Sulfat kislotaning me’yori




Download 1.23 Mb.
bet8/23
Sana31.07.2021
Hajmi1.23 Mb.
#16326
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Sulfat kislotaning me’yori. Fosfatni parchalashga sarflanadigan sulfat kislotaning stexiometrik me’yori 7H2SO4:3P2O5 nisbat orqali aniqlanadi va u 1 qism P2O5 ga 1,61 qism H2SO4 to’g’ri keladigan miqdorga teng (bu yerda va keyinchalik ham massa nisbatida bo’ladi). Apatit kontsentratida 39,4% P2O5 bo’lsa, 100 qism xomashyoga to’g’ri keladigan H2SO4 ning stexiometrik me’yori 39,4x1,61 = 63,4 qismni tashkil qiladi. Parchalanishni tezlashtirish maqsadida va begona qo’shimchalar borligini hisobga olgan holda kislotaning amaliy me’yori nisbatan yuqori – 68 dan 72 qismgacha olinadi [8].

Fosforitlardan oddiy superfosfat olishda sulfat kislotaning stexiometrik me’yorini hisoblash – xomashyoning kimyoviy va mineralogik tarkibini hamda reaktsion muhit kislotaliligining kamayish darajasi bo’yicha uning parchalanish jarayonida sodir bo’ladigan ikkilamchi reaktsiyalarni ham e’tiborga olingan holda amalga oshiriladi. Ajralib chiqadigan kislotalar (H3PO4, HF) ham boshlang’ich xomashyo komponentlarini parchalaydi. Boshlang’ich xomashyo tarkibidagi kalsiyning bir qismigina monofosfatga aylanadi, qolgan asosiy qismi esa sulfat kislota sarflanishi hisobiga kalsiy sulfatga aylanadi. Fosfatli anionlarning bir qismi kationli qo’shimchalar – Mg2+, Fe3+, Al3+ bilan birikadi, natijada monofosfatga aylanadigan kalsiyning ma’lum ulushini kamayishiga, ya’ni hosil bo’ladigan CaSO4 miqdorining ortishiga olib keladi; bu esa sarflanadigan H2SO4 me’yorini orttirishni talab etadi.

Fosforitda kalsiydan tashqari erimaydigan sulfatlar hosil qiluvchi boshqa elementlar yo’q bo’lganda, sulfat kislotaning stexiometrik me’yori (n) quyidagi formula bilan aniqlanadi:



Download 1.23 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Download 1.23 Mb.