• Mazkur kurs ishini bajarilishi quyida keltirilgan menejerlarga qo’yilgan talablarga muvofiq kelishi lozim
  • Namangan muhandislik-qurilish instituti




    Download 386,83 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/8
    Sana14.12.2023
    Hajmi386,83 Kb.
    #118368
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    menejment fanidan kurs ishini bajarish boyicha uslubiy korsatma
    Data Mining Nima , answers 16-45, 76-100
     
     
    KURS ISHI MAQSADI VA VAZIFALARI 
     
    Kurs ishini maqsadi “Menejment” fanidan olingan nazariy bilimlarni 
    mustahkamlash, talabalar tomonidan ishlab chiqarishni boshqarish mahoratini 



    shakllantirish, bozor sharoitida korxonani taktika va strategiyasini belgilash 
    ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat. Kurs ishini bajarishda talabalar o’quv 
    jarayonida bevosita olgan nazariy bilimalarini va ishlab chiqarish amaliyoti davrida 
    yig’ilgan ma’lumotlarni asos qilib olishlari kerak. Ba’zi bir hollarda, kurs ishi 
    iqtisodiy adabiyotlarda keltirilgan umumlashgan ma’lumotlar asosida ham bajarilishi 
    mumkin. 
    Kurs 
    ishi 
    talabalarning 
    “Menejment” 
    fanidan 
    olgan 
    bilimlarini 
    chuqurlashtirishga, amaliyotni nazariy asoslar bilan bog’liq holda tahliliy fikr 
    uslubiyatini rivojlantirishga yordam beradi. 
     
    KURS ISHINI BAJARISH UCHUN TALABALAR QUYIDAGI
    TALABLARGA AMAL QILISHLARI KERAK 
     
    1. Respublikamizda 
    amalga 
    oshirilayotgan 
    iqtisodiy 
    islohotlarni 
    chuqurlashtirishga oid qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident 
    Farmonlai, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlarini o’rganish. 
    2. Tanlab olingan kurs ishi mavzusi bo’yicha kerakli adabiyotlarni o’rganish, 
    ilg’or korxonalarning mazkur yo’nalish bo’yicha olib borayotgan ishlarni o’rganib 
    chiqish. 
    3. Ishlab chiqarish boshqaruv tizimining tarkibini ifodalovchi omillar, boshqaruv 
    qarorlarini baholash. SHuning uchun, talabalar qo’yilgan savollarga chuqur tahliliy 
    va kritik yondashib javob berishlari kerak. 
    Mazkur kurs ishini bajarilishi quyida keltirilgan menejerlarga qo’yilgan 
    talablarga muvofiq kelishi lozim: 
    1. Yuksak maqsadlarni qo’ya bilish, sog’lom hayot tarzini olib borish, yaxshi 
    jismoniy sog’-salomatlikka ega bo’lish, doimiy ravishda o’z ustida ishlab borish, o’z 
    fikrlarini aniq va maqsadga intiluvchan bo’lish, did bilan kiyinish. 
    2. Firmani strategik rivojlanishini ilmiy asosda prognozlashtirish, ishlab 
    chiqarilayotgan tovar va xizmatlarni raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha amaliy 
    ish rejasini ishlab chiqish, o’z fikrlarni og’zaki va yozma ifoda qila olish. 
    3. Jamoa maqsadlarini ifoda qila bilish, insonlarni tasnifiy belgilari va 
    xususiyatlarini bila olish hamda o’zini baholay olish, jamoada sog’lom ma’naviy–
    ruhiy muhit uchun sharoit yaratib berish, mojaroli holatlarini idora etish. 
    4. Korxonani texnik va texnologik xususiyatlarini bilish, sotib olinayotgan yoki 
    ishlab chiqarilayotgan ob’ektni ishlash tamoyillarini aniqlash, ishlab chiqarishni 
    standartlashtirish, ixtisoslashtirish va avtomatlashtirish bo’yicha savollarni anglab 
    idrok eta olish. 
    5. Noaniqlik paytida bo’layotgan jarayonni tahlil qila olish, iqtisodiy baho 
    berish va qaror qabul qilish. 
    6. Qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun o’zini va jamoa faoliyatini tahlil qila 
    olishi, mavjud resurslarni taqsimotini o’z zimmasiga olishi, boshqaruv bo’linmalari 



    bo’yicha mas’uliyat va javobgarliklarni taqsimlashni bilishi, xodimlarni rag’batlantira 
    olish va boshqalar. 

    Download 386,83 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 386,83 Kb.
    Pdf ko'rish