• Old osmani avtobildan olishda, qismlarga ajratib yig‘ishda va o‘rnatishdagi texnika xavfsizligi
  • Old osmaning vazifasi, turlari va konstruksiyasi
  • Namangan muhandislik-qurilish instituti




    Download 35,39 Mb.
    bet103/138
    Sana20.01.2024
    Hajmi35,39 Mb.
    #141780
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   138
    Bog'liq
    Kasb mahorati

    31-AMALIY MASHG‘ULOT


    «Oldingi osmani qismlarga ajratish va yig‘ish».
    MAQSAD: Avtomobilning oldingi osmasini ko‘rsatilgan ketma-ketlik asosida qismlarga ajratib, tuzilish va ishlashini o‘rganib yana o‘z o‘rniga yig‘ish.


    MODULNI O‘RGANISH JARAYONIDA EGALLANADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR:
    Xavfsiz ishlash usullarini o‘rganish va rioya qilish;
    Ko‘rsatilgan ketma-ketlik asosida qismlarga ajratish;
    Detallarning tuzilishi va o‘rnatilib mahkamlanishini o‘rganish;
    Asbob va uskunalardan to‘g‘ri foydalanish;
    Detallarni ko‘rsatilgan ketma-ketlikda texnik talablarga rioya qilib o‘rniga qo‘yib mahkamlash.


    MODULNI O‘RGANISH DAVOMIDA SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR;
    Xavfsiz ishlash usullari;
    Old osmaning vazifasi turlari va konstruksiyasi;
    TICO avtomobilining old osmasini tuzilishi;
    Old osmaning ishlash jarayoni;


    MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:
    Old osmani avtobildan olishda, qismlarga ajratib yig‘ishda va o‘rnatishdagi texnika xavfsizligi

    Old osmani ajratishdan oldin loy, chang va barcha iflosliklardan tozalab, benzin bilan yaxshilab yuvib, artib quriting. Uni qismlarga ajratishda ko‘rsatilgan maxsus moslama va asboblardan foydalanib, prujinani siqib uni otilib ketishning oldini olish chorasini qo‘llang. Ya’ni qo‘shimcha himoya sifatida qarama-qarshi tomonidan boylash maqsadga muvofiq. Prujinani siqishda va uni o‘rnatib bo‘shatishda juda ehtiyotkorlik talab etiladi. Prujinani olishda, qo‘yishda biror o‘zgarish ya’ni moslamani qiyshayishni yoki surilishini sezsangiz qaytadan to‘g‘ri yo‘nalishini ta’minlagan holatda qisishni takrorlang.

    Old osmaning vazifasi, turlari va konstruksiyasi


    Avtomobil harakatlanayotganda har xil tezlikda yurishi tufayli unga yo‘lning ta’siri, ya’ni notekis yo‘llarning g‘ildirak orqali kuzovga yoki ramaga turtki va siltov kuchlari uzatiladi. Bu kuchlarni ta’sirini yo‘qotish maqsadida elastik deformasiyalanuvchi har xil konstruksiyalardan foydalaniladi. Avtomobilning A-osmasi: egiluvchi (elastik) yo‘naltiruvchi va so‘ndiruvchi qismlardan tashkil topgan bo‘lib, ular yordamida kuzov, rama, ko‘prik yoki g‘ildiraklar birlashtiriladi. Osmalar avtomobilni ko‘tarib turuvchi va kuzov bilan elastik holatda bog‘lanishni ta’minlab, salbiy ta’sir etuvchi kuchlarni kamaytiradi va so‘ndiradi, shuningdek avtomobilning harakati davomida uning ravonligini ta’minlaydi. Elastik konstruksiyaga varaqli ressor va spiral shaklidagi prujinalar kiradi. Elastik konstruksiyalar avtomobil vazni ta’sirida vujudga kelgan o‘zgaruvchi yuklanishlarni yengillashtiradi. Avtomobilning osmalarini asosan ikki turga bo‘lish mumkin, ya’ni nomustaqil va mustaqil.
    Nomustaqil osmali avtomobillarda chap va o‘ng g‘ildiraklar umumiy bir bikr balkaga o‘rnatilgan bo‘lib, biror bir g‘ildirakni vertikal yo‘nalishda ko‘tarilishi yoki tushishi, avtomobil kuzovini yonga og‘ishiga sabab bo‘ladi, 1-rasm.


    1-расм. Номуста=ил османинг соддалаштирилган чизмаси.


    2-расм. Муста=ил османинг соддалаштирилган чизмаси.


    Mustaqil osmali avtomobillarda esa, chap va o‘ng g‘ildiraklar kuzov yoki ramaga alohida-alohida o‘rnatilgan bo‘lib, g‘ildiraklardagi silkinishlar bir-biriga ta’sir etmaydi va avtomobilni tekis xarakatini ta’minlaydi, 2-rasm.





    Download 35,39 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   138




    Download 35,39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-qurilish instituti

    Download 35,39 Mb.