porshen bilan bog‘langan reyka harakatga kelib, g‘ildiraklarni buradi.
Rul yuritmasi boshqariluvchi g‘ildiraklarni to‘g‘ri nisbatda (ichki g‘ildirakni katta, tashqi g‘ildirakni kichik burchaklarga) burilishini, boshqariluvchi g‘ildiraklarda avtotebranishlar bo‘lmasligini hamda avtomobilning osmalari tebranishida g‘ildiraklarni o‘z-o‘zidan burilishini oldini olishni ta’minlaydi.
Rul yuritmasi: rul taresiyasidan,rul mexanizmini rul trapesiyasi bilan bog‘lovchi richaglar va tortqilardan, sharnirli birikmalar hamda ko‘pchilik avtomobillarda rul kuchaytirgichidan tashkil topgan.
Rul trapesiyasi avtomobilning kompanovka imkoniyatlari bo‘yicha turlicha bo‘lishi mumkin, 6-rasm.
6-rasm. Rul yuritmasi trapesiyasining turlari:
a-ko‘prik orqasida joylashgan trapesiya; b-ko‘prik oldida joylashgan trapesiya; v- sharnirli trapesiya; g-olti sharnirli trapesiya; d-olti sharnirli mayatnik richagli trapesiya; ye-sakkiz sharnirli mayatnik richagli trapesiya.
Trapesiyalarning oldingi balkaga nisbatan joylashishi bo‘yicha orqada joylashgan (6-rasm, a) yoki oldinda joylashgan (6-rasm, b) bo‘ladi. Avtomobilning g‘ildiraklari nomustaqil osmaga ega bo‘lganida yaxlit ko‘ndalang tortqili trapesiyalar (6-rasm a va b), mustaqil osmaga ega bo‘lganda esa, bo‘g‘inlarga ajratilgan ko‘ndalang tortqili trapesiyalar (6-rasm, v, g, d, ye) ishlatiladi.
Ko‘ndalang tortqilarni choksiz trubadan tayyorlanib, uning rezbali uchlariga sharnirli bo‘g‘inlar biriktiriladi. Oldingi boshqariluvchi g‘ildiraklarni yaqinlashuvini (sxojdeniye) rostlash maqsadida ko‘ndalang tortqining uzunligini rostlanadigan qilib tayyorlanadi. Ko‘ndalang torqining uzunligini o‘zgartirish uchun sharnir 1 bilan rezba yordamida birikgan ko‘ndalang tortqi 3 ni maxsus kalitda burab (stopor gaykasini bo‘shatib) rostlanadi, 7-rasm. Tortqilarda qirqilgan rezbalar turli yo‘nalishga ega bo‘lib, rostlanishni aniq bajarish uchun rezba qadami har xil bo‘ladi.
|
| |