• Dozalovchi sitemalar
  • Ishchi a’zoning orqaga-oldinga intilib va tebranma harakat qilib




    Download 13,19 Mb.
    bet20/104
    Sana17.02.2024
    Hajmi13,19 Mb.
    #158020
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104
    Bog'liq
    JIXOZ majmua oxirgi variyanti

    Ishchi a’zoning orqaga-oldinga intilib va tebranma harakat qilib ishlashiga asolangan ta’minlovchilar. Mayda donachali va kukunsimon materiallarni uzatish uchun plunjerli ta’minlovchilar qo‘llanadi. Bu ta’minlovchilarda materialning joy o‘zgartirishi plunjerning yotik yo‘nalishda oldinga intilib qilgan harakati orqali amalga oshadi. Ta’minlovchining unumdorligi plunjerning siljishi va siljishlar soni o‘zgartirish orqali tartibga solinadi. Plunjer krivoshipli-shatunli mexanizm orqali harakatga keltiriladi.
    Ekssentrik-shatunli mexanizm yoki pnevmovibrodvigateldan kelib chiqayotgan tebranma harakatlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan suyanchiqli yoki osma lotok (togora) vibratsion ta’minlovchilarning ishchi a’zosi hisoblanadi. Lotokning oldinga va orqaga intilib harakatlangani paytida material joy o‘ztartiradi. Lotokning uzunligi sochiluvchan materialnig chetidagi tabiiy qiyaligi bilan bog‘liq bo‘ladi.
    Elektrovibratsiyali ta’minlovchi tebratgich joylashgan lotokdan iborat. Elektrovibratorning samaradorligi tebranishlar amplitudasi va lotokning qiyalik burchagiga bog‘liq va quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:

    Bu yerda b—lotokning eni; h—material qatlamining balandligi; ω— materialni lotok bo‘ylab tashishning o‘rtacha tezligi; rn—materialning uyirma zichligi.
    Lotokning tekislikka qiyalik burchagi odatda 20 grad.dan ortiqroqni tashkil qiladi. Elektrovibrota’minlovchilar qiyin sochiluvchan kukunsimon va granulangan materiallarni ishonchli dozalashni ta’minlaydi.
    Dozalovchi sitemalar. Bu sistemalar ta’minlovchi va tortuvchi-dozalovchi moslamadan iborat. Tarozili dozalovchilar hajmilariga qaraganda yuqoriroq aniqlikda dozalashni ta’minlaydi, biroq ularning narxi ham qimmatrokdir. Tarozili dozalovchilar uzlo‘qsiz yoki davriy ravishda ishlaydigan bo‘lishlari mumkin. Uzulo‘qsiz ravishda harakat qiladigan dozalagichlar ko‘zda tutilgan samaradorlikdan kelib chiqqan holda materialni tashish moslamasiga uzatish yoki tasmaning harakat tezliginig tartibga solib turilishi bilan tartibga solinishi mumkin. Tarozili dozalagichlar lentali yoki rotorli ta’minlovchilarga ega bo‘ladi (45).
    Sochiluvchan materiallarni porsiyali dozalash uchun shnekli ta’minlovchi va DMS-50-2s markali mahalliy yoki distansiyadan boshqariladigan avtomatik porsiyali tarozilardan iborat dozalovchi sistemalari qo‘llaniladi. Tarozilar o‘lchovlar sonini o‘lchovchi asbob bilan ta’minlangan.
    O‘lchovlar Intervali Materialning 500-700kg/m3 chamasidagi zichlikda 30-50 kg. Aniqlik klassi 0,5. Avtomatik tarozilar o‘rniga DSA-50-N-2 markali mahalliy boshqaruvga ega bo‘lgan yarim avtomatlashtirilgan tarozilar qo‘llanishi mumkin. Yo‘l qo‘yilgan chekinishi yo1,25% ni tashkil etadi.
    Uyirma zichligi 150—350 kg/m3 bo‘lgan polietilenni dozalash uchun (5 dan 50 kg gacha) shnekli ta’minlovchi DSS-20-NP markali avtomatik tarozilar qo‘llanadi. Dozalash muddati 40 seq ni tashkil etadi. Aniqlik klassi 1,5. Boshqa shunga o‘xshash polimerlarni 20-100 kg oralig‘ida dozalash uchun DSS-100N avtomatik tarozilari qo‘llanadi. Tarozilarni elektropnevmatik usulda boshqaruv pultidan turib boshqariladi.
    Pigmentlar va boshqa uyirma zichligi 200—800 kg/m3 bo‘lgan kukunsimon qo‘shimchalarni (0,2 —1,0 kg) dozalash uchun aralashtirish bosqichida DSS-1 va elektrovibrota’minlovchidan iborat dozalashtirish sistemasidan foydalaniladi. Texnik uglerod, mel, kaolinni (20-80 kg) dozalash uchun ODMK-80 tipidagi uzlo‘qsiz ravishda ishlovchi tarozili moslama qo‘llanadi.
    Diskret-summalovchi EGM-80-EGM-140 moslamalik konveyerli elektron gidravlik tarozilar lentali-konveyerli tashuvchi moslama bilan ishlashga mo‘jallangan. Tarozi avtomatik moslamadan iborat bo‘lib nazorat va hisoblash avtomatlashtirilgan sistemalarning tarkibiy qismi bo‘lishi mumkin. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi: gidravlik mass-doza, massaning datchigi, lentaning joy o‘zgartirish dastagi, axborot ustida ishlash va uni o‘zgartirish bloki, transportlanayotgan material jami massasini ko‘rsatuvchi elektroimpulslar hisoblagichi, ta’minlash bloki. Vazn ulchash platformasi porshenga kuch beradi. Gidravlik mass-dozadan laxhzalik unumdorlikni hisoblash uchun shkala o‘rnatilgan monometrga bosim yuboriladi. Keltiruvchi tasmaning joy o‘zgartirishi uchun xizmat qiladi.Undan kodlashtiruvchi lappakka va hisoblovchi golovkaga, so‘ngra esa, transportlantirilayotgan materialning miqdorini kayd qiluvchi distatsiyali hisoblagichga signal uzatiladi. EVT tipidagi tarozilar tasmasinig eni 800 dan 1400 mm gacha bo‘ladi. Turli tip va o‘lchamlardagi tarozilar uchun eng katta ogarlik 36 dan 250 kg/m ni tashkil etadi.
    Zichligi 200 kg/m3 chamasida va granulalarining diametri 5 mm bo‘lgan sochiluvchan materiallarni dozalash (100—1600 kg/soat) uchun elektrovibratsiyali va tasmali ta’minlovchidan tashkil topgan DM-21S uzlo‘qsiz ishlovchi avtomatik dozator mo‘ljallangan. Tashuvchi moslama lentasining eni 200 mm. Ulchashda yul kuyilgan chekinish yo2%.

    Download 13,19 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104




    Download 13,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishchi a’zoning orqaga-oldinga intilib va tebranma harakat qilib

    Download 13,19 Mb.