|
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
|
bet | 1/2 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 167,5 Kb. | | #143873 |
Bog'liq ENHAT ishchi dastur ЭЭ tayyor(4 курс)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
«TASDIQLAYMAN»
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
______________ U.Meliboyev
2022 y “___” _____________
ENERGIYA NAZORATI VA XISOBLASHNING AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARI
FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI
Ta`lim sohasi: 320000 - Ishlab chiqarish texnologiyalari
Ta`lim yo’nalishi: 5310200- Elektr energetika (tarmoqlar bo’yicha)
Umumiy o’quv soati - 220 soat
Shu jumladan:
Ma’ruza - 72 soat (7 - semestr – 28 soat; 8 - semestr – 44 soat )
Amaliy mashg’ulot – 12 soat (7 – semestr –0 soat: 8 – semestr – 12 soat )
Tajriba mashg’ulot – 36 soat (7 – semestr – 24 soat; 8 – semestr – 12 soat)
Mustaqil ta’lim - 100 soat (7 – semestr – 40 soat; 8 – semestr – 60 soat)
Namangan – 2022
Fanning o‘quv dasturi Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti 20__ yil __ sonli bayonnamasi bilan “Energiya nazorati va xisoblashning avtomatlashtirilgan tizimlari” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Fan ishchi o’quv dasturi Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti kengashining
20____ yil “___” _________ dagi “___” – sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchilar:
E.Yu.Sharibayev NamMTI “Energetika” kafedrasi katta o’qituvchisi
NamMTI “Avtomatika va energetika”
“Energetika” kafedrasi mudiri:
20___ yil “___” ____________ ____________________ N.Shariboyev
(imzo)
NamMTI “Avtomatika va energetika”
fakulteti dekani:
20___ yil “___” ____________ ____________________ A.Mamaxonov
(imzo)
1. O‘quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar.
Ushbu fan istemolchilarda istemol qilingan elektr energiyasining hisobga olish va istemolni nazorat qilish borasida barcha bilimlarni o’z ichiga olib, u talabalarda istemolchilarda elektr energiyasi istemolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini tadbiq etish borasidagi ko’nikmalarni shakllantiradi.
Fanni o’qitishdan maqsad – elektr energiyasining avtomatik nazorati va hisobi to’g’risida talabalarda ko’nikma xosil qilish xisoblanadi. Shu bilan birga, elektr energiyasining avtomatik nazorati va xisobning asosiy tushunchalari, iqtisodiy va texnik elektr energiyani nazorat qilish va xisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari (ENHAT), uni amalga oshirish, sanoat korxonalarida ENHATni qurish va tashkil etish variantlari bilan bog’liq barcha masalalar atroflicha o’rganib chiqiladi.
Ushba maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, xodisa va jarayonlarga uslubiy yondoshuv xamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini shakllantiradi.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi: Talaba
Elektr ta’minoti tizimida elektr energiyasi istemolini hisobga olish va nazorat qilishning tutgan o’rni to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;
Iste’molchilarda istemol qilingan elektr energiyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini istemolchilarda tashkil etishning o’ziga xos xususuyatlarini bilish va ulardan foydalana olishi;
Iste’molchilarda istemol qilingan elektr energiyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini istemolchilarda tashkil etish soxasidagi mavjud muammolar bo’yicha yechimlar qabul qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
|
| |