|
Namangan muhandislik-qurilish instituti
|
bet | 114/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahorati32-AMALIY MASHG‘ULOT
«Rul mexanizmini qismlarga ajratish va yig‘ish»
MAQSAD: Talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, mustaqil ish faoliyati va asbob-uskunalar bilan ishlash qobiliyatini, mexanizm va agregatlarni ajratish va yig‘ish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
MODULNI O‘RGANISH JARAYONIDA EGALLANADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR:
Mehnat muhofazasi va sanitariya qoidalariga rioya qilish;
Rul mexanizmini tartibli ketma-ketlikga asoslanib, texnik talablarga rioya qilib, to‘g‘ri qismlarga ajratish va yig‘ish;
Asbob-uskunalardan to‘g‘ri foydalanish;
MODULNI O‘RGANISH DAVOMIDA SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR;
Xavfsiz ishlash usullari;
Rul mexanizmi, rul yuritmasi va rul kuchaytirgichining vazifasi, tuzilishi, turlari va detallarining o‘zaro bog‘lanishi, shuningdek ularning nomlanishi;
MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:
Rul boshqarmasi
Rul boshqarmasining vazifasi haydovchining boshqarishga mos ravishda avtomobilni harakat yo‘nalishini o‘zgartirishdan yoki tanlangan yo‘nalishni saqlashdan iborat. Rul boshqarmasi asosan uch qismdan tashkil topgan: rul mexanizmi, rul yuritmasi va rul kuchaytirgichi.
Rul boshqarmasi avtomobilning harakat xavfsizligi bilan bog‘liqligi uchun unga quyidagi talablar qo‘yiladi:
avtomobilni kichik radiusda burilishini ta’minlash;
rul chambaragiga qo‘yiladigan kuchni kamaytirish hisobiga, avtomobilni boshqarishni yengillatish;
kuch va kinematik kuzatuvchanlikga ega bo‘lishi, ya’ni rul chambaragiga qo‘yilgan kuch bilan boshqariluvchi g‘ildiraklarning burilishiga qarshilik momenti orasidagi proporsionallik va rul chambaragini burilishiga mos ravishda boshqariluvchi g‘ildiraklarni burilishi;
burilishlarda g‘ildiraklarni yon tarafga kam sirpanishi;
boshqariluvchi g‘ildiraklar qabul qilgan turtkilarni rul chambaragiga uzatilmasligi;
rul boshqarmasini me’yoriy elastiklikga ega bo‘lishi;
rul boshqarmasining qismlari bilan osma orasida kinematik kelishuvchanlik mavjud bo‘lishi osma ezilganida boshqariluvchi g‘ildiraklarni o‘z-o‘zidan burilishdan saqlash;
rul boshqarmasining boshqariluvchi g‘ildiraklarini barqarorligiga (stabilizasiya) kam ta’siri;
yuqori ishonchligi;
TICO avtomobilida reyka-shesternyali, uzatish soni 18,5 ga teng bo‘lgan rul mexanizmi va to‘rt sharnirli rul yuritmasi o‘rnatilgan, 1-rasm.
|
| |