|
Namangan muhandislik-qurilish instituti
|
bet | 100/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahorati30-AMALIY MASHG‘ULOT
«Asosiy uzatma va differensialni ajratish – yig‘ish».
MAQSAD: Asosiy uzatma va differensialni ajratish – yig‘ish ishlarini o‘rgatish.
MODULNI O‘RGANISH JARAYONIDA EGALLANADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR:
Uzatmalar qutisi karteridan differensialni ajratish va yig‘ish;
Differensialni detallarga ajratish va yig‘ish;
Yig‘ilgan qismlar sifatini tekshirish;
Differensialni ajratish va yig‘ish jarayonida maxsus moslamalardan foydalanish.
MODULNI O‘RGANISH DAVOMIDA SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR;
Differensialning vazifasi, turlari va tuzilishi;
Asosiy uzatmaning vazifasi, turlari va tuzilishi;
MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:
Asosiy uzatma – yetakchi g‘ildiraklar burovchi momentini oshirish va yo‘nalishini avtomobilning bo‘ylama o‘qiga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida o‘zgartirish uchun xizmat qiladi.
Shesternyalar soniga qarab asosiy uzatmalar bir juft shesternyadan iborat bo‘lgan yakka konussimon uzatmaga, bir juft konussimon, hamda bir juft silindrsimon shesternyalardan iborat bo‘lgan qo‘shaloq uzatmalarga bo‘linadi.
Uzatish turiga qarab asosiy uzatmalar silindrsimon va konussimon tishli uzatmalarga bo‘linadi. O‘z navbatida yakka konussimon tishli uzatmalar oddiy va gipoid uzatmalarga bo‘linadi.
Yetakchi g‘ildiraklari orqada joylashgan yengil va yuk ko‘taruvchanligi kichik, hamda o‘rtacha bo‘lgan DAMAS avtomobilida asosan yakka konussimon uzatmadan foydalanilsa, yetakchi g‘ildiraklari oldinda joylashgan avtomobillarda ko‘proq yakka silindrsimon tishli uzatmalardan foydalaniladi.
Transmissiyaning umumiy uzatish soni va uzatilayotgan momentni oshirish uchun yuk ko‘taruvchanligi ila bo‘lgan yuk avtomobillarda qo‘shaloq asosiy uzatmalar ishlatiladi.
Avtomobillarda uzatish sonlari turlicha bo‘lgan asosiy uzatmalar ishlatiladi.
Masalan: TICO da – 4,263, DAMAS da – 5,125, NEXIA da – 3,94, «VAZ 2101» da – 4,3. ni tashkil etadi.
DAMAS avtomobilida val ilan bir butun qilib ilashgan yetakchi – kichik konussimon sheternyadan va yetaklanuvchi – ila konussimon shesternyadan tuzilgan yakka asosiy uzatma o‘rnatilgan.
Avtomobilning shovqinsiz va ravon ishlashiga erishish uchun spiralsimon tishli shesternyalardan foydalanilgan.
Gipoid turidagi asosiy uzatma oddiy konussimon tishli uzatmaga nisbatan bir qator afzallikga ega. Unda yetaklovchi g‘ildirak o‘qi yetaklanuvchi g‘ildirak o‘qidan pastda joylashganligi uchun kardanli uzatmani va yengil avtomobil kuzovini pasaytirishga imkon beradi, natijada avtomobilning turg‘unligi oshadi.
Kichik konussimon shesternya vali ikkita konussimon podshipniklarga o‘rnatilgan ila konussimon shesternya differensial qutiga joylashgan bo‘lib, u ilan birga ketingi ko‘prik karteridagi ikkita podshipnikda o‘rnatilgan.
Asosiy uzatma ishlaganda burovchi moment kardanli uzatmadan yetaklovchi val flanesiga va uning shesternyasiga, undan yetaklanuvchi konussimon shesternyaga va differensial detallari orqali avtomobil g‘ildiraklari gupchagi ilan bog‘langan yarim o‘qilan uzatiladi.
|
| |