|
Polimerning sorbsion xususiyatlari
|
bet | 16/104 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 13,19 Mb. | | #158020 |
Bog'liq JIXOZ majmua oxirgi variyantiPolimerning sorbsion xususiyatlari. Polimerlarning sorbsion xususiyatlari ularning strukturasiga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Suv bug‘ining poliamidlar 6; 12; 6,6; 6,10 lar bilan, polikarbonat diflon, polietilen-tereftalat (PETF) (Rasm 6.2.) bilan o‘tkazilgan sorbsiya -desorbsiyasi izotermalari ko‘zdan kechirib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin: jism tarkibida namlik miqdori kam bo‘lganda muvozanat bog‘liqligi Genrining chiziqli qonuniga bo‘ysunadi; egri chiziqlarning sorbsion va desorbsion tarmoklari bir-biriga yaqin. Bu holat polimerlarning suvda kam bo‘lishi, shuningdek suvning sorbsiya - desorbsiya jarayonlaridagi struktur o‘zgarishlarning qaytariluvchanligidan kelib chiqadi. (21).
Shimilayotgan suvning miqdori polimerning kristallik darajasiga bog‘liqdir: amorf fazaning salmog‘i oshgan sari sorbsiya orta boradi, chunki amorf fazada makromolekulalar kristallangan fazadagiga qaraganda bushroq joylashgandir .
Suv sorbsiyasi polimerdagi funksional guruxlar, xususan suv molekulalari bilan vodorodli birikmalar hosil qila oladigan guruxlar tipiga ham bog‘liqdir.
Polimer materiallarni quritish jarayonlarining jadallashishi munosabati bilan yuqori temperaturalarda, xususan quritish temperaturasidagi desorbsiya izotermalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday izotermalarni Pass metodi yordamida xona temperaturasi uchun berilgan ko‘rsatgichlar bo‘yicha hisoblash yo‘li bilan hosil qilish mumkin (Pass metodiki t = 80°S ga qadar qo‘llash mumkin). Buning uchun xona temperaturasida hosil qilingan izotermalar bo‘yicha temperatura zonasi -xaqiqiy temperatura bilan namlik miqdorining qayd qilingan qiymatlari uchun shudring nuqtasi o‘rtasidagi ayirmani ∆t = t — tp hisoblab chiqiladi.
Temperatura zonasiga amalda bog‘lik bo‘lmagan bu kattalikni aniqlagach, tp = t - ∆t ni va nisbiy namlikni (φ= R]nas 1r / Rnas t topamiz. Hosil qilingan ma’lumotlar bo‘yicha kerakli temperaturalardagi izotermalar quriladi [22].
Polimer materiallarda massa o‘tkazish. Kuchli ichki diffuzion qarshilikka ega bo‘lgan polimer materiallarni quritishda ichki vazifa amalga oshiriladi. ViL soni polipropilen uchun 10-105 gacha, polikabonat diflon uchun 40-105 gacha o‘zgaradi.
Rasm 6.3. da poliamid uchun massa o‘zgaruvchanlik koeffitsiyentining turli temperaturalarda tarkibdagi namlik miqdoriga bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Ayni shunday bog‘liqliklar boshqa polimerlar uchun ham hosil qilingan. Rasmdan ko‘rinadiki, k = f(x) funksiyalari bir xil tipda bo‘lib, polimer namligi oshishi bilan birga ortib boradi. Quyida bir qator polimerlar uchun 60 °S da massa o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentlarining qiymatlari keltirilgan kmin = k / x —* 0 (m2/s) [23J:
Polimerlarda namlik miqdori oshishi bilan massa o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentining ortishini suv diffuziyasini osonlashtiruvchi teshiklarning paydo bo‘lishi bilan tushuntirish mumkin. Namlik miqdorining oshishi molekulararo o‘zaro ta’sirni susaytiradi, natijada teshiklarning paydo bo‘lish ehtimolini va diffuziyalanayotgan suv molekulalarining xarakatchanligini oshiradi.
Massa o‘tkazuvchanlikka ta’sir etuvchi parametr - gigroskopik namlik xmg bo‘lib, u jismningnamlikni yutish krbiliyatini va taqsimlanayotgan modda molekulalari bilan qattiq jism molekulalari o‘rtasvdagi o‘xshashlikni xarakterlaydi. Massa o‘tkazuvchanlikka shuningdek makromolekulalar halkalarining xarakatchanligi ham ta’sir qiladi.
Polimerlarning massa o‘tkazuvchanligi koeffitsiyentlarini Hisoblash uchun umumlashtiruvchi bog‘liqlik (taqsimlanuvchi modda - suv) adabiyotlarda [23] keltirilgan:
bu yerda Ts — polimerning shishaga aylanish temperaturasi.
Ushbu formula x va xmg ni 0 dan 15-102 kg/kg qattiq, fazagachao‘zgartirib hosil kilindi, T = 30 - 150°S, Ts = 20 - 147°S va amorf fazaning hajmi ulushi ψam < 0,4. Kristallikning yuqori darajalarida massa o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentining shu bog‘liqlikdan chiqarilgan qiymatlarini quyidagi nisbatga ko‘ra polimernipg ma’lum kristallik darajasiga muvofiqdamoq lozim:
qarshiligi yuqori bo‘lgan polimer materiallarni quritish amalda Ichki diffuznoy izotermik sharoitda o‘tadi.
|
| |