|
Namangan muxandislik-texnologiya instituti
|
bet | 11/104 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 13,19 Mb. | | #158020 |
Bog'liq JIXOZ majmua oxirgi variyanti«Danaloy» markali zanglamaydigan pulax krtishmasidan olingan metall sim yoki teshikchalarning ko‘zi 80 mkm bo‘lgan gofrirovka qilingan (katlangan) tur «Brunsvik» (AKD1) firmasining filtrlash materiali hisoblanadi. Grafirovka qilingan tur 100 mm ga 24-32 qatlam hisobidan tayyorlanadi.
«Dekadoy» materiali 3-8 mkm va undan katta hajmidagi zarralarni tutib kola oluvchi filtrlash menbranasidan iborat. Membrananing erkin hajmii - 80%. Bunday filtrlash unsuri mayda kovakchalarni tikiltirish usulida ishlaydi. Gofrirovka qilingan turdan filtr yig‘iladigan tangasimon, silindrsimon va lappaksimon unsurlar tayyorlanadi.
4.8 rasmda «Brunsvik» firmasining (AKD1) poliefirlar,
poliamidlar, kaprolaktam, viskoza va boshqa qovushqoq, suyuqliklarni filtrlashga moslashtirilgan uzluksiz ravishda ishlovchi filtri tasvirlangan.
Filtr ichida polimer eritmasini keltirish va silindrsimon filtrlovchi unsurlar (2) yig‘ilmasini bog‘lash moslamasi bo‘lgan silindrsimon korpusdan (1) iborat. Filtrlovchi unsurlarni suyuqlikni teskari okizish usuli bilan yuvish uchun silindrda filtrlanayotgan muxit va cho‘kindilarni chiqarib yuborishga xizmat qiluvchi g‘alvirlangan (perforatsiya qilingan) tugmachalari bor kuchma ichi kovak shtok (4) joylashgan. Filtrlovchi elementlarning chetki qismlaridagi filratni chiqarib yuborish uchun aylanma kanal (7) mavjud. Xarakatlanuvchi shtok (4) silindrda elektrodvigatel bilan xarakatga keltiriladigan parrak (7) yordamida xarakatlanadi.
4.8 - Rasm. «Brunsvik» firmasining (AKD1) bak-filtrining umumiy ko‘rinishi (a) va ishlash tartibi (b):
1 - korpus; 2 - filtrlash lappagi; 3 - silindr; 4 - ichi kovak shitok; 5 - aylanma kanal; 6 - g‘alvirlangan (perforatsiya qilingan) tugma; 7 - parrak (vint); I - qorishma yoki eritma; II - cho‘kindini yuvuvchi suyuqlik; III -tozalangan qorishma yoki eritma.
Filtrning ishlash tartibi 4.8, 6 - rasmda tasvirlangan. Silindrning ichida elektrodvigatel va vakt ulchagich (taymer) yordamida g‘alvirlangan (perforatsiya qilingan) tugmali (6) ichi kovak shtok (4) xarakatlanadi. Vaktning ma’lum bir laxzasida tugma filtrlovchi lappak (2) ostida joylashadi. Ayni paytda lappakdagi bosim pasayadi. Filtrlanayotgan muxit teskari oqim bilan yul-yulakay cho‘kindini yuvib filtrlovchi lappakka okib tushadi. Cho‘kindi filtrlanayotgan muxit bilan birgalikda ichi kovak shtok orqali chiqarib yuboriladi va shu tariqa uzluksiz filtrlash va filtrni yuvishga erishiladi.
4.9 - rasmda «Brunsvik» firmasining polimerlar qorishmalari va eritmalari toza filtrlashga moslashtirilgan silindrsimon filtrlash unsurli filtri tasvirlangan. Filtrlash unsurlari «Denaloy» va «Dinamesh» materiallaridan tayyorlangan. Ular rasmda tasvirlanganiday bir vaktning o‘zida yoki davriy ravishda ishlay olishlari mumkin.
Shturval (5) bilan boshqariladigan taqsimlovchi moslama (3) polimerlarni o‘zatishni tartibga solishga xizmat qiladi. Polimer yuqori bosimni nasos yoki ekstruder orqali uzatiladi. Unsurlarni regeneratsiya qilish uchun nasos yoki ekstruderni uchirish talab kidinmaydi. Filtrlar 600" S gacha bo‘lgan xarorat va 20 Mpa gacha bo‘lgan bosim o‘zgarishlarida ishlay oladi.
4.9 - Rasm «Brunsvik» firmasining silindrsimon filtrlash unsurli filtri:
1 - korpus; 2 - polimerlar uchun kanallar; 3 - taqsimlovchi moslama; 4 - filtrlash unsuri; 5 - shturval.
Polimer eritmalarini ekstruderning filerasi oldida filtrlash maqsadida «Verner va Pflyayderer» firmasining (GFR) ekstruder tarkibiga kiruvchi filtrlash moslamasi ishlab chiqilgan. Filtr yon taraflari plastina-tutkichlarga maxkamlangan silindrsimon unsurlardan tashkil topgan. Unsurlar soni 7, 12 yoki 19 donani tashkil etadi. Unsur so‘zgichli ximoya korpusi va unga o‘rnatilgan filtrlovchi moslamadan tashkil topgan. Unsurlar yig‘masi plastina-tutkich bilan birgalikda so‘zgichli moslama SWZ kuchma plitasiga maxkamlangan. Moslama korpus, kuchma plita, gidravlik sistema, boshqaruv mexanizmi, ximoya koplamasini o‘z ichiga oladi. Gidravlik sistema dvigatelli gidronasos, girroakkumulyator, saklovchi tikin (klapan), manometr vklyuchateli va manometrdan tashkil topgan. Kuchma plitada davriy ravishda ishlovchi filtrlash unsurlarining ikkita komplekti joylashgan. Filtrlash unsurlari ifloslangan sari ularning tsarshiligi ortib boradi. Eritmaning bosimi ma’lum bir darajaga yetganida filtr oldida toshtaxtalarni kuchirishning gidravlik sistemasi ishga tushadi va buning natijasida filtrlash unsurlarining kirlangan komplekti eritma sodasidan siqib chiqariladi va tozalangani bilan almashtiriladi. Ekstruderninng tekis va uzluksiz ishlashi shu tarzda ta’minlanadi. Ishdan chiq,k;an kirlangan unsurlar zarurat tugilganda olib tashlanib yangisi bilan almashtirilishi mumkin.
|
| |