• Orqa osmaning avtomobilga mahkamlanishi
  • Xavfsiz ishlash usullari
  • -rasm. TICO avtomobilining orqa osmasi




    Download 35,39 Mb.
    bet111/138
    Sana20.01.2024
    Hajmi35,39 Mb.
    #141780
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   138
    Bog'liq
    Kasb mahorati

    7-rasm. TICO avtomobilining orqa osmasi
    1-osma richagini kuzov bilan ulash richagi; 2-orqa osmaning richagi; 3-osma richagining rezina metall sharniri; 4-gupchak o‘qi; 5-amortizator; 6-osma prujinasi; 7-prujina egari; 8-rezina buferi; 9-osmaning ko‘ndalang shtangasi; 10-ko‘ndlang richag; 11-amortizatorni mahkamlash kronshteyni; 12-richagni mahkamlash bolti.


    1. Orqa osmaning avtomobilga mahkamlanishi


    Avtomobilni ko‘tarish tizimi asosan uchta turga bo‘linadi:
    a) Ramali; b) yarim ramali; v) ramasiz.
    Ramali ko‘taruvchi tizim asosan yuk avtomobillarida qo‘llanilib u ikkita bo‘ylama joylashgan balkadan iborat bo‘lib, payvandlangan yoki parchin mix orqali har xil profildagi balkalar bilan mahkamlanadi. Old va orqa osmalar ramaga turli konstruksiyada mahkamlanishi 8-rasmda ko‘rsatilgan.





    8-rasm. Orqa old osmalarning ramaga ulanishi
    1-old kronshteyn; 2-rama; 3-amortizator kronshteyni; 4-vtulka; 5-amortizator; 6-orqa kronshteyn; 7-belbog‘ (xomut); 8-varaq; 9-stremyanka; 10-planka.
    Yengil avtomobillar ramasiz bo‘lib uning vazifasini kuzov bajaradi. Old va orqa osmalar kuzovga payvandlangan kronshteynlarga mahkamlanadi. Ularning konstruksiyasi 9-rasmda berilgan.

    9-rasm.
    1-prujina; 2-ko‘ndalang richag; 3-ko‘ndalang shtanga; 4-rezina bufer.


    10-rasmda esa TICO avtomobilining orqa osmasini qismlarga ajratilgan holatdagi ko‘rinishi berilgan.



    10-rasm.
    1-orqa spiralsimon prujina; 2-zarba so‘ndirgich; 3-prujinaning ustki egari;
    4-amortizator; 5-ko‘ndalang tortqi (shtanga); 6-bo‘ylama richag; 7-vtulka; 8-orqa ko‘prik.


    Xavfsiz ishlash usullari


    Avtomobilning orqa osmasini yechishdan oldin g‘ildirak va osma detallarini ifloslikdan tozalash zarur, bu ish o‘rnini va ishchini toza ishlash imkonini beradi. Asbob-uskunalar o‘z vazifasi bo‘yicha foydalanilsin, aksincha uni ishdan chiqishiga yoki sinishiga olib keladi. Bunday xarakat shikastlanishga ham sabab bo‘ladi. Ko‘rsatilgan ketma-ketlik asosida ish bajarilsin, bu to‘g‘ri va qiyinchiliksiz bajarishni ta’minlaydi. Amortizatorlarni ustki qismini yechib olishdan oldin uning tagiga erkin kiruvchi tirgak qo‘yilsin, bu tushib ketishni oldini oladi.
    Ko‘rsatilgan rezbali birkmalarni burash momentdan ortiq mahkamlamang, bu boltni uzilib ketishga va qo‘lni urib olishga olib kelishi mumkin. Asboblarni ishlatishda toza bo‘lishiga va o‘z joyiga qo‘yishga odatlaning. Har qanday ishni bajarishda shoshilmang va chala bajarmang. Ehtiyotkorlik baxtsiz hodisa va shikastlanishni oldini oladi, buni unutmang! Bu Sizni salomatligingiz, uni qadrlash va saqlashni o‘z qo‘lingizda, doim yodingizda bo‘lsin!.



    Download 35,39 Mb.
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   138




    Download 35,39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. TICO avtomobilining orqa osmasi

    Download 35,39 Mb.