Namangan muxandislik-texnologiya instituti




Download 13,19 Mb.
bet12/104
Sana17.02.2024
Hajmi13,19 Mb.
#158020
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   104
Bog'liq
JIXOZ majmua oxirgi variyanti

5-MA’RUZA
MAVZU: POLIMERLARNI QURITISH USKUNALARI
Reja:

  1. Qurituvchi qurilmalar;

  2. Quritishning asosiy qonuniyatlari;

  3. Qattiq fazada massa o‘tkazilishi;

  4. Massa uzatuvchining asosiy kinetik tenglamasi;



Polimer materiallarni ishlab chiqarishda quritish odatda zaruriy bosqich bo‘lib, katta energetik sarf-xarajatlarni talab qiladi. Polimerning sifati ko‘p jixatdan quritishning apparatura-texnologik uskunalanishiga bog‘liqdir. Quritish jarayonida polimerdan monomer qoldiqlarni va past molekulali birikmalarni chiqarish, eritmalardan polimerlarni ajratib olish va xakazolar bajarish mumkin.
Quritish jarayonidan o‘tkaziladigan polimerlar turli agregat holatlarida bo‘lishi mumkin: granulali (qumoq-qumoq) va mayda donali; pastasimon; polimer eritmalari va suspenziyalari; polimer eritmalariga to‘yintirilgan qattiq materiallar.
Quritish usuli va quritish moslama (sushilka)sini tanlash polimerlarning xossalariga bog‘iq. Bu xossalarning eng muximlari quyidagilardir: issiqqa chidamlilik; yuqori temperaturalarda oksidlanishga va destruksiyaga moyillik; erituvchi yoki suvning dastlabki tarkibiga ko‘ra va fanulometrik sostaviga ko‘ra polimerning turli jinsliligi; polimer tarkibida tez qaynovchi, tez alangalanuvchi va toksik erituvchilarning borligi; elektrlanishga moyillik va polimer quruq changining portlash chegarasi; kimyoviy aktiv moddalarning bo‘lishi.
Ko‘pincha polimerlarni ularning tarkibida eritgich yoki suv qismi 0,03-0,20% (mass.) qolguniga qadar quritish talab qilinadi. Buning uchun quritish jarayonlarini tezlashtirish va quritish agregatlarining ishini kamxarjroq qilish lozim. Bunga erishishning shartlari quyidagicha: 1) quritishni effektiv gidrodinamik sharoitda o‘tkazish; bu sharoit issiqlik-massa chiqaruv koeffitsiyentlarini ancha oshirish va jarayon xaroratini ko‘tarish imkonini beradi; issiqlik massa chiqaruv koeffitsiyentlari va quritish xaroratining oshishi jarayon muddatining keskin qisqarishiga olib keladi; shu bilan birga material sifati saqlanadi va solishtirma energiya sarflanishi kamayadi; 2) issiqlik berishning kombinatsiyalangan usullarni qo‘llash; 3) issiqlik beruvchi manba’ sifatida o‘ta istalgan suv bug‘i yoki quritilayotgan materialdan chiqayotgan eritgichlarning o‘ta isitilgan bug‘laridan foydalanish; 4) kombinatsiyalangan ko‘p pog‘onali quritish agregatlari, shuningdek inert gazning yopik siklida ishlaydigan quritish agregatlarini yaratish; bu usul xavoning kislorod bilan oksidlanishining oldini olishga va quritilgan material sifatini yaxshilashga imkon beradi. Bunda eritgichlarning bexuda sarflanishi portlashga moyil sharoitning kelib chiqish extimoli keskin kamayadi, mexnatning sanitar-gigiyenik sharoiti yaxshilanadi.

Download 13,19 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   104




Download 13,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan muxandislik-texnologiya instituti

Download 13,19 Mb.