• LABORATORIYA MASHG’ULOT MATERIALLARI IV.
  • O’QUV MATERIALLARI 1-MA’RUZA MAVZU Kirish. Reaksiya uskunalari. Reaktorlar tasnifi. Reja
  • I O’QUV MATERIALLARI




    Download 13,19 Mb.
    bet2/104
    Sana17.02.2024
    Hajmi13,19 Mb.
    #158020
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
    Bog'liq
    JIXOZ majmua oxirgi variyanti
    Документ Microsoft Word, 1-Amaliy ish (2), 1-Amaliyot ishi (2), 2-Laboratoriya ishi. Krivoship-shatun va gaz taqsimlash mexanizmlari., реферат, ЮМБ КУРС ЛОЙИХА МАВЗУЛАРИ — копия (охри), 9au, vazira, 01-MA’RUZA KIRISh ILM VA ILMIY TUShUNChALAR, tilchilar, 141-149, Asosiy uzatma. differentsial va yarim o`qlar., Atom tuzilishi, Защита информации в компьютерных системах и сетях железнодорожного транспорта (1)
    I

    O’QUV MATERIALLARI




    II.

    AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI




    III.

    LABORATORIYA MASHG’ULOT MATERIALLARI




    IV.

    GLOSSARIY




    V.

    ILOVALAR






    O’QUV MATERIALLARI


    1-MA’RUZA
    MAVZU Kirish. Reaksiya uskunalari. Reaktorlar tasnifi.
    Reja:

    1. Fanning sanoatda tutgan o’rni va ahamiyati.

    2. Reaksiya uskunalari rivojlanish yo’llari.

    3. Reaktoz turlari va ularning tasnifi.

    Sintez jarayonini tashkil etish prinsipiga ko‘ra reaktorlar to‘xtovsiz yoki davriy harakatlanuvchi bo‘lishi mumkin. To‘xtovsiz harakatlanuvchi sintez uzeli bitta reaktordan yoki bir-biriga ketma-ket birlashtirilgan reaktorlar majmuasidan iborat bo‘lishi mumkin.


    Reaktorlar qorishtiruvchi moslamalar bilan yoki ularsiz ishlaydi; reaksiya muhitini qorishtirish uchun mexanik aralashtirgichlardan, nasos yordamida oqim sirkulyatsiyasidan va statik qorishtirgichlardan foydalaniladi.
    Gidromexanik jarayonlar dispergirlash, emulgirlash, suspendirlashni hamda suyuqlik-suyuqlik, gaz-suyuqlik, gaz-suyuqlik-qattiq jism sistemalaridagi issiqdik-massa almashtiruvi va kimyoviy jarayonlarni tezlashtirish uchun asosan mexanik aralashtiruvchi qo‘llaniladi.
    Polimer materiallar sintezida ishlatiladigan barcha aralashtiruvchi moslamalarni uch guruhga ajratish mumkin:
    1) kurakli;
    2) turbinali va propellerli (parrakli);
    3) maxsus aralashtirgichlar.
    Uchinchi, so‘nggi guruhga polimerlarning yuqori darajada yopishqoq (500 Pa s gacha) eritmalarni aralashtirish uchun qo‘llaniladigan vintli, shnekli, lentali, romli aralashtirgichlar kiradi.
    Kurakli, vintli, lentali va shnekli aralashtirgichlar sekin harakatlanuvchi aralashtirgichlardir: bunday aralashtirgichlarning aylanish soni (chastotasi) 30-90 ayl/min ga teng; yopishqoq suyukliklarni aralashtirishda qo‘llaniladigan kuraklar uchining aylanish tezligi 2-3 m/s ga teng.
    Propellerli va turbinali aralashtirgichlar tez xarakatlanuvchi hisoblanadi: ularning aylanish chastotasi 100 dan 3000 ayl/min gacha bo‘lib, aylanish tezligi 3-30 m/sek. ga teng.
    Propellerli aralashtirgichlar odatda uchta parrakli qilib yasaladi. Ular nasos ta’sirchanligiga ega bo‘lib, suyuqlikning intensiv sirkulyatsiyasini yuzaga keltirish uchun qo‘llaniladi.
    Turbinali aralashtirgichlar turli konstruksiyalarga ega bo‘lib, ochiq yoki yopiq tipda bo‘lishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida ham radial, ham o‘q bo‘yicha oqimni paydo qilish uchun, qiya parrakli turbinali aralashtirgichlardan foydalaniladi.
    Ish hajmida temperaturalar konsentratsiyasining taqsimlanishiga ko‘ra reaktorlar mutloq qorishtiruvchi, mutloq siqib chiqaruvchi va oraliq tipda bo‘lishi mumkin. Oraliq tipdagi reaktorlarda konsentratsiyalar maydoni № ko‘rsatgichining mutloq qorishtiruv yoki siqib chiqaruv reaktorlaridagi maydon ko‘rsatgichlariga yaqinlashuv darajasi oqimga kiritilayotgan g‘alayonga aks javobni ko‘rsatuvchi egri chiziqlar asosida aniqlanadi. № = 1 bo‘lganida reaktor mutloq qorishtiruv rejimida, № -> bo‘lganida esa mutlaq siqib chiqaruv rejimida ishlaydi.
    Polimerlar sintezi uchun hajmdor va truba shakli tipidagi umumqo‘llanishli reaktorlar ishlatiladi, ko‘pgina hollarda esa maxsus reaktorlar yaratish talab qilinadi.
    Yopishqoqlik darajasi yuqori bo‘lgan suyuqliklarni, shuningdek gaz bilan suyuqlikni aralashtirish uchun so‘nggi vaqtlarda statik qorishtirgichlar qo‘llanilmoqda. Bularda qorishtirish jarayoni suyuqlik yoki gazlarning kinetik energiyasi hisobiga amalga oshiriladi.
    Statik qorishtirgichlar reaktor yoki boshqa apparatura oldida truboprovodlarga yoki bevosita reaksiya apparaturasi ichiga o‘rnatiladi.
    Vint shaklidagi qo‘shimchalar bilan ta’minlangan turli hil konstruksiyali moslamalar eng oddiy statik qorishtirgichlar deb hisoblanadi.
    1.1- rasmda gaz va suyuklikni aralashtirishga moslashtirilgan silindr shaklidagi statik qorishtirgich konstruksiyasi tasvirlangan bo‘lib, bu qorishtirgich korpusida qo‘shimcha elementlar, ya’ni zanglamaydigan po‘latdan yasalgan turli burama plastinalar bir-biriga tutash holatda o‘rnatilgan. Alohida element geometriyasi buralishning burchak va yo‘nalishi bilan, shuningdek diametr va uzunlikning o‘zaro nisbati bilan belgilanadi.

    Rasm 1.1. Gaz va suyuklikni aralashtirishga moslashtirilgan silindr shaklidagi statik qorishtirgich konstruksiyasi
    Statik qorishtirgichda o‘rnatilgan elementlar soni aralashtirilayotgan suyukliklarning yopishqoklik darajasiga hamda ularning yopishqoqlik darajasiga ko‘ra o‘zaro nisbatiga bog‘liqdir. Yopishqoqlik va suyuqliklar yopishqoqligi o‘rtasidagi farq qanchalik yuqori bo‘lsa, shuncha ko‘p qo‘shimcha elementlar o‘rnatiladi.
    "Bran-Lyubbe" firmasi turli tipdagi statik qorishtirgichlar chiqaradi; bulardagi qo‘shimcha elementlar soni 6, 11, 16, 21 ga teng bo‘lib, uzunligi 140 mm dan 173 mm gachadir.
    1.2 - rasmda korpusi ichiga dorn o‘rnatilgan statik qorishtirgich konstruksiyasi ko‘rsatilgan. Sozlash vinti 1 ichki qo‘shimcha 3 bilan dorn 4 o‘rtasidagi o‘tish kesimini o‘zgartiradi; shu yo‘l bilan qo‘shimcha qarshilik yuzaga keltiriladi va aralashtiruv ta’sirchanligi o‘zgartiriladi. Zazor 0,5 mm dan 1,0 mm ga qadar sozlab turiladi. Bunday konstruksiyali statik qorishtirgich 2500 kg/soat poliaminni 6300 kg/soat fosgen va xlorbenzol qorishmasi bilan aralashtirish uchun qo‘llaniladi.

    Rasm 1.2. Sozlanuvchi dornli statik qorishtirgich: 1 - sozlash vinti; 2 - korpus; 3 - ichki qo‘shimcha; 4 - dorn; I va II — oqimlarning kirish joyi; III - qorishmaning chiqish joyi.
    Bir oqim ichki qo‘shimcha ichiga, ikkinchi oqim qo‘shimchaning tashqi bo‘shlig‘iga yuboriladi. Oqimlar aralashuvi korpus, ichki qo‘shimcha va dorn oralig‘ida hosil bo‘lgan kanallarda amalga oshadi. Qorishtirgich ish sharoitidagi bosim o‘zgarishi 2,2 MPa na tashkil qiladi; bunda oqimning kirishdagi bosimi 4,0 MPa ga teng.
    Statik qorishtirgichlar shakliga ko‘ra ixcham, oddiy tayyorlanadi va ekspluatatsiyaga chidamlidir. Ularda xarakatlanuvchi va shibbalovchi moslamalar yo‘q. Ular aralashtiruv zonasining ish hajmi kichikligi va harakatsiz zonalarning yo‘kligi bilan ajralib turadi.
    Umumqo‘llashga moslashtirilgan reaktorlar
    Aralashtiruvchi moslamali namunali reaktorning asosiy uzellari qopqoqli korpus, uzatma va qorg‘ichdan iboratdir. Vertikal valli tashqi elektr uzatma eng ko‘p qo‘llaniladigan uzatmadir. Namunali bo‘lmagan reaktorlarda shuningdek valli gorizontal yoki yon tomoniga o‘rnatilgan uzatmalar ham qo‘llaniladi. Vertikal uzatma reaktorga nisbatan yuqoriga yoki pastga joylashtirilishi ham mumkin.
    Aralashtiruvchi moslama vali reduktor vali bilan ko‘pincha bo‘ylamasiga bo‘laklarga ajratiladigan yoki tishli mufta yordamida biriktiriladi. Birinchi holatda reduktor podshipnigi valga tayanch vazifasini o‘taydi.
    Qorg‘ich ishga tushgach, valning konsol uchiga aralashtirilayotgan muhitda tushayotgan dinamik kuchlanish natijasida aylanma tebranish kelib chiqadi. Val tebranishlarini yo‘qotish va chidamlilikni oshirish maqsadida reaktorlarga odatda so‘nggi yoki oraliq podshipnik o‘rnatiladi.
    So‘ngti podshipnik aylanma tebranishlardan podshipnik tayanchlarini xalos etib, salnikning ishlash sharoitini yaxshilaydi. So‘nggi podshipnikdagi ishqalanish jufti ikkita sirganish vtulkasidan iboratdir: bittasi qorg‘ich valiga, ikkinchisi podshipnikning qo‘zg‘almas plitasiga o‘rnatiladi. Reaksiya muhitiga bog‘liq holda vtulka zanglamaydigan po‘latdan, bronzadan yoki ftoroplastdan yasaladi.
    Ikkinchi holatda val tayanchi bo‘lib uzatma ustunidagi stakanda o‘rnatilgan ikkita podshipnik xizmat qiladi.
    Germetiklikni hosil qilish maqsadida aylanayotgan vallarni zichlashtirish uchun bir necha tipdagi zichlovchi moslamalar qo‘llaniladi: yumshoq va qattiq kiydirmali salniklar va germetik uzatma.
    1.3 - rasmda sovutilayotgan salnik (NIIXIMMASh normalariga qo‘llash tavsiya qilingan) ko‘rsatilgan bo‘lib, undagi salnik moslamasi ayni vaqtda qorg‘ich valiga sirgalish podshipniki vazifasini o‘taydi.
    Kiydirmali salniklarning o‘rtasida butun val bo‘ylab moyning kelishini ta’minlovchi moylovchi halqa mavjud bo‘ladi. Issiklikni qaytarish (sovutish) sovutuvchi suyuqlik uchun ishlatiladigan qobik (rubashka) yordamida amalga oshiriladi.

    Rasm 1.3. Sovutilayotgan salnik: 1 - aralashtirgichning vali; 2 - salnikning korpusi; 3 - ustki parda (qobiq, rubashka); 4 - siquvchi gardish; 5 - kiydirma; 6 - moylovchi halqa; 7 - tirgovich halqa; I, II - sovutuvchi suyuqlikning kirish va chiqish joyi.
    250 °C gacha bo‘lgan xaroratlarda ftoroplastli kiydirmalarni, 80 °C gacha bo‘lgan xaroratlarda esa asbestli, singdirilgan kanop yoki arqondan qilingan kiydirmalar ishlatiladi. Singdirish uchun ishqalanish koeffitsiyentini kamaytirish va kiydirma va val o‘rtasidagi germetiklikni yaxshilashga xizmat qiladigan parafin, grafit, suyuq shisha, ftoroplastli suspenziya ishlatiladi. Sanab o‘tilgan kiydirmalarni 0,6 - 4,0 MPa bosimlarda ishlatiladi.

    1.4-rasm. TD nusxali ko‘ngdalang zichlovchi moslama 1 - aylanuvchi halqalar; 2 - xarakatsiz halqalar; 3 - gardishlar; 4 -asos; 5 - halqa; 6 - korpus; 7 - prujina; 8 - planka (taxtacha)lar; 9 -qopqoq; 10 - fiksator; 11 - parraklar; 12 - vtulka (tiqin).
    Reaksiyalar sodir bo‘ladigan muhitida o‘ta zaharlovchi tarkibiy qismlar mavjud bo‘lgan reaktorlarni zichlantirish maqsadida, hamda yuqori bosimlardagi jarayonlarni o‘tkazishda zich (germetik) uzatmadan foydalaniladi. Germetik uzatma reaktorga nisbatan tepada yoki pastda joylashgan bo‘lishi mumkin.
    Germetik uzatmalarda aralashtirgichning ustiga rotor o‘rnatilgan vali magnitsiz material (masalan, xromonikelli po‘lat)dan yasalgan gilzaning ichida joylashgan bo‘lib bu gilza orkali aylanma xarakat statordan valga uzatiladi.
    Gilza reaktorning ichki qismini tashqi ta’sirlardan to‘la himoya qiladi.
    Jarayon zaxarlovchi gaz (fosgen)ning difenilopropan (DFP)ning suvli aralashmasidagi metilen-xloridda +25 °C haroratda bo‘linishi (dispersiyalanishi)dan iborat.
    Zaharlovchi gaz (fosgen) va difenilopropanning o‘zaro ta’siri natijasida reaktor - fosgeneratorda polikorbonat oligomerlari hosil bo‘ladi. DFPning o‘zgarishi (konversiyalanish darajasi) 80% ni tashkil etadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri reaksiya bilan bir qatorda fosgen qismlarining gidrolizlanish reaksiyasi bo‘lib o‘tadi.
    Asosiy reaksiyaning issikdik effekti 125 kDj/mol ni tashkil etadi. Reaksion muhitning qovushqoqligi 0,05 Pa s atrofida bo‘ladi.
    Reaktor ostki qismiga joylashtirilgan 23 kVt quvvatli germetik uzatma bilan ta’minlangan. Dvigatel portlashdan himoyalangan va asinxronlangan. Ichki ko‘ngdalang zichlik orqali zichlantiruvchi suyuqlikning oqib ketishining maksimal darajasi 104 m3/sek dan iboratdir. Zichlantiruvchi suyuqlik-tuzsizlantirilgan suvdir. Aralashtirgichning aylanma tezligi 30 m/sek atrofida bo‘lgan minutiga 3000 aylanish chastotasiga unumdorlik darajasi 1000 m3/sek dan iborat.
    Issikdikni pasaytirish maqsadida reaktor olmaxonning chambaragi ko‘rinishida ichki issikdik almashtiruvchi yuza (16,5m2) bilan ta’minlangan. Issikdik almashinishining umumiy yuzasi 25 m2. Ortiqcha bosim reaktorda 6,4 mPa, ustki parda (rubashka) esa 0,6 mPa.
    Parrakli aralashtirgichning nasosga o‘xshash ta’sir ko‘rsatishi natijasida reaksiya massasi markaziy kuvur va markaziy quvur bilan reaktor devori o‘rtasidagi halqasimon tirqish oralig‘ida aylanib yuradi.
    Vaqt birligi ichida bosilgan masofa bilan o‘lchanadigan tezlik diffuzorda 1,4 m/sek ni, halqasimon satxda taxminan 1 m/sek.
    Konsentratsiyalar maydoni tavsifi bo‘yicha reaktor oraliq nusxadagi apparatlar sirasiga kiradi va yuksak darajada aralashish (dispersiya - mayda zarrachalarga ajralish darajasida) va yuksak darajada siqib chiqarish (aylanish doirasida) bosqichlaridan tashkil topadi.
    Suyuqlikning o‘q yo‘nalishida vaqt birligi ichida bosib o‘tgan tezligi v=27inhcos2q) ifodasi bilan belgilanadi (bunda h — vint (tiqin)ning qadami; f = 0,45—0,8 — vintning kuragining ko‘tarilish darajasi.
    Aralashtirgichning unumdorligi V = 0,8nvly/4 (bunda D - parrakning diametri).
    Keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiy va sotsial rivojlantirish rejalarida sintetik va tabiiy yuqori molekulyar birikmalar ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi sanoati ishlab chiqarayotgan maxsulotlar sifatini oshirish masalasiga katta e’tibor berilmokda.
    Asosiy qo‘llaniladigan jixozlar va jarayonlar quyidagilardir -ekstruzion mashinalar, termoplast va reaktoplastlarni quyuvchi mashinalar, gidravlik presslar, aralashtiruvchi jixozlar, valslar, kalandrlar, pardozlash jarayoni va jixozlari.
    Jixozlarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkillashtirilayapti: jixozlarni yangi boshqarish sistemalari, ularni sinxronlashtirish, avtomatlar yordamida nazorat qilish va jarayonlarni parametrlaripi sozlash.
    Sanoat oldida turgan asosiy masalalarni hal etish uchun yuqori malakali bakalavr kadrlar kerak. Bunday kadrlar prinsipial yangi ilmiy g‘oyalar va texnikaviy yechimlarni yaratish qobiliyatiga ega bo‘lishlari zarur.
    Ishlab chiqarish jarayonlarni taraqqiyoti asosida jadallashtirish - xozirgi bosqichda iqtisodiy masalaning muxim vazifasi xisoblanadi. Bu ulkan ishlarni bajarish kadrlar malakasiga bog‘likdir.
    Bu fan sintetik va tabiiy yuqori molekulyar birikmalarni kimyoviy texnologiyasi sanoati uchun bakalavrlar tayyorlashda polimer maxsulotlarini olish va qayta ishlash jarayonlarining jixozlari predmeti katta axamiyatga ega. Ushbu fan talabalarga o‘z ixtisosliklarini chukur egallashga, ularni bilimlarini mustaxkamlashga, qanday qilib ishlab chiqarish intensivligini oshirish va texnologik jixozlardan unumli foydalanish usullarini va jixozlar imkoniyatlarini o‘rgatadi.

    Download 13,19 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




    Download 13,19 Mb.