• MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR
  • 1-rasm. Kardani uzatmalarning chizmasi a) Yopiq turdagi; b) Ochiq turdagi; 1-kardan sharniri; 2-kardan vali.
  • 1-yetakchi vilka; 2-yetaklanuvchi vilka; 3-charbarmoq (krestovina); 4-zichlagich; 5-podshipnik korpusi, 6-ninasimon podshipnik; 7-moy uchun bo‘shliq;
  • Namangan muhandislik-qurilish instituti




    Download 35,39 Mb.
    bet97/138
    Sana20.01.2024
    Hajmi35,39 Mb.
    #141780
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   138
    Bog'liq
    Kasb mahorati

    29-AMALIY MASHG‘ULOT


    «Kardanli uzatmani yetakchi orqa ko‘prikdan ajratish va yig‘ish».


    MAQSAD: O‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, mustaqil ishlash faoliyati va asbob-uskunalar bilan ishlash qobiliyati, kardanli uzatmani ajratish va yig‘ish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.


    MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:
    Kardanli uzatma, (o‘qlari bir tekislikda yotmay, ma’lum bir o‘zgaruvchan burchakda joylashgan holatda) mexanizm yoki agregatlarga burovchi momentni uzatish uchun xizmat qiladi. Mexanik va gidromexanik kuch uzatmali avtomobillarda kardanli uzatma yordamida dvigatelning burovchi momentini uzatmalar yoki taqsimlash qutisidan yetakchi ko‘prikga uzatiladi. Bundan tashqari kardanli uzatma rul boshqarmasida, hamda alohida mexanizmlarga (lebedka, qo‘shimcha moslamalar) burovchi momentni uzatishda ham ishlatiladi.
    Tasnifi bo‘yicha kardanli uzatmalar ochiq va yopiq turlarga bo‘linadi. Avtomobillarning kuch uzatmasida asosan ochiq turdagi kardanli uzatmalar ishlatiladi, 1-rasm.



    1-rasm. Kardani uzatmalarning chizmasi
    a) Yopiq turdagi; b) Ochiq turdagi; 1-kardan sharniri; 2-kardan vali.

    Kardanli uzatma kamida ikki sharnirli va uzunligini o‘zgartirishga imkon beruvchi shlisali birikmaga ega bo‘ladi. Agarda avtomobilning o‘qlararo masofasi uzun bo‘lsa, unda ikkita kardan vali (asosiy va oraliq) ishlatilib, oraliq val tayanchga biriktiriladi (2-rasm). Kardanli uzatmada kalta vallarni ishlatilish, uning kritik (eng katta) chastotasini oshiradi va ishlatish jarayonida xavfli ko‘ndalang tebranishlar sodir bo‘lishning oldini oladi.


    Ikki sharnirli kardan uzatmaning yetakchi va yetaklanuvchi vallarining burchak tezliklarini tengligi ta’minlanishi uchun (1-rasm) 1q2 bo‘lishi, hamda birinchi va ikkinchi sharnirlarning yetakchi vilkalari bir-biriga nisbatan 90 burchakga burilgan bo‘lishi kerak.





    2-rasm. Eziluvchan mufta va oraliq tayanchga ega bo‘lgan
    kardanli uzatma.
    1-eziluvchan muftani uzatmalar qutisining vilkasiga mahkamlovchi bolt va gayka; 2-eziluvchi mufta; 3-sirpanuvchi vilka; 4-moylash teshigining tiqini; 5-oldingi (oraliq) kardan vali; 6-muvozanatlovchi plastinalar; 7-zichlagich; 8-zichlagich oboymasi; 9-o‘rnatuvchi belgilar; 10-markazlovchi vtulka; 11-markazlovchi halqa; 12-eziluvchan oraliq tayanch; 13-sharikli podshipnik; 14-cheklovchi halqa; 15-chang qaytargich; 16-vilkani mahkamlovchi gayka; 17-orqa (asosiy) kardan vali; 18-vilka; 19-oraliq tayanchni ko‘ndalang kronshteynga mahkamlash bolti; 20-ko‘ndalang kronshteyn; 21-shayba; 22-rezinali vtulka; 23-ko‘ndalang kronshteynni avtomobil kuzoviga mahkamlovchi bolt.


    Asinxron sharnirlarni takomillashtirishning ekspluatasion xususiyatlari: yeyilishga chidamlik, ishonchlik va burovchi momentni katta burchak ostida uzatish.
    Kardan sharnirining F.I.K. yuqori bo‘lishi, uning yeyilishga chidamligi va uzoq muddat ishlashini ta’minlaydi. Buning uchun zamonaviy avtomobillarning kardan sharnirlarida ninasimon podshipniklar o‘rnatilgan, yaxshi moylashni ta’minlaydi.
    Kardan sharnirining F.I.K. (foydali ish koeffisiyenti) yuqori bo‘lishi vallar orasidagi burchakga ham bog‘liq bo‘lib, 20 dan ortmasligi kerak. Agarda bu burchak ortib borsa F.I.K. kamayib ketadi. Ayrim avtomobillarda bu burchakni kamaytirish maqsadida dvigatel 23 ga og‘dirib o‘rnatiladi. Bundan tashqari shu maqsadni ko‘zlab, asosiy uzatmaning yetakchi valini ham og‘dirib o‘rnatadi. Lekin sharnirni uzatish burchaksiz o‘rnatib bo‘lmaydi, chunki bunda sharnir tezda ishdan chiqadi. Sharnirni ishdan chiqishiga sabab, sharnir podshipnikidagi ninalarning ilashish yuzalarida pachoqlanish (brinellanish) hosil bo‘lishidir. Ezilish ortishiga sabab ninalar orasida tirqich hosil bo‘lishi, ninalarni qiyshayishi, chorbarmoq shipida katta bosim hosil qilishidir. Shu sababli ninalar orasidagi tirqich kam bo‘lishi kerak. Kardan sharnirlarining ninalari orasidagi tirqichlar yig‘indisi (0,11,5 mm) orasida bo‘ladi va ninalar orasidagi tirqichlar yig‘indisi nina diametrining yarmidan kichik bo‘lishi kerak.







    3-rasm. Asinxron kardan sharniri
    1-yetakchi vilka; 2-yetaklanuvchi vilka; 3-charbarmoq (krestovina); 4-zichlagich;
    5-podshipnik korpusi, 6-ninasimon podshipnik; 7-moy uchun bo‘shliq;
    8-zichlagich oboymasi yoki stopor halqa.

    Sharnirning chorbarmog‘i markazlashgan bo‘lib, uning shipi va podshipnik stakanining tubi orasida tirqich bo‘lmasligi kerak, aks holda muvozanatsizlik hosil bo‘lib, sharnirning ish muddati kamayadi.


    Sharnir podshipniklarida ezilishdan tashqari toliqishdagi yemirilish (pitting) sodir bo‘lishi mumkin. Bunga sabab, tutashish kuchlarining kattaligidir. Shu sababli chorbarmoq shiplari legirlangan po‘latdan tayyorlanib, ish yuzalariga kimyoviy-termik (syementasiya) ishlov beriladi.
    Kardan uzatmasining detallari quyidagi po‘latlardan tayyorlanadi: kardan val-St20, (HRC 80  100); Kardan vilkasi – St 35 (HB 207  241); Flanes – St35, (HB 217  255); Chorbarmoq – St20 XGN TR (syementlangan qatlam chuqurligi 1,1  1,5 mm (HRC 60  65); Sirpanuvchi ayri (vilka)– St45 (toblangan yuza chuqurligi 24 mm, HRC 42  56); Shlisali vtulka – St 40X (NV 255285); podshipnik qopqog‘i St 0,8.
    Universal kardan sharnirlari konstruksiyasi bo‘yicha oddiy kardan sharnirlaridan farqlanadi. Bu sharnirlarda valni o‘q bo‘yicha siljishi shlisali birikmada emas, sharnirning o‘zida amalga oshiriladi. Bu turdagi universal sharnirlar TICO, MATIZ avtomobilining yetakchi g‘ildiraklari yuritmasida qo‘llanilgan.
    Sinxron (burchak tezliklari teng bo‘lgan) kardan sharnirlari bir paytda yetakchi va boshqariluvchi bo‘lgan g‘ildiraklar yuritmasida ishlatilib, yetaklanuvchi valning og‘ish bo‘yicha 45 gacha yetishi mumkin.
    Eziluvchan yarim kardanli sharnirlar asosan yengil avtomobillarning kardanli uzatmasida ishlatilib, yetaklanuvchi valning og‘ish burchagi 810 ni tashkil etishi mumkin.

    Download 35,39 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   138




    Download 35,39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-qurilish instituti

    Download 35,39 Mb.