|
-rasm. Matiz avtomobilining sinxronizatori
|
bet | 91/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahorati1-rasm. Matiz avtomobilining sinxronizatori.
1-konusli tishli halqa; 2-mufta; 3-qaydlanuvchi (stopor barmoq); 4-qo‘shish shesternyasi; 5-halqa; 6-o‘yiq (qaydlovchi barmoq uchun).
Uch pog‘onali uzatmalar qutisining chizmasi 2-rasmda ko‘rsatilgan.
2-rasm. Uch pog‘onali uzatmalar qutisi:
1-birlamchi val; 2-sinxorizator mexanizmi; 3-ikkinchi va uchinchi tezlikni qo‘shib ajratish ayrisi (vilkasi); 4-birinchi va orqaga yurishni qo‘shib-ajratish ayrisi;
5-ikkilamchi val; 6-oraliq vali; Z’1: Z’2: va Z’3:qo‘zg‘almas blok shesternyalari; zo h – orqaga harakatlantiruvchi shesternya; oh-orqaga harakatlanish.
Gidromexanik yuritmalar qutisining chizmasi 3-rasmda ko‘rsatilgan.
3-rasm. Gidromexanik yuritmalar.
1-yetaklanuvchi (trubina) g’ildiragi; 2-reativ g’ildirak (reaktor); 3-yetaklovchi val; 5-yetakchi val shesternyasi; 6-birinchi tezlikni ishqalanish muftasi; 7-ikkinchi tezlikni ishqalanish muftasi; 8-tishli mufta; 9-tishli muftaning pnevmosilindri; 10-yetaklanuvchi val; 11-orqaga xarakatlantirishning ergashuvchi shesternyasi; 12-oraliq shesternya; 13-markazdan qochma regulyator; 14-orqaga xarakatlantirish yetaklovchi shesternyasi; 15-birinchi tezlikning yetaklovchi shesternyasi; 17-oraliq vali; 18-oraliq oraliq valning shesternyasi; 19-nasos va turbina g’ildiragining ishqalanuvchi (friksion) blokirovkasi;
Avtomobillarning har xil vaziyatda harakatini ta’minlash uchun uzatmalarni ikki turkumga bo‘lish mumkin:
A) Quyi uzatmalar (tezligi past)
B) yuqori uzatmalar (tezligi yuqori)
Quyi uzatmalar avtomobilni joyidan qo‘zg‘alishi va balandlikga chiqishi va shuningdek notekis hamda yomon yo‘llarda yurishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Yuqori uzatmalar avtomobilni yaxshi yo‘lda katta tezlikda yurishini ta’minlaydi. Avtomobillarni kerakli paytda orqaga harakatlanishi uchun uzatmalar qutisida orqaga yurish uzatmasi ham mavjud. Oson tushinish maqsadida oddiy konstruksiyadan iborat bo‘lgan almashlab qo‘shish mexanizmi va ikki valli uzatmalar qutisini ishlash jarayonini ko‘rib chiqamiz. Almashlab qo‘shish mexanizmi 4-rasmda ko‘rsatilgan.
Barcha konstruksiyalarda qo‘zg‘aluvchi shesternyalar richag 1 yordamida qo‘shiladi yoki erkin holatga keltiriladi. Vilka (ayri) 9 sirpanuvchan o‘q 8 ga mahkamlangan va ular bilan birga siljiydi. Sirpanuvchi o‘q fiksator bilan ulangan yoki ajralgan holatda qayd qilinadi, ya’ni konusli yoki zo‘ldirli fiksator prujina yordamida o‘qdagi o‘yiqcha 13 ga kirib qoladi va o‘qni ixtiyoriy siljishiga yo‘l qo‘ymaydi. (rasm 4).
Ikki valli uzatmalar qutisi 5-rasmda ko‘rsatilgan.
B
5-расм. Икки валли узатмалар =утиси:
1, 2, 3-сурулувчи шестернялар; 4, 5, 6 - =ыз\алмас шестернялар; 7-иккиламчи вал; 8-бирламчи (етакчи) вал
irlamchi val 8 ilashish muftasining yetaklanuvchi diski siquvchi disk orqali maxovik bilan tutashadi, ikkilamchi val 7 esa birlamchi valdan shesternyalar tishlashish orqali burovchi momentni asosiy uzatmaga o‘tkazib beradi. Ko‘rsatilgan chizmadagi 1,2 va 3 shesternyalar yetakchi valda surilib, valdagi 4, 5 va 6 chi qo‘zg‘almas shesternyalar bilan tishlashish natijasida harakat ikkilamchi valga uzatiladi. Buning uchun richag orqali sirpanuvchi o‘qni surib, qo‘zg‘aluvchi shesternyani ayri ta’sirida birortasini uzatmaga ta’luqli qo‘zg‘almas shesternyasi bilan tishlashtiriladi. Shesternyalar to‘liq tishlashgan holatda valni fiksator qaydlab qo‘zg‘alishga yo‘l qo‘ymaydi. Bu ko‘rilgan misolda uchta uzatma mavjud bo‘lib, I-uzatma 1 va 6, II-uzatma 2 va 5 III-uzatma esa 3 va 4 shesternyalarning ilashish natijasida harakat uzatiladi.
Bunday konstruksiyaning kamchiligi shesternyalar qo‘shilishi paytida ularning tishlari bir-biriga urilish sababli yeyilishi jadallashadi. Shesternyalarning massasi va aylanishlar soni orasidagi farq qancha katta bo‘lsa ularning qo‘shilish chog‘idagi zarb kuchi shuncha shiddatli bo‘ladi, bu sinishga ham sabab bo‘ladi. Zamonaviy avtomobillarda uzatmalarni shovqinsiz, zarbsiz ulash, boshqarishni yengillashtirish, ishonchli ishlashini ta’minlash va ishlash muddatini oshirish maqsadida maxsus qurilma talab etiladi. Qo‘yilgan barcha talablarni bajarishni ta’minlovchi mexanizm bu sinxronizatordir.
Sinxronizatorli uch pog‘onali tezliklar qutisining chizmasi 6-rasmda ko‘rsatilgan.
|
| |