• 6-rasm. Richag sharnirli osma.
  • 7-rasm. Gidropnevmatik osma.
  • -rasm. Pnevmatik osmaning chizmasi




    Download 35,39 Mb.
    bet105/138
    Sana20.01.2024
    Hajmi35,39 Mb.
    #141780
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   138
    Bog'liq
    Kasb mahorati

    5-rasm. Pnevmatik osmaning chizmasi.
    1-kompressor; 2-havo tozalagich; 3-rostlagich; 4-richag; 5-havo yostiqchasi; 6-havo jamg‘armasi; 7-rostlagich; 8-havo to‘plagich (resever); 9-bosim rostlagich; 10-filtr.

    Zamonaviy avtomobillarda va avtombuslarda osma bilan stabilizator ham o‘rnatiladi. Osma stabilizatori avtomobil yonga og‘ishini va ko‘ndalang tebranishlarni kamaytirib ikki uchi bilan rezina yostiqchalar yordamida ko‘prikcha yoki osmaning richagiga sharnirli birlashtiriladi. Uning konstruksiyasi soddalashgan ko‘rinishida 6-rasmda berilgan.





    6-rasm. Richag sharnirli osma.
    1-ko‘ndalang stabilizator; 2-tirgak; 3-rezina bufer; 4-rezina yostiqchalar.

    7-rasmda gidropnevmatik osmaning chizmasi berilgan. Nasos 2 bak 1 dan suyuqlikni so‘rib, bosim akkumulyatori 3 ga yuboradi. Akkumulyatordagi bosim ma’lum qiymatda doimo saqlanib turadi. Agarda bosim oshib ketsa, suyuqlikni qaytarish (reduksion) klapan orqali bakka qaytadi. Akkumulyatordan suyuqlik chap va o‘ng g‘ildiraklarning rostlagichi 4 (regulyator) ga o‘tib kuzovning sathi o‘zgarmas holatda saqlanadi. Rostlagich 4 dan suyuqlik osmaning elastik qismi bilan so‘ndirgichni birlashtiruvchi porshenli pnevmatik qism 5 ga o‘tadi. Bu konstruksiyada porshen 6 va ajratuvchi membrana 7 oralig‘idagi bo‘shliq suyuqlik bilan, membrana ustidagi bo‘shliq esa siqilgan havo bilan to‘ldiriladi. Siqilgan gaz osmani elastikligini, suyuqlik esa tik tushgan yuklanishlarni qabul qiladi. Kuzovning tebranish natijasida suyuqlik klapan 8 dan o‘tishi bilan bir qator qarshilikka duch kelib uni yengish uchun hosil bo‘lgan ishqalanish tufayli kuzov va g‘ildiraklarning tebranishi muttasil so‘ndirilishi ta’minlanadi.





    7-rasm. Gidropnevmatik osma.
    1-bak; 2-nasos; 3-bosim akkumulyatori; 4-rostlagich (regulyator); 5-pnevmatik qism; 6-porshen; 7-membrana; 8-suyuqlik klapani.


    Ko‘ndalang turg‘unlik stabilizatorining vazifasi


    Avtomobil burilganida kuzovning ko‘ndalang tekislikda og‘ishi sodir bo‘ladi. Bunday salbiy holatni yo‘qotish uchun yengil avtomobillarda ko‘ndalang turg‘unlik stabilizatori qo‘llaniladi. Bu stabilizator kuzovning ko‘ndalang tekislik bo‘yicha tebranish va og‘ishini kamaytirib, avtomobilni turg‘unligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Stabilizator asosan mustaqil osmalarda qo‘llanilib avtomobil og‘ishini 2030% kamaytiradi. (8-rasm).






    Download 35,39 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   138




    Download 35,39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Pnevmatik osmaning chizmasi

    Download 35,39 Mb.