Suspnziyalarni va polimer eritmalarini filtrlash




Download 13,19 Mb.
bet9/104
Sana17.02.2024
Hajmi13,19 Mb.
#158020
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104
Bog'liq
JIXOZ majmua oxirgi variyanti
Документ Microsoft Word, 1-Amaliy ish (2), 1-Amaliyot ishi (2), 2-Laboratoriya ishi. Krivoship-shatun va gaz taqsimlash mexanizmlari., реферат, ЮМБ КУРС ЛОЙИХА МАВЗУЛАРИ — копия (охри), 9au, vazira, 01-MA’RUZA KIRISh ILM VA ILMIY TUShUNChALAR, tilchilar, 141-149, Asosiy uzatma. differentsial va yarim o`qlar., Atom tuzilishi, Защита информации в компьютерных системах и сетях железнодорожного транспорта (1)
Suspnziyalarni va polimer eritmalarini filtrlash uchun jixozlar
Filtrlash jixozi filtrlovchi to‘siqlardagi bosim doimiy o‘zgarib to‘rganda yoki filtrlash tezligi doimiy bo‘lganda ishlay olishi mumkin.
O‘zgaruvchan bosimni hosil qilish usullariga qarab filtrlovchi jixozlarni filtrlarga va tsentrifugalarga, jarayonni tashkil qilish usullariga qarab esa bu jixozlarni uzluksiz yoki davriy ravishda ishlovchi jixozlarga ajratish mumkii.
Uzluksiz ishlovchi jixozlarda cho‘kindilarni uzluksiz ravishda mexanizatsiyalashtirilgan usulda chiqarib qo‘llaniladi. Davriy ravishda ishlovchi jixozlardagi cho‘kindilarni esa jarayon tugaganidan so‘ng chiqarib olinadi. Davriy ravishda ishlovchi jixrzlardan ishlab chiqarish hajmii kichik bo‘lgan korxonalarda foydalaniladi. Ulardan cho‘kindilar tushirish uchun ham filtrlovchi to‘siqlarning kovakchalarini tikiltirishda ham qo‘llanilishi mumkin. Uzluksiz ishlovchi jixozlar cho‘kindilar tushirishda ishlatiladi.
Filtrlovchi jixozlarning yangi turlarini ishlab chiqarayotganda rivojlangan filtrlovchi satxga ega bo‘lgan, texnologik jarayonlarni to‘xtatmasdan regeneratsiya qilish mumkin bo‘lgan turlarni yaratishga e’tibor qilinishi keraq
Filtrlar. Suspenziyalarni ajratib olish uchun turlicha to‘zilishdagi davriy ravishda va uzluksiz ishlovchi filtrlar qo‘llaniladi.
Ishlab chiqarish hajmii kam bo‘lgan korxonalarda vakuum ostida ham, bosim ostida ham ishlay oluvchi nutch-filtr keng tarkalgan. Plastmassa ishlab chiqarishda chiqindilarni mexanizatsiya usulida chiqarib yuboradigan nutch-filtrlarni suspenziyalarni ajratib olish va cho‘kindilarni yuvishda keng qo‘llaniladi.
Ish sikli filtrni suspenziya bilan to‘ldirish, suspenziyani bosim ostida filtrlash, aralashtirgich aylanib to‘rgan paytda filtr to‘siqlaridan cho‘kindilarni chiqarib tashlash va regeneratsiya qilishni o‘z ichiga oladi. Bunday filtrlarda bir vaktning o‘zida cho‘kindilarni yuvish ham mumkin. Nutch-filtrlarning diametri 1 m, hajmii - 0,5 m3 gacha.
Suspenziya va polimer eritmalarini filtrlash uchun propilenli, lavsanli, poliamidli, shisha tolali sun’iy tolalardan tayyorlangan filtrlovchi to‘siqlar qo‘llaniladi. Sun’iy tolalardan tayyorlangan filtrlovchi to‘siqlar yuqori darajadagi mexaniq mustaxkamlikka va termik va kimyoviy jixatdan chidamli bo‘ladi. Ularni asta-sekin tubigacha zichlik bilan o‘zgartirib tayyorlanadi, bu esa tarkibida oz miqdorda qattiq fazalarni birlashtirgan suspenziyalarni filtrlashni ta’minlaydi. Filtrlovchi materialning o‘zgargan zichligi zarralarni filtrning eng chuqur joylarida ham ushlab qolish imkonini beradi: yirik zarralar filtrning tashqi qatlamlarida, mayda zarralar esa chuqur qatlamlarida tugilib qoladi. Bunday filtrlash filtrlanuvchi muxitdagi yuqori tezlikni ta’minlaydi, ustki kovaklarning tiqilib qolishiga barham beradi va filtrlarning xizmat muddatini o‘zaytiradi.

4.1 - Rasm. Yotiq (gorizontal) bo‘lmali filtr - press (FPKAM):
1 - kirish taxtachasi; 2 - perforatsiya qilingan (g‘alvirlangats) yaprok; 3 - filtrat uchun joy; 4 - ostki taxtacha; 5 - suspenziyalar va cho‘kindi uchun bo‘lma; 6 - elastik diagfragma; 7 - filtrlovchi gazlama; 8 - suspenziyalarni to‘plovchi kollektor; 9, 10, 13 - yulak (kanal)lar; 11 — filtratni to‘plab qaytaruvchi kollektor; 12 - suv uchun joy.
Uzluksiz ravishda ishlovchi avtormatlashtirilgan filtr • press (FPAKM). 80° S gacha bo‘lgan xaroratda konsentratsiyasi 10-500 kg/m3 bo‘lgan polimerlarning o‘ta mayda zarralarga bo‘liiuvchi suspenziyalarini ajratish uchun ishlatiladi. U bir-birlariga juda yaqin qilib ulangan to‘g‘ri burchakli nutchlar qatoridan iborat. Nutchlarning bir-birlariga yaqin qilib ulanishi natijasida filtrlashning solishtirma sathi o‘sadi.
4.1-rasmda filtrning kesimi uch xil ishchi holatlarida tasvirlangan.
Ustki taxtacha (1) g‘alvirlangan perforatsiya qilingan yaproq (2) va ostida filtratni kdbo‘l qilib olinadigan bo‘shliq; (3) bo‘lgan filtrlovchi gazlama (7) bilan yopilgan. Ostki taxtacha taxtachalar qisilgan paytda suspenziya va cho‘kindilar uchun bo‘lma (5) ni yuzaga keltiradi.
A holatida bo‘lmaga kollektor (8) dan suspenziya (ajratilish uchun), yuvish uchun suyuqlik va cho‘kindini quritish uchun siqilgan xavo ketma-ket kelib tusha boshlaydi, filtrat, yuvuvchi suyuqlik va xavo kanallar orqali kollektor (11) ga qaytarib chiqariladi. Suv uchun bo‘shliq (12)kd kanal (13)lar orqali bosim ostida suv yuboriladi va suv o‘tkazmaydigan diafragma cho‘kindini siqadi (II holat). Keyin taxtachalarni surib orasi ochiq holatga keltiriladi va cho‘kindi taxtachalar surilganda paydo bo‘lgan tirkish orqali filtrdan chiqib ketadi (III holat). Barabanli vakuum - filtrlar erituvchi suyuqliklardagi tarkibida 50 dan 500 kg/m3 gacha qattiq fazalar bo‘lgan polimer suspenziyalarni ajratish uchun qo‘llaniladi. Qattiq zarrachalar kristali, tolali, kristallanmagan va kolloid to‘zilishga ega bo‘lishi mumkin; filtrning unumdorligi qattiq zarralarning to‘zilishi bilan bog‘liq va ko‘rsatib o‘tilgan tartibda pasayadi. Sathi 2 dan 8 m2 gacha bo‘lgan filtrlar ishlab chiqariladi. Ularning dvigatellarining quvvati sathi ga mos ravishda 12 va 26 kVt ni tashkil etadi.
Polimerlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan filtrlovchi moslamaning shakli 4.2 - rasmda berilgan. Suspenziya nasos (8) bilan idish (7) dan filtrning maydoni (1) ga uzatiladi. Maydonda suspenziyani loyqalatish uchun tebranuvchi aralashtirgich o‘rnatilgan. Suspenziyaning tarkibida katta zichlikagi yirik qattiq zarralar bo‘lgan hollarda maydonda zarralarning tozalanishi sodir bo‘ladi. Bunga og‘irlik kuchlarining qarama-qarshi yo‘nalishi va filtratlarning xarakatlanishi sababchi bo‘ladi. Bunday xodisa poliamid suspenziyasining dimetilformalidda ajralishi paytida kuzatilgan.
Baraban yuzasining 30% i suspenziyaga botirilganda bu yuzaning vakuum liniyasiga ulanishi sodir bo‘ladi. Filtrat 1 - yiguvchida, yuvuvchi suyuqlik esa 2 - yiguvchida to‘planadi. Yiguvchilarga filtrni suvsizlantirish va yuvish paytida, hamda suyuqlikdan kelib tushgan xavoning ajralishi kuzatiladi,filtrat va yuvuvchi suyuqlik yiguvchilardan nasos (4) lar yordamida, xavo esa vakuum nasos (5) bilan surib olinadi. Qisilgan xavo filtrga xavo puflagich (6) bilan uzatiladi. Barabandagi cho‘kindi maxsus moslama yordamida chiqarib olinadi va cho‘kindilar to‘planadigan maxsus joy (priyomnik) (9) ga kelib tushadi.
Filtrlash qiyin bo‘lgan tarkibida yopishqoq, shilimshiq, kolloid to‘zilishli suspenziyalarni ajratib olish uchun «Alfa-laval» firmasi >(Shvetsiya) uzluksiz ishlovchi barabanli «lundin» vakuum filtratini ishlab chiqdi. Filtrning bir qismi 4.3 -rasmda tasvirlangan. Filtr velosiped gildiragini eslatadi. Filtrlovchi to‘siqding gardishi, filtr barabanini vakuum nasos bilan bog‘lovchi quvurlar (8) esa spitsa (kegay) lari hisoblanadi.
Filtrning filtrlovchi unsuri ustiga mayda katakli tur tushab qo‘yiladigan yirik katakli turdan iborat. Mayda katakli turga suspenzatorda tayyorlangan ko‘makchi element - kizelgur qalinligi 25 mm qilib uyuladi. Baraban (7), filtr va filtrlovchi tur (6) oralig‘ida vakuum bo‘shlig‘i mavjud. Cho‘kindi baraban aylanayotganda pichoq, (3) bilan kesiladi. Filtrning filtrlanayotgan muxit bilan bog‘lanishida bo‘ladigan detallari zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan. Filtrning hamma detallari yengillik bilan tozalanadi.
Lappakli filtratni polimer eritmalarini changsimon qattiq moddalardan yaxshilab tozalash uchun qo‘llanadi. Filtrlar ko‘makchi moddalarning uyilgan patlami bilan bosim ostida ishlaydi. Ular ichidagi ichi bush valga metall lappakli g‘alvirlangan (perforatsiya qshshngan) filtrlovchi unsurlar o‘rnatilgan idishlardan iborat. G‘alvirlangan teshiklarning diametri 8 dan 10 mm gacha. Lappakka polupropilenli filtrlovchi gazlama tortiladi va qisqichlar bilan maxkamlanadi.

25 m2 satxga ega bo‘lgan “Xemap” firmasining (Shvetsariya) “Funde” filtrining (4.4 rasm) chiqib 35 lappagi bor. Xar bir lappakning sathi 0.8 m2. filtrning ishchi bosimi 05. MPa, qobiqniki (rubashka) esa 0.3 MPa gacha ko‘tarila oladi. To‘liq val filtrlash lappaklari bilan birgalikda elektr yoki gidrodvigatel yordamida aylantiriladi. Valning aylanish tezligi minutiga 250 marta. Val qoplamali teflonli zichlikka (2) ega. Filtr tubini cho‘kmalardan tozalash uchun konus naychali puflagich ko‘zda tutilgan. Filtrni yiliga ikki marotaba qismlarga ajratib tozalanadi.
Filtrlash unsurlarini ichi bo‘sh valga (1) oraliq shayba (2) yordamida o‘rnatiladi. (4.5 rasm) polimer eritmasini filtrlashdan oldin ko‘makchi modda (3) filtrlash unsurlariga (5) qatlam qilib qo‘yiladi. Ko‘makchi moddalar qattiq fazaning oz miqdordagi konsentratsiyasiga ega bo‘lgan yoki tarkibida shilimshiq gelsimon moddalar bo‘lgan suspenziyalarni ajratishda filtrlash tezligini oshirish uchun qo‘llaniladi. Bu moddalar polimer eritmalarini keraksiz aralashmalardan, masalan, metall oksidlardan tozalash uchun ham ishlatiladi. Ko‘makchi moddalar zarralarning filtrlash to‘siqlarning kovaklarga kirib qolishiga qarshilik ko‘rsatadi. Ko‘makchi moddaning adsorbsiyasida eritmalardan hajmii 0,1 mkm gacha bo‘lgan zarralar chiqib ketishi mumkin. Plastmassa ishlab chiqarishda ko‘makchi modda sifatida yengil dispersiyalanuvchi faollashtirilgan ko‘mir, perlit, asbest, kizelgur va boshqa materiallardan foydalaniladi.

4.3 - Rasm. «Alfa-Laval» firmasining (Shveysariya) «Lundin»
filtrining bir qismi:
1 - suspenziyani keltirish uchun quvur; 2 - idish; 3 - cho‘kindini kesish uchun pichoq; 4 - cho‘kindi; 5 - ko‘makchi modda qatlami va filtrlovchi tur; 7 - filtr barabani; 8 - filtrat uchun quvur.

4.4 - Rasm. «Xemap» firmasining (Shveysariya) «Funda»
filtrining umumiy ko‘rinishi:
1 - uzatma tasmasini xarakatga keltiruvchi gildirak (shkiv); 2 -koplamali zichlik; 3 - qopqoq,; 4 - korpus; 5 - kobiq (rubashka); 6 - val; 7 filtrlash unsurlari; 8 - tirgaq

4.5 - Rasm. Lappakli filtrlash unsurlarining ishlash tartibi:
1 - to‘liq, val; 2 - oraliq shayba; 3 - ko‘makchi moddalar qatlami; 4 -filtrlash to‘qimasi; 5 - filtrlash unsuri; 6 - kiskich. I - suspenziya; II - filtrat.
Ko‘makchi moddalar suspenziyasini erituvchi suyuqlik yoki filtrlanayotgan eritma yordamida suspeizatorda tayyorlanadi. Tayyor suspenziya filtrlash unsurlari orasidan nasos bilan surib olinadi. Ayni paytda filtrlash to‘qimasi ustida qatlamlar paydo bo‘ladi (4). Ko‘makchi moddalar qatlamining balandligi 15-30 mm ga yetganda qatlamlanish tugaydi. Lappaklardagi filtrat ichi bush valdagi tirkish orqali valga kelib tushadi va erituvchi suyuqlikning teskari o^imi bilan yuviladi va inert gaz yoki xavo bilan kuritiladi.'
XIMMASh ilmiy tekshirish institutida cho‘kmalarni pichoq, bilan chiqarib oladigan (filtrlash yuzasi 5 va 20 m2) faollashtirilgan ko‘mir suspenziyasini polikarbonat eritmasida, metilenxloridda va polikarbonat suspenziyalarini metilenxloridda va atsetonda v faollashtirilgan ko‘mir va "Gumbrin" loyini dioktilftalatda yaxshilab tozalash uchun ishlatiladigan DDAR lappakli filtrlarni ishlab chiqilgai.
Filtr berk egri chiziqli tubga ega bo‘lgan va olib qo‘yiladigan qopqoqli tik joylashgan silindrsimon payvandlangan korpusdan iborat (4.6 - Rasm). Korpus kerakli xaroratni ushlab turadigan qobiq (rubashka) bilan ta’minlangan. Korpusning ichida oltita prujinaga tayanib turadigan traversaga 115 mm oraliqda ustma-ust joylashgan 15 ta filtrlash unsurlaridan iborat blok osib quyilgan. Unsurlar filtratni kaytarish uchun xizmat qiladigan uchta ichi kovak shtangalarga o‘rnatilgan kopchiqka to‘plangan. Shtangalar eng pastdagi filtrlash unsuri ostida kollektor bilan birlashtirilgan. Blok o‘qi bo‘ylab ikkita tirgovichga cho‘kmalarni chiqarib tashlash uchun mo‘ljallangan o‘roqsimon pichoqlarga maxkamlangan val o‘rnatilgan. Pichoqlar shunday o‘rnatilganki pichoqning pastki qirrasi va unso‘rning filtrlash sathi o‘rtasidagi tor tirqish 2-4 mm dan iborat. Filtrning qopqog‘ida pichoqlarning aylanishini ta’minlaydigan uzatma joylashgan. Aylanish paytida pichoqlar chetidagi cho‘kindilarni blokning o‘qiga diametri 400 mm li tirqish ichida siljitadi. Blokning traversasiga ikkita yo‘naltirilgan xarakat qiluvchi siqilgan xavo bilan ishlaydigan tebratgich (vibrator) maxkamlangan. Uzatmaning vali blok pichoqlari bilan oraliq val va maxsus muftalar bilan birlashtiriladi. Uzatma bilan qopqoq ochilganda mufta pichoqlar blokining valida qoladi. Qopqoqdagi oraliq valning zichligi ko‘ndalang.

4.6 - Rasm. DDAR filtrining umumiy ko‘rinishi: 1 - elektrodvigatel vali; 2 - mufta; 3 - ko‘ndalang zichlik; 4 - val; 5 - traversa; 6 - prujinalar; 7 - shtanga; 8 - filtrlash unsurlari; 9 -korpus; 10 - qobiq; 11 - filtratni qaytarish uchun shtutser (sirti rezbali kalta truba).
Filtrlash unsuri perimetri bo‘ylab bortiga ega bo‘lgan va diametri 400 mm bo‘lgan lappakdan iborat. Unso‘rning qalin qoliplangan asosiga perforatsiya qilingan yaproq bilan qisilgan va tashqi va ichki konturi bo‘ylab parchinlab qotirilgan (filtrlash to‘qimasi ham xuddi shunday maxkamlanishi mumkin) drenaj turlari bostiriladi. Unso‘rning tashqi perimetri bo‘ylab filtratning qaytishi uchun kanallari bo‘lgan uchta moslama payvandlangan. Pastki filtrlash unsurining yon devoriga suspenziyani unso‘rning butun sathi bo‘ylab teng tarqalishi uchun suspenziyaning filtrlovchi sathi ga o‘z-o‘zidan kelib quyilishini oldini oladigan qaytaruvchi moslamali tarnov maxkamlangan. Filtrning korpusi va qopqoq eritma va inert gazni uzatuvchi va qaytaruvchi texnologik shtutser (sirti rezbalik kalta truba) maxkamlangan. Apparatning pastki qismi cho‘kindini tushirish uchun elektr uzatmasi bo‘lgan ponali lo‘qidon (zadvijka) bilan ta’minlangan. Yaxshi filtrlanmaydigan suspenziyalarni filtrlashda ko‘makchi filtrlovchi moddalar qo‘llanilishi mumkin.
"Oxirigacha filtrlash" operatsiyasini o‘tkazish mumkinligi DDAR filtrlarinig o‘ziga xos xususiyatlaridir. "Oxirigacha filtrlash" operatsiyasi quyidagicha tartibda bajariladi: yuqoridagi filtrlash unsurlari ustida bo‘lib o‘tadigan filtrlash tugagandan so‘ng filtrning korpusiga suspenziyaning o‘rniga filtrat uzatiladi. Buning natijasida suspenziya qattiq moddalarining konsentratsiyalanish darajasi pasayadi. Keyin filtratning umumiy qaytarish kanali yopilib filtratning pastki unsurdagi qaytarish kanali ochiladi va korpusdagi pastki unsurda to‘rgan suspenziya oxirigacha filtrlznali.
Quyidagi DDAR 20k-0,2 filtrining umumiy tavsifi berilgan:
Filtrlashning umumiy hajmii, m2 . 20
Pastki lappakning filtrlash sathi , m2 1,98
Diametr, m 1.6
Gabarit o‘lchamlari (o‘zushshga,
kengligi, balandligi), mm 3500X3200X5500
Hajmii, m3 5
Filtrlash unsurlarining soni , dona. 15
Filtrlash unsurlari o‘rtasidagi masofa, mm 115
Ishchi bosim, MGTa 0,6
Ishchi xarorat, °S 20
Pichoqlar uzatmasining quvvat, kVt 3,0
Aylanish tezligi, ayl/min 18
Filtrlovchi tsentrifugalar. Polimer suspenziyalarni filtrlashning samaradorligini oshirish maqsadida jarayonni davriy yoki uzluksiz xarakat qiluvchi tik yoki yotiq valli va cho‘kindini tushirish uchun turli moslamalarga ega bo‘lgan tsentrifugalarning markazdan qochma kuchlar maydonida o‘tkaziladi.
Cho‘kindilarni parrakli konveyer bilan tushirishga moslashgan tsentrifugalar yuqori unumdorlikka ega va qattiq fazaning yuqori konsentratsiyasiga ega bo‘lgan yaxshi dispersiyalanuvchi polimer suspenziyalarini ajratish uchun qo‘llanadi. Suspenziya tsentrifugaga ichida rotor va parrakli konveyer moslamasi bo‘lgan baraban bo‘shlig‘iga markaziy quvur orqali uzatiladi. Parrakli konveyerning aylanish tezligi rotorning aylanish tezligiga qaraganda birmuncha kam. Markazdan qochuvchi kuchlarning ta’sirida qattiq zarralar rotorning devoriga otilib kelib uriladi va sekinlik bilan cho‘kindilar to‘planadigan bo‘lmaga o‘tadi. Tindirilgan suyuq faza bo‘lmada yig‘iladi va tsentrifugadan chiqarib yuboriladi. Cho‘kindini rotorda yuvuvchi suyuqlik bilan yuvilishi mumkin.

Download 13,19 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104




Download 13,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suspnziyalarni va polimer eritmalarini filtrlash

Download 13,19 Mb.