|
-rasm. Ilashish muftasining yuritmasi
|
bet | 89/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahorati4-rasm. Ilashish muftasining yuritmasi
1-ajratish pedali; 2-bolt; 3-ayri; 4-tros qobig‘i mahkamlash buferi; 5-tros qobig‘i; 6-kronshteyn; 7-kontragayka; 8-muhofazalovchi g‘ilof; 9-rezbali uchlik; 10-ilashgich muftasining ajratish pishongi; 11-gayka.
Ilashish muftasi o‘chiruvchi podshipnik bilan birga yig‘ilgan bosuvchi mufta karterining yo‘naltiruvchi vtulkasida joylashtirilgan.
Prujina yordamida ilashish muftasining ayrisi 8 ajratuvchi muftaning turtib chiqqan joyiga bosib qo‘yilgan. Ilashish muftasini ajratuvchi ayri vali uzatmalar qutisining karterida o‘rnatilgan vtulka 9 da aylanadi. Ilashish muftasini ajratuvchi ayri vlining pastki qismiga klemmali qisqich yordamida ajratish pishanchi 15 mahkamlangan bo‘lib, u tros 14 ga bog‘langan. Tros 14 qobiq 5 ning ichiga o‘rnatilgan bo‘lib, uning ikki uchiga uchliklar mahkamlangan.
Trosning yuqorigi uchligi o‘q 2 ga osilgan tepki 1 ning sirg‘asi 3 bilan bog‘langan. Trosning rezbali pastki uchligi esa ajratish pishongi 15 ga bog‘langan. Trosning qobig‘idagi turtib chiqqan qismi rezina g‘ilof 13 bilan himoyalangan. Trosning qobig‘i siljimasligi uchun rezina buferlar 4 qo‘yilgan.
Ilashish muftasining yuritmasidagi rezina detallar, uning qismlarini tebranishdan saqlab, shovqinni kamaytirish bilan birga yuritmaning elastikligini ta’minlaydi. Shuning uchun ayrim hollarda pedalga qo‘yilgan kuch bo‘yicha uning erkin yo‘lni aniqlash qiyin bo‘ladi. Shu sababli erkin yo‘lni aniqlash va rostlash ajratish ayrisining pishangida bjariladi.
KERAKLI O‘QUV-JIHOZ, ASBOB-USKUNA VA ASHYOLAR:
TICO avtomobili;
Chilangarlik ish stoli;
Maxsus moslamalar;
Kalitlar to‘plami.
Izoh: Dvigateldan uzatmalar qutisi, asosiy uzatma differensiali bilan yechilgan, TICO avtomobilida uzatmalar qutisi differensial va ilashish muftasi bir butun qilib yasalganligi tufayli ushbu modul uzatish qutisi yechib olingandan so‘ng bajariladi.
|
| |