|
-MA’RUZA
MAVZU: KALANDRLAR KONSTRUKSIYASI
|
bet | 31/104 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 13,19 Mb. | | #158020 |
Bog'liq JIXOZ majmua oxirgi variyanti10-MA’RUZA
MAVZU: KALANDRLAR KONSTRUKSIYASI
Reja:
1. Kalandrlar haqida umumiy malumot.
2. Kalandrlar ishlash printsipi.
3. Kalandrlarda olinadiga maxsulotlar.
Plastik mahsulotlar sanoatida qo‘llaniladigan kalandrlarning turlari juda ko‘p va ular quyidagi sinflarga bo‘linishi mumkin: Fupksional maqsadga ko‘ra:
a) kalibrlangan list va plyonkalar ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan uiiversal kalandrlar;
b) relefli gul bosish uchun mo‘ljallangan kalandrlar;
v) plyonkaga rangli gul bosish uchun mo‘ljallangan bosma kalandrlar;
g) ikki qatlamli mahsulotlar ishlab chiqaradigan qatlovchi kalandrlar.
Vallarning soni va joylashishiga ko‘ra:
a) uch yoki to‘rtvalli (ba’zan beshvalli);
b) G-, L-, I, Z- va S- shakllaridagi kalandrlar (V.23-rasm). Harakat uzatish tizimiga ko‘ra:
a) umumiy uzatgichli, vallarga uzatuvchi shesternyalar o‘rnatilga kalandrlar;
b) (a) holdagidek, ammo uzatuvchi shestsrnyalari, alohida bo‘g'indan iborat bo‘lib, vallarga sharnirlar yordamida bog’langan kalandrlar;
v) har bir val va alohida flansli elektrodvigatelga va reduktorga ega bo‘lgan kalandrlar.
Vallarnipg mahsulotga beradigan bosiminipg xarakteriga ko‘ra:
a) vallarning bosimi boshqariladigan va vallar orasidagi tirqish valni moslama yordamida o‘zgartiriladigan kalandrlar (universal kalandrlar);
b) doimiy bosimli va tirkish kattaligi mahsulotning qalipligiga bog'liq ravishda avtomatik tarzda o‘zgartiradigan kalandrlar (katlovchi, releflovchi va boshqa maxsus kalandrlar).
Har qanday kalandr uchun vallar soni, ularning joylashish usuli, tirqishdagi bosimning boshqarilishi va uzatgichning turi kabi jixatlarning bir yoki bir nechtasi muvofiqlashgan bo‘lishi maqsadga muvofikdir.
Unversal kalandrlar odatda to‘rt valli bo‘lib, vallar G-yoki Z-shaklda joylashtiriladi.
Zamoaviy burchaksimon (G- yoki G- shakldagi) yoki sirtmokspmon (Z-, S-shakldagi) kalandrlar balandligi va tirkpshlarning boshqariluvchanlshsha ko‘ra to‘g'ri chiziqli vertikal kalandrlarga nisbatan katta ustunliklarga ega.
Oxirigi nuqtai nazarga ko‘ra G yoki L shakldagi kalandrlar Z yoki S shakldagi kalandrlarga nisbatan ancha qulay, ammo Z yoki S shakldagi kalandrlar mahsulot qalinligi bo‘yicha sifatliroq maxsulot ishlab chiqaradi.
U.23-rasm. Kalandrlar chizmasi.
Har bir kalandr ishlab chiqarish maqsadidan kelib chiqqan holda, vallar orasidagi tirqishi tegishli diapozonda o‘zgarish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Tirqish biror mahsulotga moslab sozlangach, shu mahsulotni ishlab chiqarish davomida bu qiymat, mahsulot xossalarining tebranishlariga qaramay, o‘zgartirilmaydi.
Shuning uchun ham vallarning xom ashyoga beradigan bosimi ma’lum chegarada tebranib turadi.
Tirqishni sozlash diapozoni katta bo‘lganda vallar o‘qlari orasidagi masofa ham katta o‘zgarishga ega bo‘ladi. SHuning uchun har bir val o‘qlarning kichik mikdorida og'ishiga imkon beradigan alohida alohida sharnirli uzatgichga ega bo‘lishi ma’kul hisoblanadi. Releflovchi, bosma, qatlovchi maxsus kalandrlar, vertikal ravishda sodda yig'ilgan 2 yoki 3 tagina valga ega bo‘lishiga qaramay, ishlov berish jarayoni sifatli amalga oshiriladi.
Tirqishlardagi bosimni o‘zgarmas ushlab turish uchun bu mashinalar tirqish kattaligipi uncha katta bo‘lmagap chegarada avtomatik tarzda sozlovchi maslamalar bilai ta’miplanishi lozim.
Universal mashinalarning uzatish tizimi ishlanayotgan plastiklarning elastiklik moduli, relaksatsion xarakteristikasi va boshqa shu kabi mexanik hossalariga bog'liq ravishda kalapdrlash tezligipi keng diapozonda boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Universal mashinalar uchun kalandrlashning yuqori tezligi 50 m/min.dan, maxsus pardozlash mashinalari uchun esa 25 m/min.dan kam bo‘lmasligi lozim.
Vallarning uzunligi, tayyorlanadigan mahsulotning enidai kelib chiqib, odatda 1800 mm dan oshmaydi. Ba’zi hollarda valning uzunligi 2500-3000 mm gacha bo‘lishi mumkin. Vallarning diametri xuddi qo‘shval mashinalardagi kabi 400-650 mm atroflarida bo‘ladi.
Kalandrlarning barcha turlaridagi bo‘g'inlar va detallar nomenklaturasi, qo‘shval mashipalarda qo‘llapiladigan nomsnklatura bilan bir hildir. YUklash va qabul qilish qurilmalari esa ko‘rinishi va murakkabligi jihatdan turli tuman bo‘litpi mumkin.
U-24-rasm. To‘rtvalli uiiversal kalandr: 1—fundament plitasi; 2—stanina; 3—traversa; 4—podshilniklar; 5—vallar; 6—tirqishni tozalash moslamasi; 7—uzatgich; 8— shevronli tishli uzatish g'ildiragi; 9—almashtiriluvchi uzatish shesternyalari.
V. 24-rasmda valning uzunligi 1730 mm, diametri 610 mm bo‘lgan G-shaklidagi to‘rtvalli U-4-1730 kalandr tasvirlangan.
(1) cho‘yan fundament plitaga bir-biriga tepa qismidap (3) travers bilan bog'langan (2) ikkita vertikal stanina o‘rnatilgan. Staninalarga (5) vallar uchun (4) podshipniklar o‘rnatilgan. Pastdan ikkinchi val qo‘zg'almas podshipniklarga o‘rnatilgan bo‘lib, bu val (8) shevronli tishli g'ildiraklar yordamida (7) uzatgich tomonidan xarakatga keltiriladi. Qolgan vallarning podshipniklari, vallar orasidagi tirqishni sozlash maqsadida, maxsus (6) msxanizmlar yordamida suriladigan qilib o‘rnatilgan. Kalandrlarning uzatish tizimi 165 kVt quvvatga ega bo‘lgan o‘zgarmas elektr tokida ishlaydigan elektrodvigateldan reduktorlar yordamida boshqariladi. Uzatish valining aylanma tezligi 5,5-54,4 m/min chsgarada boshqarib turiladi. Almashtiriluvchan (9) uzatish shesternyalari vallarning tezligipi bir hil (friksiya 1:1) yoki turlicha (gorizontal ustki va vertikal nastki vallar friksiyasi 1:1,34 ga teng) bo‘lishini ta’minlaydi; vallar orasidagi tirqish esa 0-8 mm chegarasida boshqarilib turiladi, Bu turdagi kalandr fakat listli mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Ancha yupqa mahsulot olish uchun ham aynan shunday tuzilishdagi, ammo tirqishni sozlash tizimi esa yanada aniqrok ishlaydigan kalandrlar qo‘llaniladi (CHehoslavakiyada chiqariladigan 650 X 1650 kalibrli to‘rtvalli kalandrlar 0,1-0,8 mm li plyonkalar ishlab chiqaradi.
|
| |