Quritishning asosiy qonuniyatlari




Download 13,19 Mb.
bet13/104
Sana17.02.2024
Hajmi13,19 Mb.
#158020
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104
Bog'liq
JIXOZ majmua oxirgi variyanti

Quritishning asosiy qonuniyatlari
Qattiq jismli moddani fazalarpi ajratib turuvchi chegaradan gaz yoki bug‘ muhitiga o‘tkazish, konsentratsiyalar gradiyenti bor bo‘lsa, muvozanatga erishish tomonga yo‘naltirilib amalga oshiriladi. Bu jarayon qattiq jismning strukturasiga, asosan uning g‘ovakliligiga, g‘ovaklarning katta-kichikligiga ko‘ra taqsimlanishiga va Hokazolarga bog‘liq bo‘ladi. Polimer materiallarning ko‘pchiligini g‘ovakliksiz, ya’ni zich deb hisoblash mumkin.
Zich polimer materiallarda moddani o‘tkazish molekulyar diffuziya mexanizmi bo‘yicha amalga oshadi. Zich polimerda moddani o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda bo‘sh sig‘im - turli shakl va kattalikdagi molekulalararo bo‘shliqlar bor. Bunday materiallarda moddani o‘tkazish g‘ovakliklar hosil qilgan aniq yo‘nalishdagi kanallar bo‘ylab emas, balki ehtimollik konuniga muvofiq, holda makromalekulyar segmentlarning issiqlik xarakati natijasida paydo bo‘ladigan va yo‘qoladigan teshiklar orqali yuz beradi.
Zich materiallardagi molekulalar diffuziyasini tasvirlash uchun 2 xil modeldan foydalaniladi: aktivizatsiyalangan diffuziya modeli va aktivizatsiyalanmagan diffuziya modeli. Birinchi model bo‘yicha molekulani bir holatdan ikkinchisiga o‘tkazish molekulalararo bog‘liqlikni o‘zishga energiya sarflanishini va molekula yaqinida teshik bo‘lishini taqozo etadi. Bunda diffuziya koeffitsiyenti Arrenius tenglamasi orqali ifodalanishi mumkin:

bu yerda — cheksiz yuqori xaroratdagi diffuziya koeffitsiyentining formal qiymatidir.
Aktivizatsiyalanmagan diffuziya modelida molekulalarning polimer matritsasida hosil bo‘layotgan teshiklar orqali o‘tishi energiya sarflanishini talab qilmasligi nazarda tutiladi va diffuziyalanayotgan molekula yaqinida kerakli kattalikdagi teshikning paydo bo‘lish extimolligi bilan belgilanadi.
Qattiq jism ichidagi modda o‘tkazilishi, umuman, bug‘li fazada bo‘lgani kabi suyuq fazada ham bo‘ladi. Materialning dastlabki namligi uncha yuqori bo‘lmay, namlik desorbsiyasi yuz bersa, namlik asosan molekulalarning o‘tkazilishi hisobiga o‘tadi. Material namligi yuqori bo‘lganda, suyuqlik va bug‘ning o‘tkazilishi o‘tkazishning turli mexanizmlari vositasida amalga oshiriladi: kapillyar, osmotik termokapillyar, yorib utuvchi bosim ta’siri ostida bo‘ladigan gravitatsion, molekulyar diffuziya, termobaradiffuziya, gaz yoki bug‘ fazasining konvektiv oqimi vositasida. Sanab o‘tilgan o‘tkazish mexanizmlarining dar birining xissasi qattiq jism strukturasiga va jarayon rejimiga bog‘likdir.

Download 13,19 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104




Download 13,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quritishning asosiy qonuniyatlari

Download 13,19 Mb.