Yuqori qovushqoqlikka ega bo‘lgan polimer




Download 13,19 Mb.
bet10/104
Sana17.02.2024
Hajmi13,19 Mb.
#158020
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104
Bog'liq
JIXOZ majmua oxirgi variyanti

Yuqori qovushqoqlikka ega bo‘lgan polimer qorishmalari va eritmalarini filtrlash uchun jihozlar
Polimer eritmalari va qorishmalarining filtrlash qorishmalarining yuqori qovushqoqligi (50 - 5000 Pa s) va hajmii 2 mkm va undan katta bo‘lgan qattiq va boshqa qo‘shimchalarning past konsentratsiyasi bilan ajralib turadi. Polimer eritmalari va qorishmalari uchun filtrlarni uchta guruhga ajratish mumkin: filtrlash unsurlarini davriy ravishda yuvuvchi; filtrlash unsurlarini uzluksiz ravishda yuvuvchi; almashtiriladigan filtr unsurlariga ega bo‘lgan filtrlar.
Polimer eritmalari va qovushqoq qorishmalarning filtrlovchi jihozlarini mukammallashtirish ikkita yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: katta filtrlash maydoniga ega bo‘lgan filtrlarni yaratish va tanlab olingan filtrlash unsurlarini texnologik jarayonini to‘xtatmasdan turib regeneratsiya qilish (tiklash) imkonini beradigan filtrlarni ishlab chiqarish. O‘z-o‘zini tozalovchi filtrlash unsurlari bo‘lgan uzluksiz ravishda 300-400°S li xarorat va 35 MPa gacha bosim ostida ishlovchi filtrlar eng yangi konstruksiyalar hisoblanadi.
Maxsus vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan plenka, to‘qima va detallarni olish oldidan qovushqoq qorishma va eritmalarni yaxshilab filtrlash uchun kukunsimon zanglamaydigan po‘lat, bronza, nikel qotishmalari va titandan presslash va qizdirib qayta ishlov berish usuli bilan olingan va metall simlardan to‘qilgan turli to‘siqlardan olingan egilmaydigan filtrlovchi to‘siqlar qo‘llanadi. Metall-sopol filtrlovchi to‘siqlar yuqori darajada mustaxkam bo‘lib xaroratning keskin o‘zgarishi va yuqori bosimga bardosh bera oladi va unga osonlik bilan mexanik ishlov berish, payvandlash va qizdirib ishlov berish mumkin bo‘ladi. Filtrlovchi to‘siqlar taxtacha, lappaq silindr va konus shaklida tayyorlanadi.
4.7 - rasmda polimerlarning qovushqoq, qorishmalarini filtrlash uchun qo‘llaniladigan lappaksimon filtrlash unsuri tasvirlangan. U choklar (5) va mustaxkamlovchi sinch (6) bilan birlashtirilgan ikkita filtrlash to‘siqlarini (4) dan iborat. Kovakli filtrlash lappaklarining diametri 250 mm gacha. Lappaklardan hajmii kichiq filtrlovchi sathi esa katta bo‘lgan filtrlar yig‘iladi. Filtrdagi lappaklar soni 33 tagacha. Filtrlash sathi - ko‘pi bilan 2,5 m3.>
«Alliaj Fritte» (Fransiya) firmasi bronza va nikel qorishmasi (inoke)dan tayyorlangan «Poral» markali filtrlovchi material ishlab chiqardi. Materialning teshikchalarining diametri materialning turiga qarab 3 dan 100 mkm gacha o‘zgaradi. Metall zarrachalarining diametriga qarab «Poral» unsurida 10 tadan 50 tagacha ustma-ust qo‘yilgan qatlamlar joylashtirilgan. «Poral» markali materiallardan yig‘ilgan filtrlash to‘siqlarga ega bo‘lgan filtrlardan 600°S gacha bo‘lgan xarorat va 30 Mpa gacha bo‘lgan bosimlarda foydalanish mumkin. Ular yuqori darajada mustaxkam bo‘lib, ulardan foydalanilganda bosim kam yo‘qotiladi.
Filtrlarni regeneratsiya qilishning eng oddiy usuli cho‘kindini yuvuvchi suyuqlikni teskari okdoish orqali yuvishdir. «Poral inoke» dan unsurlar tayyorlashda 10% li to‘z 20-25 % li uksus kislotasi, azot yoki oltingugurt kislotasi va boshqa erituvchilar qo‘llanadi. Filtrni erituvchilar bilan regeneratsiya qilingandan so‘ng uning neytral suyuqligini obdon yuvish zarur. Ba’zi hollarda regeneratsiya uchun filtrlovchi unsurlarni 3 soat davomida 500° S gacha bo‘lgan xaroratda qizdirib ishlov berish usuli qo‘llanadi.
• 4.7, a rasmda qovushqoqligi 300 MPa bo‘lgan polietilentereftalatni plenka olish uchun toza filtrlash uchun «Poral» lappaklaridan yig‘ilgan filtr tasvirlangan. Qorishma yoki eritma parrakli konveyer (1) orqali bosim ostida filtr korpusiga yuboriladi. Polimer tashqi taraf bilan ichi kovak g‘alvirlangan (perforatsiya qilingan) val (3) ga o‘rnatilgan konussimon lappaklarga o‘tadi. Filtrlangan polimer lappaklardan tirqish orqali ichi kovak valga kelib tushadi va u orqali filtrdan chiqariladi. Filtrning uzluksiz ishlash muddati 1 oy, liniyaning unumdorligi bir kecha-kunduzda 10 t, foydalanilayotgan «Poral» taxtacha (plastina)larining soni - 100 ta.
XIMMASh ilmiy-tekshirish institutida polietilentereftalatni mexanik qo‘shilmalar va gelsimon zarralardan 12-250 mkm qalinlikdagi plyonkalarni tayyorlash uchun toza filtrlash maqsadida yuqorida ta’riflangan filtrga o‘xshash metall-sopol filtrlash unsurlariga ega bo‘lgan filtr ishlab chiqilgan. Filtr polimer qorishmasini siqib chiqaruvchi ekstruder va tirqishli kallak joylashgan. U kovakli vali o‘zagida filtrlash unsurlari - bronzadan yasalgan ichi kovak lappaklar terib qo‘yilgan silindrdan iborat. Diametri 60, 80, 100, 200 mkm bo‘lgan lappaklar qo‘llanadi. Bronza lappaklarni ularning mo‘rtlashishiga va polimerlarning buyalishiga olib keluvchi oksidlanishda saqlash uchun filtrni ishga tushirishdan oldingi qizdirib olish paytida filtr orqali azot o‘tkaziladi.

4.7 - Rasm. «Alliaj Fritte» firmasining filtri (a) va «Poral»
lappaksimon filtrlash unsurlari (b): 1 - eritmani o‘zatish uchun parrakli konveyer; 2 - filtrlash lappaklari; 3 - tirkishlarga ega ichi kovak val; 4 - filtrlash to‘siqlari; 5 -payvandlangan chok; 6 - sinch; I - eritma; II - filtrlangan eritma.
Filtrni qizdirish qobiq (rubashka) orqali qarshilik elektr qizdirgichlar yordamida amalga oshiriladi. Filtrning xarorati 270-2800 S o‘rtasida ushlab turiladi. Filtrning eritmalar bo‘yicha unumdorligi -soatiga 30-100 kg; filtrlash sathi 0,32 m2; maksimal ishchi xarorat - 400° S; massa - 390 kg.
Ish jarayonida filtrlovchi, paketning teshikchalari begona qo‘shimchalar bilan to‘lib qoladi va polimer eritmasining o‘tishiga bo‘lgan qarshilik ortadi va bunga muvofiq ravishda ekstruderdagi bosim ham ortib ketadi. Ekstruderni ishga tushirish paytidagi boshlang‘ich bosim 3-8 MPa ni tashkil qiladi. Ekstruderdagi bosim 16-18 Mpa ga yetganda filtrni regeneratsiya qilish zarur. Regeneratsiyani filtrni qismlarga ajratmasdan toza polimer eritmasini teskari oqizish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Zarurat tug‘ilganda ishdan chiqqan filtrni liniyadan chiqarib filtrlar tayyorlash bo‘limiga yuboriladi. U yerda filtrni qismlarga ajratib tashlab o‘zak tozalanadi va filtrlovchi paket regeneratsiya qilinadi. Tozalovdan so‘ng o‘zakka yangi filtrlovchi paket yig‘iladi. Bir oy davomida filtr 4 marta almashtiriladi. Xar bir almashtirish uchun 20 soat vakt sarflanadi.

Download 13,19 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104




Download 13,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuqori qovushqoqlikka ega bo‘lgan polimer

Download 13,19 Mb.